Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
184 subscribers
7.07K photos
209 videos
1 file
1.03K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Halollik

⚡️ O'QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro viloyati Peshku tuman IM, Qorovulbozor tuman IM,
Kogon shahar IMda "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida trening o'tkazildi.

🏢Vobkent tuman IMda "Korrupsiya - adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi, "Halollik qadriyatlari haqida suhbat" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

🏢Buxoro tuman IM,
Vobkent tuman IM,
Olot tuman IM,
Qorovulbozor tuman IM,
Kogon shahar IMda
"Halol fuqaro - faol fuqaro" shiori ostida ochiq muloqot hamda "Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.




📝Telegram
Forwarded from Muharram Kamolova
#Jondor_IM
#Mezonlarga_asoslangan_yangi_baholash_tizimi

❇️ Jondor tuman  ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchilari joriy yilning
28-oktabr sanasida  2024-2025 o'quv yilida "Yangi baholash tizimi"ga o'tgan Jondor tumani markazidagi 1-2-maktabga tashrif buyurib, yangi baholash tizimi yuzasidan maktablarda olib borilayotgan ishlarni va I chorak CHSB jarayonlariga tayyorgarlik holati, BSB larni baholash tizimini o'rganib chiqishdi.

❇️ Ushbu maktablarga biriktirilgan mas'ul o'qituvchilar tizim  bo'yicha tug'ilgan savollarga javob berishdi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Kogon_tuman_IM
#Ota_onalar_majlisi
🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 25.10.2024 yil navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2024 yil 30 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining pedagoglar bilan o‘tkazgan muloqoti doirasida yosh avlodni tarbiyalashda pedagoglar zimmasidagi mas’uliyat va respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar borasida maktab rahbarining fikrlari tinglandi.
Ta’lim muassasidagi odob-axloq qoidalari, darsdan keyingi fan to‘garaklarining tashkil etilishi va o‘quvchilarning jalb etilishi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ma’lumotlari tinglandi.
Yig‘ilishning ikkinchi qismi sinflar kesimida tashkil etildi, unda ota-onalar fan o‘qituvchilari bilan uchrashib, farzandlarini o‘qishi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ota-onalar muassasasidagi ta’lim jarayoni haqidagi o‘z fikr va takliflarini yozma ravishda bayon etishdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#CHSB_1

Bugun 2024-yil 28 oktabr sanasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro viloyat hududiy bo'limiga qarashli barcha ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ChSB sinovlari jarayonlarining 1- kuniga start berildi.

Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham bu jarayon adolatli va shaffof tarzda tashkil etildi.
💻Jarayon onlayn tarzda o'tkazilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I