Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
182 subscribers
7.27K photos
210 videos
1 file
1.06K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#O‘ZBEK_TILI_35 YIL

🔰Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan, “Qadring baland bo‘lsin , ona tilim !” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

❇️Tadbirda, Maktab direktori J.Abdurashidov, MTIBDO‘ F.Jalilov ushbu ulug‘ kun 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladilar. Shuningdek, bayram dasturi davomida Ona tilimiz haqida she'rlar, o‘quvchilar tomonidan go‘zal raqslar barchani xushnud etdi. O‘quvchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi hamda bugungi kunda ona tilimizga bo‘layotgan munosabat to‘g‘risida sahna ko‘rinishi namoyish etdilar. Tadbir so‘ngida maktab ma'muriyati tomonidan tanlov g‘oliblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oʻzbek tili – ona tilimizning nufuzi, obro‘-eʼtibori yanada ziyoda boʻlsin!


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#Vobkent_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Ona_tilim_ĝururim_faxrim


🎗 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-"B" sinf o'quvchilari sinf rahbari Axmedova Nordona hamrohligida tuman markazidagi Axborot kutubxona markaziga sayohat uyushtirishdi.

♻️Sayohat davomida o'quvchilar
kutubxona tarixi
kutubxonaga a'zo bo'lish tartibi
kutubxona xizmatidan foydalanish talablari
o'quv zallarida kitob mutolaa qilish talablari to'g'risida bilib oldilar.


Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from Садокат Фуpкатовна
#Shofirkon_IM
#Tadbir

💥Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

💥Joriy yilning 21-oktyabr kuni ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻz tilim-oʻzbek tilim" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida oʻzbek tilini madh etuvchi sheʼr, qoʻshiq va sahna koʻrinishlari ijro etildi.

💥 Tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi barchamizga muborak boʻlsin

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram
БУХОРОДА АСОСИЙ ФАН ОЛИМПИАДАСИНИНГ ИККИНЧИ БОСҚИЧИГА СТАРТ БЕРИЛДИ

🔹Бугун, 21-октябр Бухоро вилоятининг барча ҳудудларида умумтаълим мактабларининг 9-11-синф ўқувчилари ўртасида асосий фан олимпиадасининг шаҳар, туман босқичларига старт берилди.

🔹Бугун ўқувчилар олимпиадада тарих ва география фанлари бўйича беллашмоқдалар. 30 та тест топшириғини бажариш учун 60 дақиқа вақт ажратилган.

🔹Синовларнинг адолатли ва шаффоф ўтишини таъминлаш мақсадида жараёнларни тўғридан-тўғри кузатиш имкониятлари яратилган.

Бухорода фан ва таълим