Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
184 subscribers
7.23K photos
210 videos
1 file
1.05K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from IMA VOBKENT IM (Farhod Fayziyev)
#Vobkent_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Òzbek_tili_bayrami_kuni

Vobkent tumanida o‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Til - millat ruhi!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchilari ham ishtirok etishdi.

Ona tilimizning mavqei, buyukligini saqlashda har birimiz mas’ulmiz. Buni aslo unutmasligimiz lozim. Millatimizni ruhan birlashtiruvchi, milliy davlatchiligimizning mustahkam asosi, milliy ma’naviyatimizning bitmas bulog‘i hisoblangan ona tilimizni sevishni, ardoqlashni, uning boyligi va serjiloligidan bahramand bo‘lishni yosh avlodlarga o‘rgatishda o‘zimiz o‘rnak bo‘laylik.

Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from IMA VOBKENT IM (Farhod Fayziyev)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🏫Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchilarining 21-oktabr "Til bayrami" munosabati bilan tayyorlagan videoroligi 🎦

🔍Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
#Buxoro tuman IM

🖼Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21- oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlab turli ko'rik-tanlovlar, chellenjlar davom etmoqda.

 📄 Jumladan ,18- oktabr ma'naviyat soatida óquvchilar til haqida she'r va hikmatli so'zlar aytib, o'z ona tillariga bo'lgan hurmatni yana bir bor namoyon etishdi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bunday chellenjlar davom etmoqda.

Siz tilni asrangiz har nedan ortiq,
Yagona zaminni asragansimon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon.

📱Bizni telegram sahifalarida kuzatib boring

https://t.iss.one/BuxtumanPM
#Buxoro tuman IM
#Ona tilim_35 yoshda

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21- oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan maktab jamoasi o'rtasida "Sof o'zbek tilida gaplashamiz" chellenji boshlandi.

Chellenjning asosiy maqsadi ona tilimizga hurmat, uning sofligi uchun hissa qo'shish har bir vatandoshimizning burchi ekanligini yana bir bor ta'kidlash.

Bunday chellenjlar faqat til bayrami arafasida emas, har kuni amalda bo'lishi kerakligi alohida urg'u berildi.
📱Bizni telegram sahifalarida kuzatib boring

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#O‘ZBEK_TILI_35 YIL

🔰Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan, “Qadring baland bo‘lsin , ona tilim !” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

❇️Tadbirda, Maktab direktori J.Abdurashidov, MTIBDO‘ F.Jalilov ushbu ulug‘ kun 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladilar. Shuningdek, bayram dasturi davomida Ona tilimiz haqida she'rlar, o‘quvchilar tomonidan go‘zal raqslar barchani xushnud etdi. O‘quvchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi hamda bugungi kunda ona tilimizga bo‘layotgan munosabat to‘g‘risida sahna ko‘rinishi namoyish etdilar. Tadbir so‘ngida maktab ma'muriyati tomonidan tanlov g‘oliblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oʻzbek tili – ona tilimizning nufuzi, obro‘-eʼtibori yanada ziyoda boʻlsin!


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram