Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
171 subscribers
8.87K photos
242 videos
55 files
1.27K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM

πŸ–ΌBuxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21- oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlab turli ko'rik-tanlovlar, chellenjlar davom etmoqda.
Jumladan , 5-9 sinflar o'rtasida "Ona tilim-faxrim, g'ururim " mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.
O'quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.
G'olib o'quvchilar haftalik so'ngida faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

πŸ“±Bizni telegram sahifalarida kuzatib boring

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM


πŸ–ΌBuxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21- oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlab turli ko'rik-tanlovlar, chellenjlar davom etmoqda.

  Jumladan , 5-sinf o'quvchilari o'rtasida ularning yozma nutq savodxonligini sinovdan o'tkazish hamda takomillashtirish maqsadida "Kimning xati chiroyli? " sarlavhasi ostida husnixat tanlovi o'tkazildi.

O'quvchilardan diktant olinib, soha mutaxassislari tomonidan tekshirildi. O'quvchilar bilimidagi bo'shliqlar yuzasidan ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari o'zaro tajriba almashdilar. Bunday tanlovlarni davomli o'tkazish haqida kelishib olindi.

πŸ“±Bizni telegram sahifalarida kuzatib boring

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from Muharram Kamolova
#ona_tilim_jonu_dilim

πŸ”° Ixtisoslashtirilgan taΚΌlim muassasalari agentligi

🏒 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 

Bugun ixtisoslashtirilgan  maktabining 4-"A" sinf o'quvchilari uchun "Ona tilim β€” jon-u dilim" mavzusida sinf rahbari Gavhar Qilichova tomonidan ma'naviyat va ma'rifat soati tashkil etildi.

πŸ“šIlk bor turkiy tilda doston yaratgan Hazrat Alisher Navoiyning tilimiz rivojiga qo'shgan hissasi haqida batafsil ma'lumot berildi.

Dars davomida o'tgan asrda o'zbek tiliga bo'lgan munosabat haqida o'quvchilarga tushunchalar berib o'tdi.

πŸ“„O'quvchilar tomonidan tilni tarannum etuvchi she'rlar mahorat bilan ijro etildi.

πŸ“œDars davomida oβ€˜quvchilar o'z tiliga bo'lgan qarashlarini buyuklarning hikmatli so'zlari bilan tasvirlashdi.

🏒Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:πŸ‘‡
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#besh_tashabbus
#o'quvchi_ijodidan

Onamga

To'qqiz oy qornida ko'tarib yurgan,
Borini atagan, jonini bergan,
Yedirgan, ichirgan, kiymay kiydirgan,
Ona, onajonim, jannatim - onam.

Ko'kdagi oyimsiz, charog'onimsiz,
G'am kelsa, dard kelsa, g'amgusorimsiz,
Hammadan suyukli, mehribonimsiz,
Ona, onajonim, jannatim - onam.

Bo'lmasangiz, uyimiz huvillab qolar,
Yo'lingizni poylab ko'zlar ham tolar,
Siz kelsangiz, uyga go'yo nur to'lar,
Ona, onajonim, jannatim - onam


βœ… 8-F sinf o'quvchisi Dilmurodov Elshod ijodidan

🏒Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:πŸ‘‡
Instagram |Telegram |Facebook
Forwarded from Deleted Account
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
βœ…Buxoro viloyati Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida 21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlangan videorolik. https://t.iss.one/QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from Deleted Account
βœ…Buxoro viloyati Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida 21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlangan "Adabiyot va tabiat" rasim chizish musobaqasi, tashkil qilindi dars mashg'ulotlarida. https://t.iss.one/QORAKUL_IMI_UZ