Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
189 subscribers
10.5K photos
284 videos
55 files
1.54K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM
#ChSB_jarayonlari
❇️  21.05.2025 yil Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-8-sinf o'quvchilari 4-chorak yakuni bo'yicha tashkillashtirilgan navbatdagi ChSB jarayonida ishtirok etishmoqda.

❇️ Jarayon shaffofligi maktab rahbariyati hamda mas'ul pedagoglar tomonidan to'liq ta'minlangan.

IMA Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
https://www.facebook.com/groups/ktixm
#Kogon_tuman_IM
#Muzeylar_kuni

Muzey - bu hozirgi va o'tmish madaniyatining jamlangan ifodasi bo'lgan madaniy muassasaning o'ziga xos turi. 


🕌“18 may – Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan 21.05.2025 yil Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5a-01 sinf o‘quvchilari Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida joylashgan Naqshbandiya tariqati muzeyida bo‘lishdi.

🏛Muzeylar o‘quvchilarda g‘oyaviy – siyosiy ishonch va vatanparvarlikni yuzaga keltirishga yordam berishi va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilar ijtimoiy – siyosiy va ijodiy faolligida yordam berish, ularga qidiruv – izlanish ishlarida ko‘maklashishda xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I Instagram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Har_oyda_bir_kitob
#Final

📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 22.05.2025 yil "Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz" shiori ostida intellektual tanlovning final bosqichi o'tkazildi. Tanlovda 5a-01 va 8T-01 sinf jamoalari o'rtasida Chingiz Aytmatovning  „Oq kema“ asari bo'yicha savol-javob  o'tkazildi.

🏆Intellektual tanlovda
🥇5A-01 sinf jamoasi
🥈8T-01 sinf jamoasi egallashdi.

🏆📚Har ikkala sinf jamoasi DIPLOM va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.           


📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚
#Kogon_tuman_IM
#Sǒnggi_qǒnǧiroq

🔔23-may barcha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadigan, bitiruvchilar qadrdon maktablari, sinfdoshlari bilan xayrlashadigan kun.

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 23-may kuni 2024-2025-o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi.

💠Tadbirda Kogon tuman hokimi o'rinbosari Z. Z. Sharipov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mudir o’rinbosari Z. S. Raxmonova, mahalla raisi, maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar, xodimlar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdilar.

⚜️Tadbir davomida o‘quv yili davomida turli tanlovlarda faol bo’lgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari, maktab ma’muriyati tomonidan TASHAKKURNOMA, SERTIFIKAT, DIPLOM va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

🔰Tadbir so’nggida ota-onalar o’z tilaklarini bildirishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I Instagram I
#Kogon_tuman_IM
#Saflanish


🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 23-may kuni 2024-2025-o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan saflanish o'tkazildi.

🏆Saflanishda may oyidagi tadbirlarda faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchilar TASHAKKURNOMA, SERTIFIKAT, DIPLOM va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

🔰Tadbir so’nggida yozgi ta'til davrida xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo'yicha tavsiyalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I Instagram I
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#olis_yaqin_ovozlar
#yoshlik_jurnali

Ulg‘ayish

Ulg‘ayyapman, endi bu hayot
Ko‘z o‘ngimda jonlanar qayta.
Tafakkurim evrilar, hayhot,
Menga umr qo‘shig‘in ayta?!

Ilk tongida fevralning, falak,
Quyosh menga yuborar maktub.
Bir yosh qo‘shar yoshimga, beshak,
Qadrdon yosh bahridan o‘tib.

Shunda so‘zga kirar zabonim:
“Menga baxt ber, ilhom et tortiq!”
Yayrab ketsin ruhi ravonim –
Toki chekmay dard bundan ortiq!

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Mohinur Farmonovaning she‘ri "Yoshlik" jurnalida chop etildi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#Xaqaro
#Yana_bir_yutuq

Keyingi manzil Turkiya🥳

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Mohinur Farmonovaga Turkiyada boʻlib oʻtadigan taqdimotga rasmiy taklifnoma keldi. Birin-ketin o‘quvchilarimiz Xalqaro maydonni o‘z bilim va istedodlari bilan zabt etmoqdalar.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
#Kogon_tuman_IM
#Yakuniy_davlat_imtihoni

Bugun, 28.05.2025 yil Respublikamizning barcha maktablarida ona tili va adabiyot fanidan 11-sinf o'quvchilari yakuniy davlat imtihonlarini topshirmoqdalar.

🏢 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilari ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat imtihonidan topshiriqlarni bajarmoqdalar.

❇️Maktab rahbari Murodov Raxmatjon Axmatovich barcha o'quvchilarga omad tilagan holda jarayonlarni boshlab berdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I Instagram I
#Kogon_tuman_IM
#Milliy_sertifikat

📣Xushxabar.
Bizning shunday o'quvchilarimiz bor...

⚡️ Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
💥O'quvchilari birin-ketin O'zbek tili va adabiyot fanidan  sertifikatlarni qo'lga kiritmoqdalar.

Jumladan 11A-01 sinf o'quvchisi Muzafarova Zulfiya Bobir qizi  milliy sertifikat imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdi va SERTIFIKATni yangiladi.
Jami ball: 64.51
📍Foiz ko'rsatkich – 99, 25%
🏆 daraja  B+
Ustozi – Yodgorov Sanjar Sa'dullayevichga minnatdorchilik bildiramiz
⚡️O'quvchining ota- onasini ham yutuqlari bilan tabriklaymiz!

🗓Yaxshi xabarlar davom etadi.

👇👇👇
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab matbuot xizmati.



📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram
#Kogon_tuman_IM
#Milliy_sertifikat

📣Xushxabar.
Bizning shunday o'quvchilarimiz bor...

⚡️ Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
💥O'quvchilari birin-ketin O'zbek tili va adabiyot fanidan  sertifikatlarni qo'lga kiritmoqdalar.

Jumladan 11A-01 sinf o'quvchisi Jo'rayeva Shaxinabonu Otabekovna  milliy sertifikat imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdi va SERTIFIKAT sohibi bo'ldi.
Jami ball: 50.29
📍Foiz ko'rsatkich – 77,37%
🏆 daraja  C+
Ustozi – Yodgorov Sanjar Sa'dullayevichga minnatdorchilik bildiramiz
⚡️O'quvchining ota- onasini ham yutuqlari bilan tabriklaymiz!

🗓Yaxshi xabarlar davom etadi.

👇👇👇
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab matbuot xizmati.



📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram