Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
185 subscribers
7.08K photos
209 videos
1 file
1.03K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from Дилфуза Адизова Когон шахар ИМ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kogon_shahar_IM
#Qabul_2024

❇️Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarga joriy yilning 19- iyun sanasida ariza topshirish jarayonlari jadal tarzda davom etmoqda.

Maxsus tashkil etilgan shtab ota-onalarga ariza topshirishga ko'maklashmoqda.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram |Facebook
#Muvaffaqiyat_takrorlandi
#Buxoro_shahar_2_son_IMI

👩‍💻 Bugun 21-iyun kuni Informatika va axborot texnologiyalari fani bo'yicha "ICT4Girls" O'zbekiston o'quvchi qizlar olimpiadasining Respublika bosqichi o'tkazildi.

💻 Ushbu olimpiadada Hududiy bosqichda yuqori ball to‘plagan jami 45 nafar o'quvchi qiz ishtirok etdi.

👑 Ushbu olimpiadada Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-"A" sinf o'quvchisi Raxmatullayeva Gulchiroy faxrli 🥈 2-o'rinni hamda 7-"A" sinf oʻquvchisi Nurilloyeva Goʻzal faol ishtirok etib, vazirlikning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

🏆Oʻquvchilarimizning bu muvaffaqiyatiga Informatika fani o'qituvchilari Farid Raxmonov, shuningdek, ham ustozi, ham otasi Murodulla Sharopovning hissasi beqiyos. Ularga maktab ma'muriyati o'z minnatdorchiligini bildiradi.


📱 BIZNI KUZATIB BORING!
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM