Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
172 subscribers
10.2K photos
281 videos
55 files
1.49K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro_tuman_IM
#DTM_blok_test

🔰 Buxoro tuman IMning bitiruvchi sinf o’quvchilari davlat OTMlariga kirish imtihonlari shaklidagi sinov testlarini bajarmoqdalar.

📌 Bunda BILIMLARNI BAHOLASH AGENTLIGI bilan hamkorlikda oldindan buyurtma qilingan imtihon savollaridan foydalanilmoqda.

📌 Bundan ko’zlangan asosiy maqsad-o’quvchilarning har bir fan doirasida natijalarini bilish orqali bo’shliqlarini aniqlash va kamchilik ustida chuqur ishlash.

IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling: 👇

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro_tuman_IM
#Yakuniy_davlat_attestatsiyasi

🔰 Buxoro tuman IMda navbatdagi yakuniy davlat attestatsiya imtihonlariga soat 8.30da start berildi. 30-may sanasida 9-sinf o’quvchilari matematika fanidan imtihon topshiryaptilar. O’quvchilar algebra hamda geometriyadan berilgan topshiriqlarni belgilangan 4 soat davomida bajarishmoqda. Imtihon boshlanishida maktab rahbariyati va fan o’qituvchilari tomonidan topshiriqlarni bajarish tartibi va asosiy qoidalar xususida tushunchalar berildi.

🔰 Imtihon jarayonlari maktab rahbariyati hamda ota-onalar tomonidan onlayn tarzda kuzatilmoqda.

IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling: 👇

https://t.iss.one/BuxtumanPM
#Jondor_tuman_IM
#yakuniy_attestatsiya_2024
#yakuniy_imtihon_2024

🏢Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 30-may kuni 9-sinf  o’quvchilariga matematika fanidan Yakuniy davlat imtihoni bo'lib o'tmoqda.

⚡️Jarayonlar boshlanishidan oldin mas'ullar tomonidan o'quvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.


🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#Qabul_2024

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nordona Ahmedova
Xabaringiz bor,🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tishini aytgan edik.
🔅 Mazkur xalqaro olimpiada 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etildi.

🔸 Ushbu olimpiadada matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan  o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan.
💥💥💥💥Bizda ajoyib yangilik 💥💥💥💥💥
Oʻquvchimiz OʻKTAMOV DURBEKning ham ishtiroki ajoyib natija bilan yakunlandi.
Bilimdon, aqlli yigit-ushbu olimpiadada KUMUSH MEDAL 🥈 sohibiga aylandi.
💫💫💫 Buning uchun uning ota-onasiga, qolaversa, matematika sirlarini puxta oʻrgatib kelayotgan ustozimiz Sadoqat Toʻrayevaga minnatdorchilik bildiramiz.
Hamisha yuzingiz yorugʻ boʻlsin.
Bizni kuzatishda davom eting 👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Deleted Account
#Xushxabar
#Al_Xorazmiy

❇️ QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI O‘QUVCHILARI AL-XORAZMIY XALQARO OLIMPIADASIDA 🥈 2 TA KUMUSH MEDALINI QO‘LGA KIRITISHDI

🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 26-31-may kunlari poytaxtimiz Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

🔹O‘zbekistonda ikkinchi marta 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur olimpiadada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari, jami 120 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdilar.

E’tirof etish joizki, Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 8-sinf o‘quvchilari
🥈 Muhammadali Rasulov
🥈 Nurbek Umarovlar kumush medallarini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilishdi.

⚡️Gʻalaba muborak bilimdonlar!

💫 Ushbu g'alaba bilan o'quvchilarimizni, ota onalarini va matematika fani ustozimiz Alisher Sharipovni muborakbod etamiz, yutuqlari bardavom bo'lsin!

https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from Azganush🕊️
#Vobkent_tuman_IM
#Bizning_shunday_o’quvchilarimiz_bor

🔰 Vobkent tuman IMning 11-sinf o’quvchisi Salimov Diyorbek xalqaro tan olingan IELTS imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, C1 darajali (7.0 ball) sertifikatga ega bo’ldi. O’quvchimizning kelgusi o’qishlariga omad tilaymiz.

O’quvchimizning shu darajaga erishishida beminnat xizmat qilgan ustozlariga va doimo qo’llab-quvvatlab turgan ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

IMA Vobkent tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling:
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab