Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
169 subscribers
8.65K photos
242 videos
1 file
1.25K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
Qorakoʻl tuman_ixtisoslashtirilgan maktab-internat.

🇺🇿 Amir Temur tavalludining 688 yilligi nishonlandi

Buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Biz-Amir Temur avlodlarimiz" mavzusida tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o'quvchilar tomonidan Amir Temur shaxsi keng yoritilib,   Temur tuzuklaridan parchalar,kuy-navolar aytildi, hamda sahna ko'rinishi namoyish qilindi.O' quvchilarni ajdodlarga mehr- muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo' yildi. https://t.iss.one/QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Farhod Ergashovich)
#Peshku _tuman_IM

"FARZANDIMGA KITOB SOVG‘A QILAMAN''

''Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi..''
SHavkat Mirziyoyev

📚 2-aprel "Xalqaro bolalar kitoblari kuni"  munosabati bilan  Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-aprel kuni "Kitob inson qalbiga ma'naviy nur"  shiori ostida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman"  aksiyasi bo‘lib o‘tdi! Bu o‘quvchi-yoshlarimizga bir olam zavq bag‘ishlab, kitobga yanada mehr uyg‘otdi va unga yanada yaqinlashtirdi.

🔰 Ushbu aksiya davomida maktabimiz jamoasi hamda o‘quvchilarining ota-onalarini faol ishtirok etishdi!
Forwarded from Farhod Fayziyev
#SOHIBQIRON_TAVALLUDINING_688_YILLIGI

🏢📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik, buyuk ajdodlar ruhiga hurmat tuygʻularini yanada yuksaltirish maqsadida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan maktabning 5-sinf o‘quvchilari o'rtasida Amir Temur hayoti haqida bellashuv viktorina tashkil etildi.

Unda buyuk ajdodimiz hayoti, davlatchilik yo‘lidagi islohotlari, bebaho hikmatlari, dunyo olimlarinining Amir Temur va Temuriylar davriga oid ilmiy izlanishlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. O‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan viktorina esa ishtirokchilarning bilim-zakovatini yanada charxladi.

🏢Vobkent tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab