#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi
“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko'ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag'allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
📁 Kambag'allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to'plangan milliy tajriba hamda ilg'or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o'zi va farzandlari kelajagi uchun mas'uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
📜 Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:
🔹barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
🔹ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish;
🔹kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
🔹ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
🔹yashash sharoitlarini yaxshilash;
🔹davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
🔹davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.
👉 Manba
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram

❗️Rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi
🏢 Qarorga muvofiq, Jamoat ishlari jamg'armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi negizida Kambag'allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi.
✅ 2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.
🔍 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida og'ir ahvoldagi oilalarni kambag'allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning o'rinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi.
🗓 2025-yil 1-apreldan:
🔹Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan boquvchisini yo'qotgan to'liq bo'lmagan oilalar, mehnatga layoqatli a'zosi bo'lmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a'zolari mavjud oilalardagi o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko'rsatiladi;
🔹ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g'amxo'rlik ko'rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko'rsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi;
🔹YTT sifatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslarga alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi bo'lgan bolalar, shu jumladan, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko'rsatishga ruxsat beriladi.