Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.52K subscribers
29.3K photos
3.58K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi tadbirlar davom etmoqda.


🟢Bugun tumanimizning “S.Xondoyliqiy”, “Ko‘kto‘nli”, “Chimboyliq” hamda “Qizil-suv” mahallalari aholisi ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar tashkil qilindi.

🟢Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bo‘stonliq tuman bo‘limi mutaxassisi Firuza Fayzulloyeva boshchiligida bir guruh mutasaddilar tomonidan so‘ngi yillarda yurtboshimiz boshchiligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, tinchlik qadri, oilada tarbiyaning o‘rni haqida so‘z yuritilib, maxsus videoroliklar namoyish etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Chiqindi pulini to'lamaganlarning elektr uchun to'lovlarini qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi

“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–5-son, 04.01.2024-y.) qabul qilindi

Farmon bilan avtomobil yo'llarida yo'l harakati qoidalari buzilganligini foto va video qayd etish vositalarini o'rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi.

Bunda tarbirkor jarima sifatida undirilgan mablag'ning 20 foizi miqdorida pul bilan rag'batlantiriladi.

🍀 Har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko'rsatgan sanitar tozalash korxonalari xodimlari uchun “Tabiat uyg'unligi himoyachisi” tanlovi o'tkaziladi.

➡️ Mazkur xodimlardan 100 nafarining davlat OTMga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining to'liq summasi to'lab beriladi.

☑️ Har yili “Eng toza mahalla” tanlovi o'tkazilib, tanlovda g'olib bo'lgan 14 ta mahallaga chiqindi yig'ish maydonchasi qurish, chiqindi konteynerlarini o'rnatish va daraxt ekish uchun jami 500 million so'm pul hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil beriladi.

🔰 2024-yil 1-apreldan:

🔹ko'chmas mulk hamda avtotransportlar bilan bog'liq bitimlarni notarial tasdiqlashda qarzdorlik mavjudligi Yagona elektron tizim orqali onlayn tekshirilib, qarzdorlik bartaraf etilgach notaril harakat amalga oshiriladi;

🔹barcha sanitar tozalash korxonalari Yagona elektron tizim orqali xizmat ko'rsatadi, tizimga ulanmagan korxonalar bilan shartnoma bekor qilinadi va ular xizmat ko'rsatadigan hududlar davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa korxonaga beriladi.

Chiqindi xizmatlari uchun to'lovlarni qabul qilish hamda abonentlar hisobini yuritish faqatgina Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi billing tizimi, elektron to'lov tizimlari yoki tijorat banklarining to'lov qabul qilish kassalari orqali amalga oshiriladi.

📲 Shuningdek, chiqindi xizmatlari uchun oylik to'lovlardan qarzdorligi bo'lgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi.

🔘 Qarzdorlik bo'yicha ogohlantirilgandan keyin to'lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to'lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

1️⃣-bosqichdaToshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2024-yil 1-iyundan6 oylik qarzdorlik uchun;

2️⃣-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2024-yil 1- noyabrdan 3 oylik qarzdorlik uchun;

3️⃣-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2025-yil 1- yanvardan 1 oylik qarzdorlik uchun.

🗓 2024-yil 1-iyundan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi (aholi mustaqil saralagan chiqindilar bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Firibgarlik qurboni bo‘lib qolmang❗️

Hozirgi kunda tuman hududida ko‘p qavatli uylarda egasiz va qarovsiz qoldirilgan uylar mavjudligini ro‘kach qilib, shu turdagi uylarni arzon narxlarda olib berishni, go‘yoki shu kabi uylar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, uy-joyga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun berilayotganligini aytib, aldov yo‘li bilan fuqarolarning pullarini o‘zlashtirish jinoyatlari ko‘plab uchramoqda.

Hurmatli fuqarolar! Sizlarga biror bir fuqaro tomonidan shu kabi takliflar kelib tushsa, zudlik bilan tuman IIB Navbatchilik qismining 70-74-21-303 raqamiga yoki “102” qisqa ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingiz so‘raladi.

Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB bo‘linmasi boshlig‘i U.K.Raximbabayev

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏢 Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratilishi belgilangan.

▪️Toshkent shahrida — 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo'yicha;

▪️Nukus shahri, viloyatlar ma'muriy markazlari va viloyatga bo'ysunuvchi shaharlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo'yicha;

▪️tumanlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo'yicha.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰🥰😇🥰🥰🥰🥰
#Boʻstonliq_tumani
#dehqon_xoʻjaligi

📣IMKONIYATNI QOʻLDAN BOY BERMANG

📝Endilikda sizda “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali elektron savdolarga qatnashib, Boʻstonliq tumani hududidagi dehqon xoʻjaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

👉 Ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM