Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.63K subscribers
29.1K photos
3.55K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Самарқанд шаҳрида бўлиб ўтган музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макрон Қўшма баёнот қабул қилдилар. Президентлар ҳузурида 8 та икки томонлама ҳужжат имзоланди.

По итогам состоявшихся в городе Самарканде переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Французской Республики Эммануэль Макрон приняли Совместное заявление. В присутствии Президентов подписаны 8 двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bildirish

Yuqori Chirchiq tumanining qator mahallalarida hamda ulgurji tashkilotlarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi!

Yuqori Chirchiq tumanida "O'zbekiston" GTSni ma'nan eskirgan uskunalarini almashtirilishi munosabati bilan, mazkur GTSning 1- va 2-tarmoqqa ulangan iste'molchilarning tabiiy gaz ta'minoti joriy yilning 2-noyabr kuni soat 12:00 dan 17:00 ga qadar vaqtincha toʻxtatiladi.

Ma'lumot o'rnida, "O'zbekiston" GTS tarkibiga kiruvchi mahallalar soni 45 ta, aholi xonadonlari 27 500 ta hamda kichik, o'rta biznes 945 tani, ijtimoiy soha obyektlari esa 98 tani tashkil qiladi. Shuningdek, Bo'stonliq tumanining chap qirg'og'idagi 7 250 ta aholi xonadonlari ham GTSga kiradi.

Taʼmirlash ishlari oʻz yakuniga yetgach, taʼminot qayta tiklanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boʻstonliq tumani hokimi yerni oʻrganish niqobi bilan qishloq xoʻjaligi boʻyicha tadbirkorlarga tekshiruv tashladi. Maqsad yer maydonlarni tortib olish” mazmunidagi murojaat asossiz boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka asosan yer maydonlari faqatgina yer egasining roziligiga asosan yoki tegishli sudning qaroriga asosan zaxiraga olinishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, 2023-yilning 5-oktyabr kuni tuman hokimi tomonidan bir qator davlat idoralariga topshiriq xati yuborilgan boʻlib, mazkur xatda:

- Boʻstonliq tumanida Qishloq xoʻjaligi yer maydonidan foydalanuvchi bir qator subyektlar faoliyati vizual tartibda kuzatilganda ayrim subyektlar tomonidan faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi;

- Faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan subyektlarga kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish, mavjud muammolarni bartaraf etish nazarda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida, tuman hokimining 2023-yil 5-oktyabr kunidagi 3049/1-17-sonli xatida koʻrsatib oʻtilgan bir qator subyektlarning faoliyatidagi kamchiliklar tegishli davlat idoralarning koʻmagi ostida bartaraf etilib, mavjud muammolarni hal qilish choralari koʻrildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#yashil_makon

🌳Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy yil kuzgi mavsumi uchun koʻchat oʻtqazish ishlari tumanimizning barcha hududlarida uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Hududlarda mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari qizgʻin pallaga tus olgan.

🌳Xususan, bugun erta tongdan tuman sektor rahbarlari boshchiligida asosiy yoʻl yoqalaridagi boʻsh va qarovsiz yerlar obodonlashtirilib, agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 10 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

🟢Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori, podpolkovnik B.Umirzaqov, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi huquqbuzarliklar profilaktika departamenti boshligʻi Sh.Pardayev, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi masʼul xodimi O.Kim, tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Shodiyevalar tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

🟢Seminar davomida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tumanda yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni keskin kamaytirish yuzasidan qator tavsiya va tushunchalar, turli tazyiq va zoʻravonlik holatlarini oldini olish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berilib, seminar yakunida mavzuga doir testlar tarqatilib mahalla beshligining bilim salohiyati baholandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Transport_qatnovi

Toshkent viloyatida jamoat transporti yo'nalishlari tarmog'i bo'yicha ma'lumot

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Франция муносабатларини янги, янада юқори босқичга олиб чиқиш истиқболларини белгилаб берган тарихий саммит муҳим келишувлар ва самимий мулоқотларга бой бўлди

Исторический саммит, наметивший курс на  выведение узбекско-французских отношений на новый, еще более высокий уровень, выдался богатым на важные договоренности и искренние встречи

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter