Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.54K subscribers
29.2K photos
3.57K videos
9 files
10.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

🔹Boʻstonliq tumani “Navroʻz” mahallasida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha”, “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar doirasida “Chimgan-Chorbogʻ suv taʼminot” MCHJ direktori R.I.Xokimboyev boshchiligida ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🔹Shuningdek, mazkur hududda istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil qilinib, gʻolib jamoalarga qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram |Facebook | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yo'l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi

“Yo'l xo'jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-330, 10.10.2023y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan:

avtomobil yo'llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish, ta'mirlash hamda saqlashdan iborat bo'ladi;

loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo'l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko'rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etiladi;

avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo'yicha kamida uch yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi;

yilning harorat yuqori bo'lgan vaqtlarida avtomobil yo'llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o'rnatiladi.

▶️ Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo'lining “Toshkent – Chinoz” yo'nalishidagi 817 – 827 km qismini ilg'or xorijiy texnologiyalar va zamonaviy xalqaro standartlar asosida syement-beton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan yangidan boshlanadigan yo'l-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federasiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi.

📁 2023-yil 31-dekabrgacha Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan avtomobil yo'llari, ko'priklar va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish (shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish), qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha loyiha-qidiruv hamda qurilish-pudrat tashkilotlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida baholash mezonlari takomillashtiriladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bo'yida yashil hududlarni barpo etish doirasida Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi “O'zyo'lko'kalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy bo'linmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasarrufiga o'tkaziladi.

🗒 2024-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha bo'lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.

🏢 Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:

🔹“O'zyo'lko'prik” klasteri va uning hududiy filiallari;

🔹“Avtomobil yo'llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi” davlat muassasasi.

📄 2024-yildan xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun byudjet mablag'lari faqat “Mening yo'lim” dasturi orqali ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi navbatdagi 2-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qildi

🌐BATAFSIL

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram |Facebook | Instagram
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi navbatdagi 2-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qildi

Bu mavsumda bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 345 o‘rin ajratilgan, jumladan:

— bakalavriat taʼlim dasturi uchun 22 o‘rin;
— magistratura taʼlim dasturi uchun 193 o‘rin;
— doktorantura taʼlim dasturi uchun 130 o‘rin.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10-oktyabridan 10-noyabriga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

Hujjat topshirish uchun:
https://admission.eyuf.uz.

Qo‘shimcha savollarga javoblarni (71 203 14 41, 71 203 00 47,
71 203 00 48, 71 203 00 53)
telefon raqami yoki Jamgʻarmaning https://t.iss.one/EYUF_Admission_2023bot rasmiy bot kanali orqali shuningdek, [email protected] elektron pochta manzili orqali olish mumkin.


Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram |Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга “Бир макон, бир йўл” учинчи халқаро форумида иштирок этаётган делегациялар раҳбарларини расмий кутиб олиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой принял участие в официальной церемонии встречи глав делегаций, участвующих в третьем Международном форуме «Один пояс, один путь».
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Пекин шаҳрида “Бир макон, бир йўл” халқаро форумининг очилиш маросимида ҳамда “Инсон ва табиат уйғунлиги йўлида “Яшил ипак йўлини” биргаликда барпо этиш” мавзусидаги ялпи йиғилишида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в городе Пекине принял участие в церемонии открытия третьего Международного форума «Один пояс,  один путь» и его пленарном заседании на тему «Совместное строительство «Зеленого» шелкового пути в интересах гармоничного сосуществования человека и природы».

#Mirziyoyev #forum #Makonvayul #Yashiltaraqqiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter