Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.55K subscribers
30.3K photos
3.66K videos
10 files
11.1K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#Sayyor_qabul

🔹Bugun tuman prokurori S.Xusayinov boshchiligida "Kichiksoy" MFY hududida aholi muammolarini yechish, murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Qabul davomida 35 nafar fuqaro kommunal xizmatlar sohasidagi turli kamchiliklar, mahalla hududini obodonlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bilan chiqishdi. Ayrim masalalar joyida hal qilinib, qolgan murojaatlar bo‘yicha qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

🔹Qabul so‘ngida tuman prokurori yoshlar bilan uchrashib, ularning bandligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Oʻzlik

Milliylik qonimizda | “Mikrokredit bank” ATB Gʻazalkent bank xizmatlari ofisi


Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

Tumanimizda yana bir xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi


Bugun tumanimizning "Pargos” mahalla fuqarolar yig‘inida yana bir zamonaviy 75 o‘ringa mo‘ljallangan xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

🔹Tashkilotning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari X.Abduyusupov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I.Izzatulloyev, sohaga mas’ul mutasaddilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹Bu kabi zamonaviy muassasalar maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bilan birga, hudud aholisining farzandlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yusupovlar boshchiligida tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish va unda belgilab berilgan topshiriqlar hamda PQ-1-son qaror ijrosi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.

🔹Yig‘ilishda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, xodimlarning kasbiy ko‘nikma hamda malakasini oshirish, jinoyatchilikni oldini olish, kiberxavfsizlik, internetdagi firibgarlik yo‘li bilan plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari, ortiqcha hashamat va dabdabaga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa masalalar muhokama qilindi.

🔹Mazkur tadbirlar mutasaddi rahbarlar tomonidan bosqichma-bosqich korxona va tashkilotlarda davom ettiriladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#eʼtibor

🌷8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami nafosat, yangilanish va yasharish faslining eng go‘zal bayramlaridan biridir. Bahor faslining ilk bayrami sifatida, u tabiat uyg‘onishi bilan uyg‘un tarzda ayollarning latofati, mehribonligi va fidoyiligini ulug‘laydi.

🟢Bahorning ilk nurlari tabiatni uyg‘otib, atrof-muhitni yashnatgandek, ayollar qalbi ham mehr-muhabbat va nafosat manbai sifatida olamni chiroy bilan to‘ldiradi. 8-mart – bu faqatgina bayram emas, balki go‘zallik, mehribonlik, oqibat va fidoyilik timsoli bo‘lgan ayollarni ulug‘lash kunidir.

🟢Bo‘stonliq tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda harbiy xizmatchilari tomonidan 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Ayol – tabiat kabi betakror, bahor kabi yashnatuvchi, quyosh kabi hayot baxsh etuvchi, mehr va sadoqat ramzi!" shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

🟢Unda harbiy xizmatchi ayollar, harbiy xizmatchilarining munis va mo‘tabar onalari, turmush o‘rtoqlar, latofatli opa-singlar ishtirok etishdi.

🟢Harbiy qism komandiri podpolkovnik S.Xamirayev, Chirchiq harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya mayori A.Jamoliddinovlar barchani bayram bilan tabriklab, harbiy xizmatchilarining onalariga "Vatan himoyachisining onajoniga" esdalik ko‘krak nishonlarini hamda tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#bayram_shukuhi

💐Bugun tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida sektor rahbarlari tumanimiz ijtimoiy hayotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan muborakbod etib, bayram tuhfalarini topshirdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

⚡️Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi hamda tegishli xizmat vakillari bilan hamkorlikda aholi va hududlarni sel, suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida “S.Xondoyliqiy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi nomsiz soyning oqim yo‘nalishi bo‘ylab chap va o‘ng tomonlarida o‘zan tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#hokimlik_soati

🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

🔹Kun tartibida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish va "Ijtimoiy profilaktika" tizimi samaradorligini oshirish masalalari, hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish ishlarini amalga oshirish, ijro intizomi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

🔹Yig‘ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Shu kunlarda tumanimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

🔹Obodonlashtirish ishlari davomida qurigan daraxt va butalar kesilib, ariqlar tozalamoqda. Devorlar oqlanib, qarovsiz bo‘sh yer maydonlar tartibga keltirilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram