Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.63K subscribers
29.1K photos
3.55K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikda o'qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar:


🔹1-oktyabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

🔹Bolalarga ta'lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.

🔹Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to'lanadigan uzaytirilgan ta'tillar beriladi.

🔹Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko'pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

🔹Maktab o'qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

🔹Fan olimpiadasi g'olibini tayyorlagan o'qituvchilar rag'batlantiriladi.

🔹O'qituvchilar kasal bo'lib qolganida moddiy yordam beriladi.

🔹Olimpiada g'olibi bo'lgan o'qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

🔹O'zi dars beradigan fani bo'yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.

🔹“Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g'olibi bo'lgan maktabga yarim milliard so'm beriladi.

🔹Inklyuziv sinf o'qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

🔹Olis hududlarda dars berayotgan o'qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

🔹Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g'oliblarini tayyorlagan professor-o'qituvchilarga pul mukofoti beriladi.

🔹Ko'p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

🔹Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o'qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

🔹Respublika fan olimpiadasi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar malaka toifasi bir pog'ona oshiriladi.

🔹Tibbiyot sohasi professor-o'qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo'shimcha haq to'lanadi.

🔹Ta'lim muassasalarining chet tillar fanlari o'qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.

🔹O'qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

👉 Manba

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.

⚠️ Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.

📁 Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Mol-mulk va yer solig'i o'z vaqtida to'lanishi lozim


Batafsil infografikada👆

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

❗️Bunda, isitish davri tashqi havoning o'rtacha sutkalik harorati 8°Sdan past bo'lgan 5 kunlik davr tamom bo'lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8°Sdan yuqori bo'lganda esa tamomlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.

🕑 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolalilarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.

❗️Mazkur tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.

➡️ Bolali ayolning xohishiga ko‘ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:

▪️Qo'y go'shti;
▪️Parranda go'shti;
▪️Mol go'shti;
▪️Tuxum;
▪️O'simlik yog'i;
▪️Un;
▪️Shakar;
▪️Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📝 Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro'yxatdan o'tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to'lov o'rniga, xarid summasida to'langan QQS summasi qaytariladi.

📌 Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mgacha) bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin