Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.64K subscribers
29.1K photos
3.54K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Президент банкларни ўйлантираётган қатор масалалар борлигини таъкидлаб, уларнинг ечимига қаратилган ташаббусларни илгари сурди.

Хусусан, банклар балансида 3 мингта ҳаракатсиз мулк бор. Банклар улардан тезроқ қутилса, қўшимча ресурс ва 150 мингта иш ўрни яратиш учун захира пайдо бўлади.

Шу боис, банкларга ҳаракатсиз мулкларни бозор қийматида тўғридан-тўғри сотишга рухсат берилиши белгиланди.

Шунингдек, банклар бу мулкларни даромадли бизнесга айлантириб, тайёр ҳолда инвесторга сотадиган тизим яратилади.

Facebook|Instagram|X
Кредит қарзи ҳисобидан гаровни суд орқали ундириш жараёнининг тезкорлигини ошириш долзарб масала бўлиб турибди.

Банк ҳуқуқлари устуворлигини таъминлаш, ундирувга қаратилган мулкларни тезроқ сотиш, суд орқали ундирув муддати, ортиқча келишув ҳужжатлари ва суд харажатларини кескин қисқартириш, гаров билан таъминланган қарзларни судгача ундириш амалиётини кенг қўллаш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган.

Ушбу таклифларни ҳар томонлама кўриб чиқиб, қонун ҳужжатларига ўзгартиришлар киритиш муҳимлиги таъкидланди.

Мажбурий ундирувга қаратилган мулклар масаласига ҳам тўхталиб ўтилди. Бу жараённи такомиллаштириш мақсадида манфаатдор томонлар ўртасида онлайн ахборот алмашишни йўлга қўйиш зарурлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
Маҳаллалар даражасида ҳокимлар банклар билан ҳамкорликда ишлаши зарурлиги қайд этилди.

Улар маҳаллаларда 4 та тажрибани кенгайтириб, одамлар даромадини ошириш бўйича биргаликда ишлайдиган тизим бўлади.

Бунда туман банклари мижозбай ишлаб, тадбиркорлар лойиҳаларига кўмаклашади, уларнинг муаммоларини жойида ҳал этади, туман ҳокимлари эса лойиҳани жой ва инфратузилма билан таъминлаш мажбуриятини олади.

Туманларда маҳалла банкирлари фаолиятини йўлга қўйиш таклифи қўллаб-қувватланди.

Маҳалла банкирлари маҳалланинг бизнес имкониятларини ўрганади, одамлар билан гаплашиб, уларнинг ғояларини лойиҳаларга айлантиради. Аҳолини кредит олиш, қайтариш, бизнес очиш, маҳсулотини сотишга ўргатади, лойиҳаларга ҳамроҳлик қилади.

Умуман, жаҳон иқтисодиётидаги мураккаб вазият бутун дунёда миллий иқтисодиётларга таъсирини ўтказаётгани қайд этилди. Бундай шароитда мамлакатимиз молия-банк тизимининг барча даражаларида молиявий интизом ва шахсий масъулиятни кучайтириш муҳимлиги таъкидланди.

Йиғилиш давомида иқтисодий комплекс раҳбарларининг ҳисоботлари, банкларнинг таклифлари тингланди, ҳудудлардаги тадбиркорларнинг ижобий тажрибаси кўриб чиқилди.

Facebook|Instagram|X
#Boʻstonliq_tumani
#obuna_2025

Siz gazetaga obuna boʻldingizmi?..

Tumanimiz hayotining koʻzgusi, sevimli  bosma nashringiz – “Boʻstonliq ovozi” - "Бостандық дауси" gazetalariga 2025-yil uchun obuna ishlari davom etayotganidan xabardormisiz?

Mazkur gazeta sahifalarida tumanimizda yuz berayotgan eng muhim voqea-hodisalar, hayotiy reportajlar, qiziqarli badiiy ocherklar va mazmunli lavhalar yoritiladi. Ushbu materiallar Sizni befarq qoldirmasligi, zamondoshlarimiz hayotidan xabardor qilib, yangi gʻoyalarga ilhom berishi aniq.

Agar Siz tumanimiz gazetasining muxlisi boʻlishni istasangiz, hoziroq obuna boʻling! "Boʻstonliq ovozi" - "Бостандық дауси" har haftada Sizni tuman hayotiga doir yangiliklar, tahliliy maqolalar hamda ijodiy ishlanmalar bilan tanishtiradi.

Shu bilan birga, Siz ham oʻz ijodiy ishlaringizni yoki tuman hayotiga oid fikrlaringizni tahririyatga yoʻllashingiz mumkin. Bu – oʻz salohiyatingizni keng ommaga tanitish uchun ajoyib imkoniyat!

“Boʻstonliq ovozi” – "Бостандық дауси" tumanimiz ovozi!

Obuna boʻling, yangiliklardan boxabar boʻling!‌‌

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xabarlar


BO‘STONLIQ TUMANI_ENERGETIKA SOHASIDAGI YANGI LOYIHALAR_16.12.2024


Bizni kuzatib boring!

Telegram 📷Instagram
🎬YouTube 🔵Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманида қурилиши мўлжалланган халқаро туризм маркази тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектом международного туристического центра, который планируется построить в Бостанлыкском районе Ташкентской области.

#Mirziyoyev #taqdimot #turizm #Chorvoq

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:

▪️Qo'y go'shti;
▪️Parranda go'shti;
▪️Mol go'shti;
▪️Tuxum;
▪️O'simlik yog'i;
▪️Un;
▪️Shakar;
▪️Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📝 Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro'yxatdan o'tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to'lov o'rniga, xarid summasida to'langan QQS summasi qaytariladi.

📌 Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mgacha) bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Biotexnik tadbirlar oʼtkazilmoqda

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʼida yovvoyi hayvonlarni qish sovugʼidan betalofat olib chiqish maqsadida biotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Burchumulla DUX xodimlari hamda Beldirsoy ov xoʼjaligi xodimlari bilan birgalikda Oksok-Ota hududida yashovchi yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun ozuqalar qoʼyib chiqildi.

Malumot uchun: oʼsimliklarda hayvonlar tomonidan istemol qilinadigan oz miqdorda tuz mavjud. Qishda oʼsimliklar va tuproqda yetarli miqdorda tuz boʼlmaganligi sababli hayvonlar kerakli miqdordagi vitaminlarni ololmaydilar.

Bizni kuzatishda davom eting!

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta'minoti filiali tomonidan qish mavsumida aholining mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yohud favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so‘raymiz.

"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta'minoti filiali hamda viloyatdagi 22 ta shahar va tuman mas’ullarining aloqa raqamlari:

▶️Viloyat dispecheri +998 70 202 17 06, +998 70 202 17 05;
▶️Olmaliq shahri
+998 99 677 10 04, +998 70 614 27 16;
▶️Chirchiq shahri +998 99 964 10 04, +998 70 716 57 80;
▶️Bekobod shahri +998 99 323 10 04, +998 70 214 22 14;
▶️Yangiyo‘l shahri +998 99 894 10 04, +998 70 602 26 95;
▶️Yangiyo‘l tumani +998 99 928 10 04, +998 70 602 26 95;
▶️Piskent tumani +998 99 961 10 04;
▶️Nurafshon shahri +998 99 004 81 04;
▶️O‘rta Chirchiq tumani +998 99 837 10 04;
▶️Chinoz tumani +998 99 916 10 04;
▶️Bekobod tumani +998 99 085 10 04;
▶️Ohangaron shahri +998 99 757 10 04;
▶️Ohangaron tumani +998 99 958 10 04;
▶️Bo‘stonliq tumani +998 99 929 10 04, +998 70 742 17 70;
▶️Yuqori Chirchiq tumani +998 99 838 10 04;
▶️Bo‘ka tumani +998 99 341 10 04;
▶️Quyi Chirchiq tumani +998 99 803 10 04;
▶️Toshkent tumani +998 99 865 10 04, +998 70 202 67 57;
▶️Qibray tumani +998 99 862 10 04, +998 55 900 43 36;
▶️Zangiota tumani +998 99 880 10 04, +998 70 975 26 01;
▶️Parkent tumani +998 99 963 10 04, +998 70 722 23 92;
▶️Oqqo‘rg‘on tumani +998 99 656 10 04;
▶️Angren shahri +998 99 331 10 04, +998 70 664 05 95.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter