Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.57K subscribers
29.6K photos
3.61K videos
9 files
10.9K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Seminar

“Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi tartibi boʻyicha onlayn amaliy-uslubiy seminar oʻtkazildi

🌐BATAFSIL

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram |Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

🟢Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori, podpolkovnik B.Umirzaqov, tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Shodiyeva, tuman IIB JXX XPB boshligʻi, kapitan R.Dexqonovlar tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

🟢Seminar davomida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tumanda yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni keskin kamaytirish yuzasidan qator tavsiya va tushunchalar, turli tazyiq va zoʻravonlik holatlarini oldini olish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berilib, seminar yakunida mavzuga doir testlar tarqatilib mahalla beshligining bilim salohiyati baholandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

🟢Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori, podpolkovnik B.Umirzaqov, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi huquqbuzarliklar profilaktika departamenti boshligʻi Sh.Pardayev, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi masʼul xodimi O.Kim, tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Shodiyevalar tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

🟢Seminar davomida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tumanda yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni keskin kamaytirish yuzasidan qator tavsiya va tushunchalar, turli tazyiq va zoʻravonlik holatlarini oldini olish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berilib, seminar yakunida mavzuga doir testlar tarqatilib mahalla beshligining bilim salohiyati baholandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi


🟢Bugun tuman hokimligida Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 13-noyabrdagi farmoyishiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida hokimlik apparat xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari va hokim yordamchilari uchun huquqiy seminar-trening boʻlib oʻtdi.

🟢Seminarda tuman sektor rahbarlari, viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi D.Turdimuxammadiyev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi S.Baltabayev, viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat shoʻbasi rahbari M.Yusubov, Jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tumani sudi raisi F.Xikmatullayev, tuman prokuraturasi tergovchisi Sh.Qoʻldoshevlar soʻzga chiqib Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni, korrupsiya va uning oqibatlari, sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, qonunda belgilangan javobgarlik turlari va shu kabi koʻplab maʼlumotlar oʻqib eshittirildi.

🟢Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi boʻlishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun toʻsiqlardan biri ekanligi, rivojlanishni tanazzulga olib kelishi tahliliy misollar bilan aytib oʻtildi. Bu illatga qarshi nafaqat soha xodimlari, balki barcha barobar kurashishi kerakligi taʼkidlandi.

🟢Seminar yakunida ishtirokchilar bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida anonim soʻrovnoma oʻtkazildi. Tarqatma materiallar tarqatilib, korrupsiya va uning oqibatlari mavzusida videorolik namoyish etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

🔹Ayni damda tuman hokimligi va 17-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 11-yanvardagi 16-52-son topshiriq xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorining mazmun mohiyati, belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish bo‘yicha “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari oʻtkazilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

Mahalla “yettiligi” uchun seminar tashkil etildi

🔹Bugun Respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

🔹Unda Migratsiya bo‘yicha Respublika ishchi guruhidan tumanga biriktirilgan vakil F.Akbarova, Toshkent viloyatidan tumanga biriktirilgan vakil A.Xolmo‘minova, sektor rahbarlari, tegishli mas’ul tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.

 🔹O‘quv seminarda tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, migratsiyadan qaytish istagini bildirgan fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish va muammolarini hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

🔹Bo‘stonliq tumani hokimligida sektor rahbarlari, tuman bo‘lim tashkilotlari hamda "mahalla yettiligi" uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 19-iyundagi №16-1080-sonli topshirig‘iga asosan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tashkil qilingan o‘quv-amaliy seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, muammolarni o‘rganish va hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mijozbay ishlash mexanizmini hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan.

🔹O‘quv amaliy seminar davomida mas’ul tashkilotlar, xususan Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan jalb qilingan trenerlar kambag‘al oilalarni daromadlarini oshirishda kompleks yondashuvni joriy etish, mavjud salohiyatdan to‘la foydalanish, aholining bu boradagi savodxonligini oshirish, “Mahalla byudjeti”ni shakllantirish va mahallaning bankdagi hisob varaqalarini yuritish singari mavzularda o‘z bilim va ko‘nikmalarini seminar ishtirokchilariga yetkazdilar.

🔹Shuningdek, o‘quv-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori mazmun-mohiyati yig‘ilganlarga tushuntirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
👍 208 ta tuman (shahar) bo'limi rahbarlari uchun o'quv seminar boshlandi

🔍Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 208 ta tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari uchun 3 kunlik o‘quv amaliy-seminari tashkil qilindi.

🔍Seminarning asosiy maqsadi “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash, mahallalarni ishsizlik, kambag‘allik, jinoyatchilik, oilaviy ajrimlardan holi hududga aylantirish borasidagi tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

🔍Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq”, Uychi tumanidagi “Istiqlol”, Zarbdor tumanidagi “Lalmikor”, Sh.Rashidov tumanidagi “Tuyoqli”, Gʻijduvon tumanidagi “Nodirabegim”, Yakkasaroydagi “Dilbuloq”, Yashnobod tumanidagi “Dilbog‘” mahallalaridagi ilg‘or amaliy tajribalarni tizimli tatbiq etish masalasi ham seminarda ustuvor bo‘ldi.

🔍Seminar davomida tinglovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sog‘lomlashtirish maqsadida, turli sport mashg‘ulotlari va madaniy dasturlar tashkil etish rejalashtirilgan.

#Mahallalaruyushmasi #seminar

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

🔹Bugun tuman prokurori Iqboljon Qambarov boshchiligida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va iqtisod rejasini bajarish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

🔹Tadbirda mahalla yettiligi, ta’minotchi korxonalar hamda yirik iste’molchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

🔹Seminarda tuman prokurori hududlarda energiya resurslarini iqtisod qilish rejasini bajarishning aniq yo‘nalishlari, bu borada mas’ul idora rahbarlarining vazifalari xususida gapirib o‘tdi.

🔹Shuningdek, tadbirda energiya resurslarini iqtisod qilinishini ta’minlovchi uskunalar, zamonaviy va tejamkor hisoblagichlar va ushbu jarayonda ishlatiladigan texnikalar ko‘rgazmali tarzda namoyish etilib, ularning xususiyatlari tushuntirib berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Hokim yordamchilari uchun
seminar tashkil qilindi

Bugun, Toshkent tumani Madaniyat saroyida "Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Toshkent, Qibray, Boʻstonliq tumanlari hamda Chirchiq shahridagi mahallalarda faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari qatnashdilar.

Unda "Kambagʻal oilalar reyestrini shakllantirish va "individual dastur"larni tuzish", "Mahallani ixtisoslashtirishda hokim yordamchilarining vazifa va funksiyalari", "Hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari KRI" singari mavzularda amaliy va nazariy bilimlar berildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

“Kambag‘allikdan farovonlik” sari

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi “Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 892-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 2-sonli kasb-hunar maktabida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi A.Nosirov, tuman hokimi o‘rinbosari X.Abduyusupov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi A.Rismetova. tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Nigmatillayev, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ashurov hamda tumandagi 59 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan uch nafardan tanlab olingan katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan faol nuroniylar ishtirok etdi.

🔹Tadbirda kambag‘al oilalarga biriktirilgan faol nuroniylarga qarorlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tegishli tushunchalar berib, ushbu borada joylarda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Seminar

🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i ijrosini samarali tashkil etish va natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan tuman hokimligi ijroga mas’ul xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash, shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

🔹Seminarda Bo‘stonliq tumani Adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti A.Abdug‘affarov hamda tuman hokimligining ijro intizomi nazorati bosh mutaxassisi H.Fatxullayevalar tomonidan "Hokimiyat tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son Qarori asosida hujjatlar ijrosini ta’minlash va bajarilishini tashkil qilish" hamda "Ijroga mas’ul tashkilot va xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish" mavzularida ma’ruzalari eshitildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Seminar

🔹Bugun Bo‘stonliq tuman hokimligida Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi J.Jo‘rayev hamda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yusupovlar ishtirokida tumandagi 59 ta mahallada faoliyat yuritib kelayotgan mahalla yettiligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

🔹Seminar-treningda mahalla yettiligi xodimlariga qaror doirasida belgilab berilgan muhim vazifalar va ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Seminar

ASALARICHILIK – YETTI XAZINANING BIRI

🔹Bugun Bo‘stonliq tumani hokimligida asalarichilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda AT “Aloqabank” Boshqaruvi Raisi Kammuna Irisbekova, O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi raisi Erkin Nazarov, Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xurshid Qoraboyev, tuman hokimi J.Axmedov, hokim yordamchilari, tijorat banklari rahbarlari, tegishli mutasaddilar va mutaxassislar hamda tumanda asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar, aholi vakillari ishtirok etdi.

🔹Tadbir avvalida bugungi kunda mamlakatimizda asalarichilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritildi.

🔹Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilariga asalarichilik sohasida uchraydigan mavsumiy kasalliklarning oldini olish va davolashni tashkil etish, uy sharoitida asalari oilasini qanday parvarish qilish, zamonaviy veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, asalari oilasini yetishtirish va sotuvga tayyorlash, ularning ozuqa bazasini yaratish kabi mavzularda to‘laqonli tushunchalar berildi.

🔹Shuningdek, AT “Aloqabank” tomonidan asalarichilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga ajratiladigan kreditlar mablag‘lari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹Tadbir so‘ngida Bo‘stonliq tumanida asalarichilikni rivojlantirish maqsadida  AT “Aloqabank” tomonidan 1 000 ta xonadonga (har biriga 10 tadan) jami 10 000 ta asalari uyalarini barcha jihozlari bilan kredit asosida ajratish hamda bepul o‘quv kurslarini tashkil qilish belgilab olindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram