Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.54K subscribers
29.8K photos
3.62K videos
9 files
11K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bo‘stonliq tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda harbiy xizmatchilarning oilaviy mustahkamligini ta’minlash, ularning rafiqalari o‘rtasida do‘stona muhit yaratish va ularni ijtimoiy hayotga keng jalb etish maqsadida "Men namunali harbiy oila bekasiman" shiori ostida “Balli ayollar” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tanlovda Toshkent shahar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida joylashgan harbiy qismlardan tashrif buyurgan nafosat egalari jami 6 shart bo‘yicha bellashdilar.

🔹Tadbirda harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyish etishdi.

🔹Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng faol, ijodkor va bilimli ishtirokchilar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🔹Bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad harbiy oilalar o‘rtasida ma’naviy muhitni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish va harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini rag‘batlantirishdir.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bo‘stonliq tumanida temir yo‘l atrofi va unga tutash bo‘lgan fermer xo‘jaliklari yerlari hamda xonadonlarning tomorqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar hududning ekologik holatini yaxshilash, aholiga qulay yashash sharoiti yaratish hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

🔹Obodonlashtirish ishlari davomida qurigan daraxt va butalar kesilib, hudud chiqindilardan tozalanmoqda. Bundan tashqari, tomorqa yerlarining meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Fermer xo‘jaliklari va mahalliy aholi ham ushbu ishlarning faol ishtirokchisiga aylanib, ekin maydonlarini tartibga keltirishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🔹Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bo‘stonliq tumani inspektor-psixologlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “O‘smir va o‘quvchi” tadbirlari hamda o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹"Bo‘stonliq ovozi" gazetasining 2025-yil 8-fevraldagi 3-sonida tuman ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar va dolzarb mavzular keng yoritilgan. Gazetada ijtimoiy himoya, ta’lim, sport, ekologik tashabbuslar va madaniy merosga oid maqolalar o‘rin olgan.

🔹Ayollar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar batafsil tahlil qilinadi. "Ayollar daftari" loyihasi doirasida minglab ayollarga yordam ko‘rsatilgani va ularning turli sohalarda qo‘llab-quvvatlangani alohida e’tirof etiladi.

🔹Millatlararo do‘stlik va ta’lim yo‘nalishidagi islohotlar, xususan, qozoq maktablarining faoliyati va milliy madaniyatni saqlashdagi roli ijobiy yoritilgan.

🔹Yoshlar sporti bo‘yicha o‘tkazilgan "Umid nihollari" musobaqalaridagi yutuqlar, stol tennisi va shaxmat musobaqalari natijalari keng o‘quvchilar e’tiboriga havola etilgan.

🔹Ekologik mavzularda "Yashil makon" loyihasi va uning doirasida amalga oshirilgan ishlar bayon qilingan. Daraxtlarni parvarish qilish va yashil muhitni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

🔹Mazkur son dolzarb va mazmunan boy bo‘lib, o‘quvchilar uchun muhim axborot manbayi hisoblanadi.

🔹Gazetada yoritilgan mavzular tuman hayotining turli jabhalarini qamrab olib, o‘quvchilarning ma’naviy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Bo‘stonliq tumanida noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

🔴Shu kunlarda “Xo‘jakent”, “Fazogir”, “Do‘stlik”, “Chinor”, “Xumson” mahal­lalaridan o‘tuvchi asosiy yo‘l yo­qalarida ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar davomida noqonuniy qurilmalar aniqlanib, ularni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda hamda bunday tadbirlar tumanimizning “Daxana”, “Ma’rifat”, “Navro‘z”, “Markaziy”, “S.Raximov”, “G‘azalkent”, “Chimgan”, “Tolebi”, “Obod”, “Tovoqsoy”, “Iskandar”, “Barraj”, “Qoranqul”, “Novobod” va boshqa mahallalarda bosqichma-bosqich davom ettirilishini ma’lum qilamiz.

Tumanimiz aholisi va tadbirkorlari!

❗️Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb yerlarni o‘zboshimchalik  egallab olmaslikni, pala-partish va poydevorsiz qurilishlar qilmaslikni, ixtiyoriy ravishda mavjud hujjatsiz, noqonuniy qurilgan bino va inshootlarni bartaraf etishingizni so‘rab qolamiz.

❗️Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jumladan, noqonuniy qurilmalar qurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi 3-bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 mln), noqonuniy yer maydonini sim to‘siqlar bilan egallab olish va yengil konstruksiyalar o‘rnatish bazaviy hisoblash miqdorining 30 bara­vari (11.250 mln), yuridik shaxs­larga esa ikki baravari miqdorida jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🔹Tuman hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofi va unga tutash fermer xo‘jaliklari yerlari hamda xonadonlarning tomorqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Obodonlashtirish ishlari davomida qurigan daraxt va butalar kesilib, ariqlar tozalamoqda. Devorlar oqlanib, aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinmoqda hamda hudud chiqindilardan tozalanmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹“Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan tomonidan “Tolebi” MFY hududidan o‘tgan temir yo‘l yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil qilinib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish uchun 800 metr uzunlikda transheya qazilib, joylar hozirlanmoqda.

🔹Mazkur tashabbus tabiatni asrash, havo tozaligini ta’minlash va ekologiya muvozanatini saqlashga qaratilgan. Bu hududda turli manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular kelgusida mahalliy aholiga qulaylik va soyali maskan hadya etadi. Shuningdek, mazkur hudud poytaxtga yaqin joylashganligi sababli, u turistik yo‘nalish uchun ham ahamiyatli.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🌳Tuman hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofi va unga tutash fermer xo‘jaliklari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Tuman hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofi va unga tutash fermer xo‘jaliklari yerlari hamda xonadonlarning tomorqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Obodonlashtirish ishlari davomida qurigan daraxt va butalar kesilib, ariqlar tozalamoqda. Devorlar oqlanib, aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinmoqda hamda hudud chiqindilardan tozalanmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Zokirov boshchiligida “Nanay”, “Yakkatut”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Chimgan”, “Besh-tut” MFYlarida sodir etilgan jinoyat va ularning kelib chiqish sabablari, imkon beruvchi omillarni bartaraf etishga bag‘ishlangan muhokama muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda jinoyatchilik va oilalardagi nizolarni oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish va bu borada profilaktika inspektorlari, mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar hamjihatlikda harakat qilishi lozimligi ta’kidlanib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram