Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.56K subscribers
29.7K photos
3.61K videos
9 files
10.9K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi


🔔Bugun respublikamizda bo‘lgani singari, tumandagi barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi.

🔹Xususan, sektor rahbarlari boshchiligidagi mutasaddilar, bitiruvchilarini tabriklash maqsadida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdilar. Fidokorona mehnatlari uchun o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

📝Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda tumanimizdagi 56 ta umumta’lim maktabini 1 ming 669 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ulardan 75 nafari muddatidan avval oliy o‘quv yurtlari talabasi bo‘ldi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

🔔Yuqoridagi fotolavhalarda 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri.

Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Qurbonov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

🔔Bugun Bo‘stonliq tumanidagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🔹Tumandagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi va murabbiylar bu yil maktabni tamomlayotgan bitiruvchilarni katta hayotga kuzatishmoqda.

🔹Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Ismoilova Kamola Valijonovna ishtirok etib barcha bitiruvchilarni bugungi kun bilan tabriklab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotganida zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

🔹Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

🔹"So‘nggi qo‘ng‘iroq...". Bu jumla har ko‘ngilda o‘zgacha jaranglaydi, ayniqsa, bitiruvchilar qalbida.  Har birimizning hayotimizda «so‘nggi qo‘ng‘iroq» o‘zgacha his-tuyg‘ularni junbishga keltiradi.

🔹Sir emaski, bugun «Yangi O‘zbekiston — maktab ostonasidan boshlanadi» degan shior asosida maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi. Bugun maktab bo‘sag‘asini tark etayotgan yoshlarimizning kelgusi mustaqil hayoti, bilim olib kasb tanlashi uchun kerakli sharoitlar yaratilgan va bu jarayon davom etmoqda.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigi yoshlarimizga berilayotgan e’tiborning yana bir amaliy va tarixiy isboti bo‘ldi. Yoshlar yurtning nufuzi, ishongan kuchi, taraqqiyot mezoni, kelajak timsoliga aylanib ulgurganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

🔹Bugun, 25-may kuni tumanimizdagi barcha umumta’lim muassasalarining bitiruvchi o‘quvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.

🔹Aytish joizki, Bo‘stonliq tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 56 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 53 tasi umumta’lim maktabi, 2 ta IDUM, 1 ta yordamchi va maxsus maktab internati, 1 ta "Barkamol avlod" ijodiyot maktablarida  o‘quvchiga mahoratli pedagog-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqdalar.

🔹Joriy 2023-2024-o‘quv yilida maktablarda 11-sinfni 1 ming 669 nafar, 9-sinfni 3 ming  54 nafar bitiruvchilar  yakunladi. Bitiruvchilarning 65 nafari oltin medal, 11 nafari kumush medal hamda 127 nafar 9-sinf bitiruvchilari maktabni qizil shahodatnomaga tamomladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

🔹Bugungi kunda chet tillarini mustaqil o‘rganish, xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan hamda xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga mo‘ljallangan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanida 13 536 nafar yoshlar foydalanib kelmoqda, shundan bu yoshlarning 1741 nafari “Ibrat Academy” mobil ilovasi orqali xorijiy til sertifikatlarini oldi.

🔹Xususan, bugun 25-may – So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarimiz salmog‘i ko‘proq qismni tashkil qilgan ta’lim muassasalarining xorijiy til va fan o‘qituvchilariga Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram