Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.53K subscribers
29.4K photos
3.59K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Sport_tadbiri

Jurnalist va blogerlar o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkaziladi

Toshkent viloyatida jurnalist va blogerlar, vayner, youtuber, tik-tokerlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Toshkent viloyati hokimligi hamda Sport vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan musobaqa tashkiliy qo‘mitasining dastlabki yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilarni saralash hamda musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish masalalari yuzasidan takliflar tinglandi.

Mazkur musobaqa 27 mart kuni Nurafshon shahridagi markaziy o‘yingohda o‘tkaziladi. Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Bog‘lanish uchun: +998 90 903 39 94.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte