#kadastr_pasporti
Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak❓
📃 Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.
🫂 Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.
👨💻 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.
🕗 Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
🌍 Web-site | ✅ Telegram | 💬 Facebook |📸 Instagram
Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM