Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.52K subscribers
29.2K photos
3.57K videos
9 files
10.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Hokim_qarori

"CHORVOQ" TURISTIK-REKREATSION ZONASI DIREKSIYASI UCHUN YANGI BINO QURILADI

Boʻstonliq tumani "Xoʻjakent" MFY, "Chorvoq GES kaskadi" massivi 60-konturida joylashgan 2,5 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydoni "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi DUKga maʼmuriy bino qurish uchun, doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shu bilan birga, mazkur ajratilgan yer maydonida quriladigan bino atrofida yashil hudud tashkil etilishi belgilangan.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA MUKOFOTI 100 MILLION SOʻM MIQDORDAGI "YONGʻIN XAVFSIZLIGI AʼLOCHISI" TANLOVI OʻTKAZILADI

2024-yildan boshlab har yili "Yongʻindan ogohlik" umummilliy kompaniyasi doirasida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida "Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi" tanlovi oʻtkazib boriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Mazkur tanlov gʻolibiga 100 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi hamda uning faoliyati ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmasligi kafolatlanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA IHOTA DARAXTZORLARI BARPO ETILADI

Toshkent viloyatida 2024-2026-yillarda ihota daraxtzorlarini barpo etish choralari ko‘riladi. Bunda, ko‘chatlar ekilishi ko‘zda tutilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xatlovdan o‘tkazilib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyiha-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori imzolandi.

2024-yildan boshlab yomg‘ir suvlarini to‘plash uchun membrana (rezervuar)lar tashkil etish hamda zamonaviy suv resurslarini tejash uslublari orqali daraxt va butalarni sug‘orish tizimini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA KARTOSHKACHILIKKA IXTISOSLASHGAN ZAMONAVIY ISSIQXONA VA SOVITKICHLI OMBORXONA QURILADI

Viloyatda sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining "In-vitro" laboratoriyasida kartoshka urugʻchiligining toʻliq siklini yoʻlga qoʻyish, mahsulotning yuqori avlodli urugʻliklarini yetishtirish hajmini oshirish, ularni ekishga tayyorlash hamda saqlash maqsadida, zamonaviy issiqxona va sovitkichli omborxona qurish, uskuna va texnikalarni yangilash loyihasi amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

2024-yildan boshlab viloyatda kartoshkaning superelita, yuqori avlodli urugʻliklari yetishtiriladi va naʼmunali tomorqa yer egalari hamda dehqon xoʻjaliklariga 0,1 gektar maydon uchun 300 kilogrammdan tarqatiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

VILOYATNING 17 TA SHAHAR VA TUMAN HOKIMLIKLARIGA "YASHIL BOGʻ" BARPO ETISH UCHUN YER MAYDONLARI AJRATILDI

Toshkent viloyatining shahar va tuman hokimliklari tomonidan "yashil bogʻ" barpo etish uchun 20,68 gektar yer maydonlari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori imzolandi.

Shuningdek, ajratilgan yer maydonlari hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda sugʻorish tizimlarini barpo etishni tashkil qilish koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

ENDI "OPEN BUDGET" PORTALIDA BOGʻ YARATISH UCHUN HAM ISHTIROK ETISH MUMKIN

Prezidentimizning "Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoniga muvofiq, endilikda Toshkent viloyatida ham davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish uchun "Open byudjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan "Mening bog‘im" loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Bunda aholi tashabbusi bilan "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda, qiymati 250 million so‘mdan oshmagan tashabbuslar bildirilishi hamda "Mening bog‘im" loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Viloyat mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi tashkil etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek qarorda, kengash a'zolari tarkibi hamda bajaradigan vazifalari keltirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarida ijara to'lovi narxlari o'zgardi

Toshkent viloyatidagi bozor va savdo komplekslari ma'muriyati tomonidan 2024-yilda undirib olinadigan bir martalik yig'imlar, ijara to'lovlari va ko'rsatilgan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari joriy etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, xalq iste'moli mollari, poliz ekinlari, gul va ko'chatlar, idishli hamda o'ramli tovarlar sotishda belgilangan savdo o'rinlarining hajmi va narxlari tasdiqlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Koʻp qavatli uylarga quyosh panellari oʻrnatiladi

Yangi foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlarining boʻsh qismini kamida 50 foizida quyosh panellari oʻrnatiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek qarorda, 2024-yilning 1-fevralidan "Yashil energiya" axborot tizimi toʻliq funksional rejimda ishga tushirilishi va hududlarda oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisoboti kiritib borilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Ekologiya sofligini taʼminlash borasida bir qancha tartiblar joriy qilindi.. Obodonlashtirish sohasi ishchilari farzandlariga kontrakt toʻlovi toʻlab beriladi

Endilikda avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini tasvirga olish dasturiy-texnik vositalari fuqarolar tomonidan chiqindi tashlash holatlarini ham qayd etadi va bu tegishli tartibda jarimalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Yaʼni, "Xavfsiz shahar" integratsiyalangan tizimi doirasida kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari boʻyicha ishchilari xizmatlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, ularga har oy 100 tadan velosiped ajratilishi va boshqa mukofotlar berib borilishini yoʻlga qoʻyish belgilandi.

Shu bilan birga, yuqoridagi sohalarda har yili kamida 10 yil sadoqatli xizmat koʻrsatgan xodimlar uchun "Tabiat uygʻunligi himoyachisi" tanlovi oʻtkaziladi hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktning toʻliq summasi toʻlab beriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Yangi ish oʻrinlari yaratilib, aholi bandligi taʼminlanadi

2024-yilda aholining doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini taʼminlash, yirik va hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, qurilish kabi sohalarni yanada rivojlantirish hisobiga aholini doimiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini taʼminlash belgilandi.

Endilikda ijtimoiy soliq toʻlayotgan oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar uchun "Biznesga birinchi qadam" bank kartalari orqali 5 million soʻmgacha miqdorda 1 yil muddatgacha mikroqarzlar berilishi mumkin.

Kamida 6 oy faoliyat yuritgan va bank kartalarida pul aylanmalarini amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratiladi. Mazkur tadbirlarni moliyalashtirish uchun joriy yilda tijorat banklari tomonidan 1 trillion soʻm, shu jumladan "Uzmilliybank" AJ tomonidan 100 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.

Mazkur onlayn auksion savdolari orqali olingan yerlar 30 yil muddatga ijaraga beriladi va bunda boshlangʻich narx yer maydonining normativ qiymati miqdorida belgilanadi.

Savdoda gʻoliblarga yer maydoni narxini 3 yil muddatda har oyda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, dehqon xoʻjaligi, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da roʻyxatda turuvchi fuqarolarga yer maydoni narxini 5 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida, 2024-yilning 1-mart sanasiga qadar Toshkent viloyatida 1 263,1 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Viloyatda toʻsiqsiz turizm infratuzilmasi rivojlantiriladi

Endilikda turistik industriya obyektlari, madaniyat tashkilotlari va madaniy meros obyektlari, shu jumladan muzey, teatr va joylashtirish vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning bemalol harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

2024-yildan boshlab nogironligi boʻlganlar fuqarolarning madaniy meros obyektlarida toʻsiqsiz harakatlanishi uchun ularga pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlari oʻrnatiladi, Brayl alifbosi joylashtiriladi.

Shuningdek, ayrim mehmonxonalarning kamida 3 ta xonasi nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanadi hamda ularning eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatiladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlarida qulay sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Joriy yil 1-maydan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida belgilanadi.

Nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlashni toʻxtatmagan holda, 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati berildi.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Boʻstonliq tumani hududida davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan jami 36,58 gektar yer maydoni ""Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" DUKga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur ajratilgan yer maydonlarida turizm obyektlari qurilishi belgilangan.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Hokim_qarori

Mudofaa vazirligiga Bo'stonliq tumani, "Nanay" MFY hududida 10354, 10363-konturidagi davlat zaxirasidagi 500 gektar yer maydoni ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Ajratilgan mazkur yer maydonida "Mudofaa vazirligi bog'i" barpo etilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Boʻstonliq_tumani
#Hokim_qarori

🔹Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 29-apreldagi VI-116-82-10-136-K/24-sonli qarori hamda Bo‘stonliq tumani hokimining tegishli farmoyishiga asosan Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2024-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ijtimoiy soha yo‘nalishida bir qator ishlarni amalga oshirish uchun jami 1 milliard 24 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.

📝Jumladan:

“Dumaloq” MFY hududidagi “Istiqlol” madaniyat markazini joriy ta’mirlash, zamonaviy o‘rindiqlar va uskunalar bilan jihozlash xarajatlari uchun 874 million so‘m;

“Sidqiy Xondoyliqiy” MFY hududida “Sidqiy Xondoyliqiy” kutubxonasini tashkil qilish uchun zaruriy mebellar, kitob va o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash uchun 150 million so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram