Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.51K subscribers
29.3K photos
3.58K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

📣Mamnuniyat bilan Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Bunga ko‘ra,
1️⃣bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 - 06.08.2023 davomida;
2️⃣bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 - 26.08.2023 davomida;
3️⃣bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 - 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

🔆Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

🟣Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

РУС | ENG

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈Tashabbusli budjet”ning joriy yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish 27-avgustdan boshlanadi

“Ochiq budjet portali orqali kiritilgan takliflarga quyidagi tartibda ovoz beriladi:

1️⃣ Openbudget.uz saytiga kiriladi;
2️⃣ Tashabbusli budjet boʻlimi tanlanadi;
3️⃣ “Ovoz berish” tugmasi bosiladi;
4️⃣ Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
5️⃣ “SMS orqali” tugmasi tanlanadi;
6️⃣ Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
7️⃣SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi;
8️⃣ mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi.

🗳 Ovoz berish jarayonlari 27-avgustdan 16-sentabrga qadar davom etadi.

Sizning ovozingiz muhim ekanligini unutmang. Oʻzingiz munosib deb topgan loyihaga ovoz bering!

#tashabbusli_budjet #open_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Mahallangizni yanada yaxshilashni xohlaysizmi? Hududingizga qanday loyihalar kerakligini bilasizmi? Oʻz tashabbusingizni namoyon qilishga tayyormisiz?

Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumida ishtirok eting!

🗓Tashabbusingizni 1–20-fevral kunlari ilgari suring va mart oyida eng yaxshi loyihalarga ovoz bering.

Tashabbusli budjet” — bu sizning ovozingiz, tanlovingiz va mahallangiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⚡️“Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etiladi

Fuqarolarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda “Tashabbusli budjet” jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunga ko‘ra, endilikda:

1️⃣Tashabbusli budjet” jarayonlari “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili asosida o‘tkazilishi;
2️⃣Mening yo‘lim” loyihasi har yili Tashabbusli budjetjarayonining birinchi mavsumi bilan birlashtirilgan holda o‘tkazilishi belgilanmoqda.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

📣Joriy yil 10-iyun sanasidan boshlab yangi “Mening bogʻim” loyihasiga start berilganligini maʼlum qilamiz.

Jarayon quyidagi 3 ta bosqichda oʻtkaziladi:

1️⃣ Taklif kiritish (10-iyundan – 20-iyungacha);

2️⃣ Saralash (20-iyundan – 23-iyungacha);

3️⃣Ovoz berish (23-iyundan – 3-iyulgacha).

Tashabbus koʻrsating, gʻolib boʻling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Ovoz berish jarayoni boshlanishiga 4 kun qoldi!

⌛️ Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida ovoz berish bosqichiga 4 kundan keyin start beriladi.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish bosqichi 22-avgustdan 1-sentabrga qadar — 10 kun davomida oʻtkaziladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi!

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

📣 Barcha tashabbuskorlarga omad tilaymiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#tashabbusli_budjet

O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan
tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan takliflarning moliyalashtirilishi yuzasidan 2024-yil 4-chorak hisoboti.

👉 Batafsil

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠 Tashabbusli budjet” jarayoniga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

📄 Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, har yili tuman va shahar budjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

➡️ Batafsil

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM