Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.53K subscribers
29.9K photos
3.63K videos
9 files
11K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#mutolaa

🔹“Bo‘stonliq ovozi” gazetasining 2025-yil 15-fevraldagi 4-sonida tuman ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid dolzarb masalalar keng yoritilgan.

🔹Ta’lim va yoshlar siyosati bo‘yicha maqolalarda al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining tuman bosqichi va uning yoshlar bilimini sinashdagi ahamiyati alohida qayd etilgan. “Yoshlar daftari” loyihasi orqali yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yordam ko‘rsatish borasida bajarilgan ishlar muhim natijalar bergani ko‘rsatilgan.

🔹Turizm va ta’lim integratsiyasi sohasida Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumi faoliyati diqqat markazida bo‘ldi. Texnikumning dual ta’lim tizimi, Shvetsariya bilan hamkorlikda olib borilayotgan dasturlar va bitiruvchilarning yutuqlari ushbu yo‘nalishdagi yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

🔹Gazetada Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan ochiq darslar va madaniy tadbirlar, yosh avlodning ma’naviy tarbiyasida muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan.

🔹Ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Tuman hududidagi temir yo‘l atrofida daraxt ko‘chatlari ekilishi va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan obodonlashtirish ishlari aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

🔹Shuningdek, gazetada 2025-yilgi harbiy xizmatga chaqiruv jarayonlari, yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini oshirishga qaratilgan ishlar va harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar haqida xabar berilgan.

🔹“Bo‘stonliq ovozi” tumandagi turli jabhalardagi o‘zgarishlar va tashabbuslarni o‘zida aks ettirib, mahalliy aholi uchun muhim axborot manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🔹Bo‘stonliq tumanida yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda fikr va tashabbuslarini tinglash maqsadida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda tuman hokimi J.Axmedov, tuman prokurori I.Qambarov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Boymirzayev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

🔹Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarga o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida faollik ko‘rsatish, tashabbuskor bo‘lish hamda bilim va tajribalarini oshirishga intilish lozimligini ta’kidladi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik qilish uchun imtiyozlardan foydalanish, oliy ta’lim shartnoma to‘lovlarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish, ijtimoiy muammolarni hal etish kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Tuman hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofi va unga tutash fermer xo‘jaliklari yerlari hamda xonadonlarning tomorqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Obodonlashtirish ishlari davomida qurigan daraxt va butalar kesilib, ariqlar tozalamoqda. Devorlar oqlanib, aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

🔹Bugun tuman sektor rahbarlari ushbu manzillarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov “Obod” MFY hududida yangitdan bunyod etilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Yangi ta’lim muassasasi hududdagi bolalar uchun sifatli ta’limni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, hozirda uning qurilish ishlari yakunlanish bosqichiga yetgan.

🔹O‘rganish davomida tuman hokimi qurilish jarayonlarining holatini batafsil tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha pudrat tashkiloti hamda mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

🔹Yangi tashkilot zamonaviy uslublarda qurilgan bo‘lib, bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#muhokama

🔹Tuman hokimi o‘rinbosari X.Abduyusupov boshchiligida “Qoramozor”, “Ma’rifat” mahallalarida sodir etilgan jinoyat va ularning kelib chiqish sabablari, imkon beruvchi omillarni bartaraf etishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda jinoyatchilik va oilalardagi nizolarni oldini olishda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🔹Burchmulla qishlog‘i o‘zining boy tarixi, o‘ziga xos go‘zal tabiati bilan ajralib turadi.

🔹“Nurafshon” telekanali “Lakatsiya sari” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Burchmulla qishlog‘i haqida so‘z yuritiladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov joriy ta’mirlash ishlari yakunlanish bosqichiga yetgan “Dumaloq” MFY hududidagi “Istiqlol” madaniyat markazi va “Markaziy” MFY hududida joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

🔹O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining holati, bajarilgan ishlarning sifati va belgilangan me’yorlarga mosligi yuzasidan batafsil tahlil qilinib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha pudrat tashkilotiga va mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Shu kunlarda tuman hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofi va unga tutash fermer xo‘jaliklari yerlari hamda xonadonlarning tomorqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Xususan, qurigan daraxt va butalar kesilib, ariqlar tozalamoqda. Devorlar oqlanib, aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

🔹Bugun tuman prokurori I.Qambarov ushbu manzillarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Shu kunlarda tumanimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌳Xususan, “Toshkentyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “G‘azalkent” MFY hududining asosiy yo‘l yoqalariga 1 500 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

🌳Bu tadbirlar tumanning ekologik holatini va havo sifatini yaxshilash, yashil makonlarni kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik A. Boymirzayev boshchiligida "S.Xondoyliqiy" mahallasida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda imkon beruvchi omillarni bartaraf etishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, aholining muammolarini tinglash, murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Uchrashuv davomida jinoyatchilik va oilaviy nizolarni oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlari hamda mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning ushbu jarayonda hamjihatlikda harakat qilishining muhimligi ta’kidlandi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

🔹Shundan so‘ng, mahalla fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

🔹Shu kunning o‘zida "Talpin" MFYda yoshlar bilan ham uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu uchrashuvlar mahalla fuqarolarining huquqiy madaniyatini oshirish va yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram