Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.53K subscribers
29.4K photos
3.59K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bo‘stonliq tumani bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5040-sonli qarori ijrosi doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini tahlil qilinib, xodimlarning ma’naviy salohiyatini oshirish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan ishlar baholandi. O‘rganish davomida tashkilotlarda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning sifati va qamrovini oshirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

🔹Ushbu jarayon ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xodimlarning ruhiy va madaniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#sarhisob_2024

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori doirasida Bo‘stonliq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2024-yilda aholiga manzilli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

🔹Yil davomida mahalla yettiligining kollegial qarori asosida 646 ta oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 1,5 mlrd so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.

📝Xususan:

dori-darmon uchun 413 ta oilaga 575,9 mln so‘m;

og‘ir kasalliklar davolanishi uchun 200 ta oilaga 787,4 mln so‘m;

kiyim-kechak va zarur vositalar uchun 13 ta oilaga 21,7 mln so‘m;

oziq-ovqat uchun 3 ta oilaga 1,4 mln so‘m;

uy-joy ta’miri uchun 15 ta oilaga 115,8 mln so‘m;

kommunal xarajatlar uchun 2 ta oilaga 555 ming so‘m.

Bu yordamlar aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.


Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

Boʻstonliq tumani aholisi diqqatiga❗️

🔴Tumanda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida 7/24 soat ish rejimida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:

🏢
Boʻstonliq tumani markaziy shtabi;
☎️
(70-74)20-050 (24 soat)
Shtab rahbari –
Boʻstonliq tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Akmaljon Rixsitillayev;
☎️ Tel:
(98)116-47-44

🏫
Boʻstonliq tumani uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi  boshligʻi Xasan Shermatov;
📱 Tel:
(97)771-56-69
🏫 "Titan Maxima" boshqaruv servis kompaniyasi rahbari 
📱 Tel:
(91)137-25-25

🔥
Boʻstonliq tumani Gaz taʼminoti filiali boshligʻi Akmal Abdulxayev;
📱 Tel:
(98)363-74-78, (97)616-07-01 (bosh muhandis)
☎️ Tel: 104,
(70-74)21-770 (dispetcher)

⚡️
Boʻstonliq tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi Qurbonali Sidiqov;
📱 Tel:
(97)716-85-19, (99)855-38-58 (bosh muhandis)
☎️ Tel:
(70-74)28-610, (70-74)21-921 (dispetcher)

🚰
Boʻstonliq tumani Suv taʼminoti boshligʻi Jalol Ermetov;
📱 Tel:
(99)349-99-91, (94)930-17-71 (bosh muhandis)
☎️ Tel:
(70-74)22-456 (dispetcher)

🏫
Boʻstonliq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Ibroxim Izzatulloyev;
📱 Tel:
(94)922-50-70
🏫 MMTB Maxsus-ta'mirlash ekspluatatsiya boʻlimi boshligʻi Axror Joʻrayev
📱Tel:
(97)616-69-86
☎️ Tel:
(70-74)22-834 (dispetcher)

🚑
Boʻstonliq tumani Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Rustam Unarov;
📱 Tel:
(99)997-28-61
☎️ Tel: 103,
(99)300-09-75 (dispetcher)

🚒
Boʻstonliq tumani Ixtisoslashgan koʻp tarmoqli boshqarmasi boshligʻi Shukurulla Isaboyev;
📱 Tel:
(98)115-39-38, (93)650-13-02
☎️ Tel: 101, 1050,
(70)700-04-02 (dispetcher)

🚓
Boʻstonliq tumani IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Akbarjon Utegenov;
📱 Tel:
(99)409-73-61
☎️ Tel: 102,
(70-74)22-361.

📨
Boʻstonliq tumani hokimligiga murojaat: @hokimiyatga_murojatbot

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

"CHINORKENT” TEMIR YO‘L BEKATI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


🔹Davlatimiz rahbarining Bo‘stonliq tumaniga qilgan tashriflari davomida, ushbu hududda turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlarga transport xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish borasida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.

🔹Xususan, 2024-yil dekabr oyida Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Xo‘jakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temir yo‘l qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temir yo‘l bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.

🔹Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirg‘anishga qarshi plitalar o‘rnatildi hamda yo‘lovchilar uchun yer osti tunneli barpo etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#seminar

“Kambag‘allikdan farovonlik” sari

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi “Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 892-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 2-sonli kasb-hunar maktabida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi A.Nosirov, tuman hokimi o‘rinbosari X.Abduyusupov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi A.Rismetova. tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Nigmatillayev, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ashurov hamda tumandagi 59 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan uch nafardan tanlab olingan katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan faol nuroniylar ishtirok etdi.

🔹Tadbirda kambag‘al oilalarga biriktirilgan faol nuroniylarga qarorlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tegishli tushunchalar berib, ushbu borada joylarda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Markaziy bankning Toshkent viloyat bosh boshqarmasi xodimi M.Abduxalilov boshchiligida “Mikrokreditbank” ATB G‘azalkent BXO, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB G‘azalkent 2-toifali BXM, “O‘zmilliybank” AJ G‘azalkent BXO, AT Xalq bank Bo‘stonliq BXM mas’ullari ishtirokida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bank faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha muammolarni hal etishga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

🔹Mazkur uchrashuvlarda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Sarhisob_2024

🔹Tumanda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish borasida 2024-yil davomida tizimli ishlar amalga oshirildi.

🔹Xususan, yoshlar yetakchilari tomonidan xatlov va o‘rganishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga 558 nafar yoshlar kiritilib, davlat ko‘magi bilan turli yordamlar ko‘rsatildi.

👉Batafsil

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bo‘stonliq tumani "Markaziy" mahalla fuqarolar yig‘inida yana bir zamonaviy ta’lim muassasasi – xususiy “Qo‘ng‘iroqcha” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur muassasa 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, rus va ingliz tili to‘garaklarining yo‘lga qo‘yilgani bolajonlarning kelajakda til o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin yaratadi.

🔹Tashkilotning ochilish marosimida tuman hokimligi bosh mutaxassisi F. Yuldashev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I. Izzatulloyev, sohaga mas’ul mutasaddilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari muassasaning ichki va tashqi sharoitlari bilan yaqindan tanishib, ta’lim va tarbiya jarayonlari uchun yaratilgan qulayliklarni yuqori baholashdi.

🔹Bu kabi zamonaviy muassasalar maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bilan birga, hudud aholisining farzandlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Tibbiy_koʻrik

🩺Bo‘stonliq tumani hokimligi xodimlari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#mutolaa

Sevimli gazetangizning yangi soni e’tiboringizga havola etilmoqda

🔹"Bo‘stonliq ovozi" gazetasining 2025-yildagi 1-soni tuman hayotidagi muhim voqealarni yoritib, jamiyat rivojiga qaratilgan turli tashabbuslarni o‘zida aks ettirgan. Gazetada tibbiy xizmatlarni yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi salomatligini ta’minlashga oid yutuqlar haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, "Chorbog‘" oilaviy shifokorlik punktining yangilanishi va zamonaviy texnika bilan ta’minlanishi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini kengaytirgan.

🔹Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus sport bazasi qurilishi rejalashtirilgani ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi muhim qadam sifatida yoritilgan.

🔹Gazetada "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar yoshlarda milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini shakllantirishga xizmat qilgani ta’kidlangan. Notiqlik madaniyati va pedagoglarning o‘z nutqini aniq va ta’sirli yetkazish qobiliyatiga oid maqola esa ta’lim jarayonida nutq madaniyatining qanchalik muhim ekanini ochib bergan.

🔹Gazetada Vladimir Jonibekovning kosmik parvozlari va uning tarixiy ahamiyati ham eslatilgan. Bu kabi voqealar yosh avlodni ilhomlantirish va ularning kelajakdagi maqsadlariga erishish istagini kuchaytirishga yordam beradi.

🔹Umuman olganda, gazeta ijtimoiy ahamiyatli mavzularni qamrab olib, mahalliy dolzarb masalalarni yoritgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram