#xorijiy_tajriba
#onlayn_seminar
🟢 Joriy yilning 21-25-avgust kunlari mahallalardagi hokim yordamchilari uchun “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha Xitoy tajribasi” mavzusiga bagʻishlangan onlayn seminar oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bugun Boʻstonliq tumanidagi 59 ta mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari ishtirokida ushbu seminarning birinchi kun dasturidan oʻrin olgan maʼruzalar tinglanmoqda.
🟢 Oʻquv seminari davomida Xitoyning kambagʻallikni qisqartirish va rivojlanish borasidagi tarixi, yutuqlari va tajribasi, maqsadli kambagʻallikni qisqartirish va unga qarshi kurashish strategiyalari, Xitoyning rivojlanayotgan sanoat tarmoqlari orqali kambagʻallikka qarshi kurashish amaliyotlari, shuningdek, bandlik orqali kambagʻallikka qarshi kurashish amaliyotlari va siyosati yuzasidan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
🟢 Bundan tashqari, seminar dasturi davomida kambagʻallikni qisqartirish, bogʻdorchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish masalalariga toʻxtalib oʻtilishi koʻzda tutilgan.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍 Web-site | ✅ Telegram |💬 Facebook |📸 Instagram
#onlayn_seminar
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 21, 2023