Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.57K subscribers
29.6K photos
3.6K videos
9 files
10.9K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

🔹Toshkent viloyati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i A.Salimov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Turgunov hamda shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbirda inspeksiyaning shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilinib, ularga  soliq tizimining ichki mehnat tartibiga rioya qilish, yuklatilgan vazifalarni bajarishda halol va vijdonan yondashish, korrupsion holatlarga aralashmaslik hamda bu kabi salbiy holatlarni sodir etmaslik haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, 2025-yilga byudjetga jalb qilinishi kutilayotgan qo‘shimcha daromadlarni ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosini  ta’minlash hamda qo‘shimcha manbani aniqlash borasida tegishli topshiriqlar berilib, vazifalar  belgilanib olindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram