#sana
♾ Bugun – buyuk soʻz sanʼatkori, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Boʻlsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Yuz alarning ishqicha dardu, balou gʻussaga
Tolib ol boshiga qolgan mojaroda istangiz.
Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayndin,
Boxabar boʻlmoq meni yuzi qaroda istangiz.
Koʻnglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.
Nuqta yangligʻkim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq oʻtining dogʻini ahli vafoda istangiz.
Ogʻzi shavqidin Navoiy itti, oni istar el
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤
🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 📸 Instagram 💬 Facebook ✅ Twitter
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Boʻlsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Yuz alarning ishqicha dardu, balou gʻussaga
Tolib ol boshiga qolgan mojaroda istangiz.
Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayndin,
Boxabar boʻlmoq meni yuzi qaroda istangiz.
Koʻnglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.
Nuqta yangligʻkim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq oʻtining dogʻini ahli vafoda istangiz.
Ogʻzi shavqidin Navoiy itti, oni istar el
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana
#AlisherNavoiy583
9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g’azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. “Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyb 45 ming misradan iborat.
Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo’lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag’ishlagan. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o’z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko’makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo’lgan.
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning kadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.