Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Rasmiy_axborot
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda
Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev nutq soʻzladi.
Viloyat hokimi oʻz soʻzida Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalariga toʻxtaldi.
Xususan:
➖Tumandagi eng ogʻriqli muammo bu - toza ichimlik suvi. Joriy yili tuman aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlarga qariyb 3 milliard soʻm yoʻnaltirilgan. Qamrov qisqa fursatlarda 37 foizdan 75 foizga oʻzgarishi kutilmoqda. Umuman, Bekobod uchun respublika byudjetidan mablagʻ ajratishda muammo yoʻq.
➖Eksportyor korxonalar bilan ishlash, qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida qurilishi ishlari nazoratsiz qoldirilgan.
➖Suv uchun koʻrsatilgan xizmat, suv uchun aholi tomonidan toʻlovlarning atigi 32 foizi toʻlangan, xolos.
➖ Bekobodda 10 mingdan ziyod yigit-qiz chet elda, mehnat migranti. Ularni qaytarish, ish taklif qilish, Prezidentimizning 373-sonli qarori boʻyicha yer berish paysalga solinmoqda. Bu boradagi ishlarni qatʼiy nazorat qilish zarur. Bugun 85 gektar auksionga qoʻyilgan. Lekin, sotilmayapti. Sababi, suvsiz, qarovsiz yer sotuvga qoʻyilgan.
➖Tumanda 3271 nafar bola bogʻchaga bormaydi. Tumanning 25 ta mahallasida bolalar bogʻchasi yoʻq.
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1698 yoshlardan 977 nafariga yordam koʻrsatilgan, xolos. Bu borada viloyatda eng yomon koʻrsatkich Bekobod tumanida.
➖Tuman hokimi oʻtgan olti oyda atigi 6-marta sayyor qabul oʻtkazgan, unda 47 nafar fuqaro bilan gaplashgan. Natijada, viloyat, respublika idora va tashkilotlariga tuman aholisidan yuborilgan murojaatlar ikki karra ortgan.
➖Tumanda kadrlar qoʻnimsizligi ham muammo sifatida allaqachon yetilgan.
Tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish, investitsiya masalariga yetarlicha eʼtibor qaratmagani uchun Bekobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Xudoyberdiyev lavozimidan ozod qilindi.
Majlisda tumanda endilikda amalga oshirish lozim boʻlgan ishlar, vazifalar belgilab berildi.
Zoyir Mirzayev tomonidan tuman hokimi lavozimiga Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich nomzodi tavsiya qilindi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM