Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.73K subscribers
25.1K photos
2.85K videos
127 files
7.82K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Rasmiy #Bayonot #Murojaat
Бекобод тумани ҳокими Ф. А. Худойбердиев туман фуқароларини карантин қоидаларига қатъий амал қилишга чақирди:
"Хурматли фуқаролар, тумандошларим, ака - ука, опа - сингилларим, мен сизлардан карантин вақтида зарурат бўлмаган ҳолатларда кўчага чиқмаслигингизни, чиқадиган бўлсангиз тиббий ниқоб тақмаган ҳолатда ундан ташқари ўз уйингиздан 100 метр узоқ бўлган жойга бормаслигингизни, фарзандларингиз ва оила аъзоларингизнинг соғлигига беъэтибор бўлмаслигингизни, агарда соғлигингизда бирор ўзгариш бўлса тез тиббий ёрдамга мурожаат қилишингизни сўраб қоламан. Ўзингиз ва оила аъзоларингизнинг келажаги сизга боғлиқ. Шунинг учун Карантин қоидаларига амал қилинг".
Туман
ҳокими ўз мурожаатини якунлагач туманда карантин даврида амалга оширилаётган ишлар тўғрисида баёнот берди.
#Bayonot

Anomal ob-havo sharoitida mumtaʼlim maktablarida taʼlimni tashkil etish yuzasidan
bayonot

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʻrganildi, telefon orqali ularning fikrlari olindi.

Oʻrganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

11-yanvardan viloyat boʻyicha 77 ta maktabda dars boʻladi.

Ushbu maktablarning oʻquvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.

Boshqa umumtaʼlim maktablarida oʻqishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12-yanvardan bosqichma - bosqich boshlanadi.

Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar roʻyxati eʼlon qilinadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Баёнот

Аномал об-ҳаво шароитида мумтаълим мактабларида таълимни ташкил этиш юзасидан баёнот

Вилоят ҳокимининг топшириғига асосан, Тошкент вилоятидаги барча ҳудудларда ҳоким, мактаб директори ва маҳалла раислари билан мактаблардаги иссиқлик таъминоти ҳолати ўрганилди, телефон орқали уларнинг фикрлари олинди.

Ўрганиш ишлари кеча 23:00 да тугалланди. Қуйидаги якуний хулосага келинди:

11 январдан вилоят бўйича 77 та мактабда дарс бўлади.

Ушбу мактабларнинг ўқувчилари дарслар бошланиши ҳақида ота-оналар кенгаши орқали хабардор қилинган.

Бошқа умумтаълим мактабларида ўқишлар, мавжуд шароитларни инобатга олган ҳолда, 12 январдан босқичма - босқич бошланади.

Бугун соат 14:00 да эртадан бошлаб дарс бошланадиган бошқа мактаблар рўйхати эълон қилинади.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “210 mln soʻmlik shartnoma 2 mlrd soʻmga yetgan. Toshkent viloyati hokimligi qaysi xizmatga buncha xarajat qilgan?” sarlavhali maqola yuzasidan

Bugun Kun.uz saytida eʼlon qilingan “210 mln soʻmlik shartnoma 2 mlrd soʻmga yetgan. Toshkent viloyati hokimligi qaysi xizmatga buncha xarajat qilgan?” sarlavhali maqolada Toshkent viloyati hokimligi taʼsischiligidagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” MCHJga koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻtkazib berilgan mablagʻlar miqdori va sarfi tanqid qilingan.

Men ushbu sohaning bevosita rahbari sifatida 2 milliard soʻmdan ortiq summa piar uchun sarflangani haqidagi faktni tasdiqlay olmayman. Bu — notoʻgʻri maʼlumot. Toshkent viloyati hokimligi tashkiliy tuzilmasida 1 ta shtat birligidan iborat “Hokimning axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi” lavozimi mavjud, xolos.

Toshkent viloyati hokimining qaroriga koʻra, 2020-yil 16-yanvarda MCHJ tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat “Axborot xizmati guruhi” tashkil etilgan. Mazkur jamoa bevosita viloyat hayotini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ijtimoiy tarmoqlarda aholi murojaatlari bilan ishlashda viloyatdagi barcha boshqarma, korxona va tashkilotlarga, hokimliklar matbuot xizmatlariga yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Ularning 4 nafari texnik xodim (operator, fotograf, montajchi), 2 nafari jurnalist, 2 nafari SMM boʻyicha mutaxassis. Tashkilot oʻz xaridlari haqida “E xarid” onlayn platformasi orqali axborot berib boradi.

Alohida taʼkidlash joizki, ushbu mablagʻlar piar xizmati uchun uchinchi tomonga (biron veb-sayt yoki reklama agentligi hisobiga) oʻtkazilmagan. Mazkur mablagʻ xodimlar uchun ish haqi, texnik xizmat koʻrsatish, yangi texnikalar sotib olish maqsadlariga yoʻnaltirilgan. Ushbu tashkilotda jami 87 nafar ishchi-xodim, jumladan, dasturchilar faoliyat yuritadi va viloyat hokimligi, shahar-tumanlar hokimliklariga axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 2022-yil davomida ajratilgan mablagʻlar hisobidan viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti yangilandi, ayni paytda ishga tushirilish arafasida turibdi. Shuningdek, hokimlik, korxona va tashkilotlarda hujjat aylanish tizimini tubdan yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlashga oid uchta original dastur yaratildi. Xususan, “Xalq nazorati”, “Bitiruvchi” singari platformalar test rejimida ish boshladi, fevral oyidan toʻliq ishga tushiriladi.

Fevral oyining birinchi dekadasida (1-10-fevral oraligʻida) mazkur dasturiy mahsulotlar hamda viloyat hokimligining yangi rasmiy veb-sayti taqdimoti rejalashtirilgan. Mazkur taqdimot marosimi media-tur formatida tashkil etiladi hamda jurnalist-blogerlar taklif qilinadi. Anjumanda “Axborot kommunikatsilarini rivojlantirish markazi” MCHJ direktori mablagʻlar sarfi yuzasidan batafsil, asoslantirilgan rasmiy hisobot berishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi.

@Behzod_Qobulov