Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.73K subscribers
25.1K photos
2.85K videos
127 files
7.83K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar shaharchasi Shifohonaga ketish yo'lida axlathonani hozirgi holati iltimos kerakli tashkilotlar tozalab berishsin hidiga chidab bo'lmayapti deya Umarov Alisherning video murojaati yuzasidan Bekobod tumani hokimligining rasmiy munosabati:

Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga borish, Bo’ston mahallasidagi chiqindixona haqiqatdan ham chiqindilarga to’la bo’lib ayni damda Tozza xudud DUK tomonidan tozalab muammoni bartaraft etdi.

Shu o’rinda xurmatli tumandoshlar mayishi chiqindilar uchun tolovlarni o’z vaqtida to’lashingizni so’rab qolamiz!

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Rasmiy_axborot

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev nutq soʻzladi.

Viloyat hokimi oʻz soʻzida Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalariga toʻxtaldi.

Xususan:

Tumandagi eng ogʻriqli muammo bu - toza ichimlik suvi. Joriy yili tuman aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlarga qariyb 3 milliard soʻm yoʻnaltirilgan. Qamrov qisqa fursatlarda 37 foizdan 75 foizga oʻzgarishi kutilmoqda. Umuman, Bekobod uchun respublika byudjetidan mablagʻ ajratishda muammo yoʻq.

Eksportyor korxonalar bilan ishlash, qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida qurilishi ishlari nazoratsiz qoldirilgan.

Suv uchun koʻrsatilgan xizmat, suv uchun aholi tomonidan toʻlovlarning atigi 32 foizi toʻlangan, xolos.

Bekobodda 10 mingdan ziyod yigit-qiz chet elda, mehnat migranti. Ularni qaytarish, ish taklif qilish, Prezidentimizning 373-sonli qarori boʻyicha yer berish paysalga solinmoqda. Bu boradagi ishlarni qatʼiy nazorat qilish zarur. Bugun 85 gektar auksionga qoʻyilgan. Lekin, sotilmayapti. Sababi, suvsiz, qarovsiz yer sotuvga qoʻyilgan.

Tumanda 3271 nafar bola bogʻchaga bormaydi. Tumanning 25 ta mahallasida bolalar bogʻchasi yoʻq.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1698 yoshlardan 977 nafariga yordam koʻrsatilgan, xolos. Bu borada viloyatda eng yomon koʻrsatkich Bekobod tumanida.

Tuman hokimi oʻtgan olti oyda atigi 6-marta sayyor qabul oʻtkazgan, unda 47 nafar fuqaro bilan gaplashgan. Natijada, viloyat, respublika idora va tashkilotlariga tuman aholisidan yuborilgan murojaatlar ikki karra ortgan.

Tumanda kadrlar qoʻnimsizligi ham muammo sifatida allaqachon yetilgan.

Tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish, investitsiya masalariga yetarlicha eʼtibor qaratmagani uchun Bekobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Xudoyberdiyev lavozimidan ozod qilindi.

Majlisda tumanda endilikda amalga oshirish lozim boʻlgan ishlar, vazifalar belgilab berildi.

Zoyir Mirzayev tomonidan tuman hokimi lavozimiga Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich nomzodi tavsiya qilindi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Bekobod tumaniga hokim tayinlandi

Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich — Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Sh. Mirzayev 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004-yil Toshkent moliya instituti hamda 2007-yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshligʻining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani
#rasmiy

Tayinlov

⚡️ Xudayberdiyev Vaxid Ziyadullayevich.– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy Agentligining Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.


📍V.Xudayberdiyev 1986 yilda Bekobod tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yil Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti tamomlagan.

🔰Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi “Xamza” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokimning yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✍️Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#rasmiy

Viloyat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Alovitdin Xusnitdinovich Inagamov
—  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

A. Inagamov  1980-yilda  Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2009-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti   boʻyicha mutaxassisligi soliq va soliqqa tortish.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

NURONIYLARGA “MEHNAT FAXRIYSI” KOʻKRAK NISHONI TANTANALI TOPSHIRILDI

Oʻzbekiston Respublika Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis eti toʻgʻrisida“gi PQ-3133 sonli qaroriga asosan, Respublika ”Nuroniy" jamgʻarmasi Vasiy Kengashining Qaroriga koʻra, viloyatimizdagi bir guruh mehnat faxriylari va nuroniylar mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi. Bugun Nurafshon shahrida koʻkrak nishonlari oʻz egalariga tantanali surʼatda topshirildi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

“Yangi O’zbekiston” gazetasining 186-sonida Bekobod tumanining Pastki Kerayit mahallasida bundan 40 yil avval qad rostlashi lozim bo’lgan ikki qavatli bolalar bog’chasi binosi hali-hanuz bitmagani, bugungi kunda mazkur qurilish maydoni chiqindixonaga aylangani tanqid qilinganligi bo’yicha Bekobod tumani hokimligi axborot xizmatining rasmiy bayonoti.

Bekobod tumanining Pastki Kerayit mahallasida bundan 40 yil avval qad rostlashi lozim bo’lgan ikki qavatli bolalar bog’chasi binosi 2004-yili kolxoz tarqatilayotgan vaqtida auksion savdo orqali Gulzor mahallasida yashovchi A’zamov Nuriddin tomonidan sotib olingan bo’lib, bugungi kunda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni bilan bog’liq masalalar, ya'ni davlat kadastrlar palatasi tomonidan kadastr hujjatlari yaqinda rasmiylashtirilganligi, egalik huquqi masalasida yechim topmaganligi sababli binoda tadbirkolik faoliyati yo'lga qo'yilmagan. Natijada mazkur maydonga Pastki Kerayit mahalla aholisi tomonidan chiqindilar tashlangan. Bu borada tuman hokimi va tuman prokurori 2-sektor rahbari nazoratga olib aholi bilan uchrashib tushuntirish ishlari olib borildi. Ayni damda holat yuzasidan mazkur bino egasi A’zamov Nuridin bilan bog’lanilganda masala ijobiy hal etish bosqichiga kelib qolganligi aniqlandi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#rasmiy
#munosabat

Komporuz telegram kanali
orqali O’zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasiga, biz Toshkent viloyati Bekobod tumani ,,Achamayli,, mfy hududida yashaymiz. bizning mahallamizda Nomon xamda Alisher isimli shaxslar tomonidan sirdaryo daryosining qirg’og’idan noqonuniy qum va shag’al qazib olib kuniga 200 kamazga yakin mashinalarga ortib sotishmoqda deya qilingan murojaat bo’yicha Bekobod tumani hokimligi axborot xizmatining rasmiy munosabati:

👉
Batafsil havolada👈🏻

Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Rasmiy #Tayinlov

Xudoyberdiyev Furqat Abdusalomovich Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya Bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yigʻilishda eʼlon qildi.

F.Xudoyberdiyev 1979-yilda Boʻka tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2000-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar "Toshkentyoʻlkoʻkalam" unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani
#rasmiy_tayinlov

Bo’rixo’jayev Jalolxo’ja – Toshkent viloyati Bekobod tumani “Nuroniy” jamg’armasi raisi etib tayinlandi.

J. Bo’rixo’jayev 1951 yilda Bekobod tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1976 yil Toshkent xalq xo’jaligi instituti hamda 1985 yil Toshkent davlat universiteti tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati Bekobod tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Bekobod tumani boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida, hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTABga 2023 yil 12-dekabrdan 13-dekabrgacha tuman mahallalaridan kelib tushgan murojaatlar va ularning bartaraft etilishi yuzasidan Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy bayonoti.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Bekobod tumani boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida, hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraft etishga qaratilgan MAXSUS SHTABga 2023 yil 13-dekabrdan 14-dekabrgacha tuman mahallalaridan kelib tushgan murojaatlar va ularning bartaraft etilishi yuzasidan Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy bayonoti.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani
#rasmiy

⚡️ Kamolov Farxod Saydaminovich.– Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 85-sessiyasida saylandi.


📌F.Kamolov 1986 yilda Bekobod tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2009 y. Toshkent islom universitetini, 2013-2015 yillar O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi tamomlagan.

📄Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimligi moliya bo’limi “Mahalliy
byudjetni shakllantirish va byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash”
bo’limi boshlig’i-mudirning birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani
#rasmiy

Bobojonov Qobiljon Mamadiyevich – O’zbekiston mahallalari uyushmasi Bekobod tuman bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

📝Q.Bobojonov 1966-yilda Bekobod tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1989 yil Muqimiy nomli Qo’qon davlat pedagogika instituti tamomlagan.

📍Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Polsha Respublikasi Mazoviya voyevodligi (hokimligi) rahbari Adam Struzik bilan samarali muloqot va muzokara olib bordi.

Tomonlar oʻzaro aloqalarni tubdan yaxshilash borasida ikki tomonlama manfaatli takliflar borasida hamfikr ekanlarini bildirishdi.

Muloqot yakunida Zoyir Mirzayev Adam Struzikni Oʻzbekistonga taklif qildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Bekobod tumangaz rahbarining tuman aholisiga gaz tiklanganligi yuzasidan rasmiy bayonoti.
Tumanning Achamayli mahallasidan o’tgan gaz quvurlarida yuzaga kelgan nosozlik tumangaz hodimlari tomonidan bartaraf etilib gaz ta’minoti tiklandi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Rasmiy_bayonot

Xurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!

Bekobod tumani Mustaqillik, Parchayuz, Pastki kerayit hamda Yangixayot mahallalarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatildi. Sababi Mustaqillik mahllasidan o’tuvchi o’rta bosimli D-76 mmli gaz quvurida avariya sodir bo’lgan. Tuman gaz xodimlari o’rta bosimli D-76 mmli gaz quvuridagi nosozlikni bartaraf etgandan so’ng tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun tumangaz rahbariyati tabiiy gaz iste’molchilaridan uzur so’raydi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Rasmiy_munosabat

“Bekobod ovozi” gazetasining 13.04.2024 yildagi "E’tiborsizlikdan qutilamiz...mi?" deya chiqargan maqolasiga Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmatining
rasmiy munosabati.

“Bekobod ovozi” gazetasida Zafar shaharchasida avtoturargohlar yo’qligi, ”Mustaqillik” ko’chasidagi avtomobillar yo’l harakatiga halaqit qilayotgani, xususiy tadbirkorlarning sotuvga qo’yilgan mahsulotlari piyodalar yo’lagining ikki tomoniga qo’yilib, yo’lakdagi ahvol juda achinarli holatdaligi, shaharchada bozor yo’qligi tanqid qilingani aks etgan edi.

▶️Batafsil havolada👈

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#rasmiy

Tayinlov

⚡️Ergashxodjaev Sarvar Saidaanvarovich – Toshkent  viloyati  IIBB  uchinchi  mintaqaviy  hudud  Bekobod  tuman  IIB boshlig’i etib tayinlandi.

📌S.S.Ergashxodjaev 1982 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005 yilda IIV Akademiyasini  tamomlagan.

📄Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent  viloyati  Olmaliq shahar ichki ishlar bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari – Tezkor-qidiruv xizmati boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

kanalga ulashish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#rasmiy_munosabat

2024 yilning 24 dekabr kuni Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasida blogerlar bilan bo’lgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bekobod tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonaning Laboratoriya bo’limida, vrach laborant vazifasida faoliyat olib boruvchi xodimning xatti-harakatlari yuzasidan hozirda Toshkent viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan o’rganish ishlari yakuniga yetkazilgandan so’ng, xodimning xatti-harakatlarida noqonuniy holatlar aniqlansa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot taqdim etiladi.

O’rganish natijalari bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar rasmiy manbalarda yoritiladi.

Rasmiy sahifalar👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook