Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.5K photos
2.89K videos
127 files
7.97K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Recording #355.wav
19.4 MB
#ijtimoiy_bekat

🎼🎧🎼🎧🎼🎧🎼🎧🎼🎧🎼🎧


Muhammad Yusuf
🎙 Gulnoza Yo'ldosheva

IZHORI DIL


Ko‘hna tolbeshikdan
Boshlangan olam.
Senga iddaolar
Qilmay sevaman.
Bir kuni singlim, deb,
Bir kuni onam —
Vatan,
Kimligingni
Bilmay sevaman!..

To‘zg‘iydi to‘ningdan
Tortgan to‘ralar.
Kecha tuzingni yeb
Sotgan to‘ralar.
Endi pushaymonda,
Tuynik mo‘ralar —
Men sening
Yoningdan
Jilmay sevaman.

Menga yering suyuk,
Osmoning suyuk.
Boqsam, teng
To‘rttala
Tomoning suyuk.
Tovonimga kirgan
Tikoning suyuk —
Kaftdan
Zirapchang ham
Yulmay sevaman.

Cho‘ksang,
Tur, singlim deb,
Soching silayman.
So‘ksang,
Opam deyman,
Umring tilayman.
Sendan ranjimayman,
Gina qilmayman —
Xoh xo‘mray,
Xoh jilmay,
Birday sevaman.

Vatan —
Yuragimning
Olampanohi,
Bu dunyo
Bukri bir
Jiydangning shoxi!.
Ko‘zim yoshi bilan
Sug‘orib gohi
Ko‘ksimda o‘stirgan
Gulday sevaman.

Bu yorug‘ jahonda
Yo‘g‘u borimsan,
Tilimning ostida
Novvot-zarimsan.
Sen mening yagona
Payg‘ambarimsan,
Men Bilol,
Men Habash —
Qulday sevaman!..
#Ijtimoiy_bekat
#Sheriyat
#Kelajak_bunyodkorlari
#Iqtidorli_yoshlar_yurt_tayanchi

Kechirgin

Qushdek osmoningda parvona bo'lib
Bir qarich yeringa gul ekolmasam
Betob bo'lib qolsam gul kabi so'lib
Sening uchun xizmat qila olmasam
Vatanjon kechirgin, kechirgin Vatan

Olislarga ketib sog'inib qolsam
Sening uchun emas o'zga deb yonsam
Xudo bergan kun seni yo'qlolmasam
Vatanjon kechirgin, kechirgin Vatan.

Mohichexra Toshpo'latova
#Ijtimoiy_bekat
#Kun_hikmati

ILMNING QUDRATI

Mirzo Ulug‘bekdan so‘radilar:
- Siz nega siyosatni qo‘yib, ilm bilan mashg‘ul bo‘ldingiz?
Mirzo javob berdilarki:
- Men ilmning qudratini bobomdan bildim. Bir safar men bobomning tizzasida o‘tirar edim, shu payt huzuriga bir kishi kirdi, bobom shoshib uning istiqboliga o‘rnidan turdi - men tizzasidan tushib ketdim. Keyin bilsam, u zot olim ekan, bobomning piri komili ekan. Ilmning obro‘-nufuzini men ana o‘shanda ko‘rdim.

📖 "Sharq hikoyat va rivoyatlari" kitobidan.