Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.73K subscribers
24.8K photos
2.83K videos
126 files
7.73K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Bekobod_tumani
#Sport
#Yoshlar_dasturi_amalda

Bekobod tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabida,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari hamda PF 6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida "Yunon-rum kurash" sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada mazkur sport turi bilan shug'ullanuvchi yoshlar o'z kuch va imkoniyatlarini sinab ko'rdilar.

Shuningdek g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarga diplom va medallar tantanali ravishda topshirildi.

Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
#Bekobod_tumani
#Yoshlar_dasturi
#Tadbirkor_yurt_tayanchi

⚡️ Bekobod tumani Kasb-hunarga o'qitish markazida Bekobod tumani Savdo-sanoat palatasi va Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tumani bo'limi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o'qitish kurslari yo'lga qo'yildi.

🔹 Mazkur kurslarni tugatgan yoshlarga maxsus sertifikatlar taqdim qilinishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatlarini yo'lga qo'yishlari uchun 33 milliongacha bo'lgan miqdorda kredit ajratilishi ko'zda tutilgan.

Bizni kuzatib boring!
Kanalga @Bekobodtumanihokimligi
#Bekobod_tumani
#Yoshlar_dasturi_amalda

Hokim va yoshlar uchrashuvi


▫️ Bekobod tumani "Xonobod" mahallasida joylashgan 15-sonli umumta'lim maktabida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔸 Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari o'rinbosarlari, tijorat banklari boshqaruvchilari hamda tuman korxona-tashkilot mutasaddilari va yoshlar ishtirok etishdi.

🔹 Uchrashuv davomida yoshlar o'zini qiziqtirgan savollari hamda ayni kunda mavjud muammo va masalalari yuzasidan tuman rahbarlariga yuzma-yuz murojaat qilishib, joyning o'zida javob oldilar.

Bir narsa aniq, bir narsa ayon---yoshlar kelajagimiz, ular ertamiz, millatimiz, milliy g'ururimiz egalaridir. Demak, yoshlarni tinglash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamisha birlamchi va ustuvor vazifa bo'lib yuklanaveradi.

✍️ Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati