Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.74K subscribers
24.8K photos
2.82K videos
126 files
7.71K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Bekobod tumanida sportning Gandbol turi bo‘yicha U16 yoshlar va qizlar o'rtasida Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Musobaqada Toshkent viloyatining ko'plab kuchli jamolari ishtirok etib, tadbirni Bekobod tuman hokim o'rinbosari D.Mirzakulov ochib berdi va sportchilarga musobaqada omad tiladi.

🤾‍♀️Musobaqa qizg'in va murosasiz bahslar boy bo‘lib o‘tdi.

📌Musobaqa yakuniy natijalari:
Yoshlar
1-o'rin 🥇Sportning o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabi
2-o'rin 🥈Quyichirchiq tumani
3-o'rin 🥉O'rtachirchiq tumani
Qiz bolalar
1-o'rin 🥇Sportning o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslagan sport maktabi
2-o'rin 🥈Bekobod tumani
3-o'rin 🥉Quyichirchiq tumani

🏆Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Hokim_qarori

Viloyatda "Maxgreen" MChJ tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati tashkil etiladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qaroriga muvofiq, viloyatda "Maxgreen" MChJ tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati tashkil etiladi.

Klasterlar va boshqa toʻqimachilik korxonalari tomonidan paxta xom ashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

Shuningdek, paxta xom ashyosi uni yigʻish, tashish, quritish, saqlash va birlamchi qayta ishlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan hamda elektron tarozi va texnik jihatdan malakaliligi maʼqullangan sinov laboratoriyasi bilan jihozlangan omborlarda saqlanadi.

Jumladan, mazkur qarorda "Maxgreen" MChJ tomonidan bajariladigan majburiyatlar ham belgilab berilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsiy mas’uliyat va mustahkam ijro intizomi – samarali mehnat poydevori

Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov hamda tuman prokurori B.Jalilov tuman hokimligida ijro intizom bo’yicha yig’ilish o’tkazdi.
Samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish jarayonida har bir xodim o’z zimmasidagi vazifalarni vijdonan, sifatli va mas’uliyat bilan bajarishi muhim ahamiyat kasb etadi dedi yig’ilish avvalida tuman hokimi Shuxrat Begimqulovich.


Batafsil havolada

Kanalga ulanis
h👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Murojaatlar hokim nazoratida

Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat bo’yicha Xos mahallasida bo’lib, keltirilgan vajlar yuzasidan fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tuman kengashi deputatlari, Xos mahallasi fuqarolari, Qishloq xo’jaligi soha vakillari ishtirok etib, murojaatlar atroflicha o’rganildi. Tuman hokimi Sh.Do’sbekov masalani ijobiy qanoatlantirish maqsadida mas’ullarga tegishli ko’rsatma berdi.

Kanalga ulanis
h👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bekobod tumani hokimligida mahalla tizimi xodimlariga seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimi Sh.Do’sbekov, Toshkent viloyati FVB boshqarma boshlig’i A.Alimatov ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2023 yildagi PQ-402-sonli Qarori hamda 21.12.2023 yildagi PF-209-sonli Farmoni mazmun mohiyati mahalladagi yettilikning boshqaruv tizimi takomillashtirishga doir bir qancha vazifalar tushuntirildi.

Qaror va Farmonda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, soliq inspektorining fuksional vazifalari yig’ilish qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.

Seminarda mahalla yettiligi o’z aro hamkorligini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Kanalga ulanis
h👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook