Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
3.76K subscribers
27.4K photos
3.17K videos
130 files
8.77K links
Bekobod tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Бекобод_тумани
#Press_tur

"MAXGREEN" MCHJ да кенг кўламли ишлар тўғрисида.

Press-tur давомида навбатдаги манзиллимиз "Оқ тепа" маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида жойлашган "MAXGREEN" MCHJ корхонасини қурилиш ишлари билан яқиндан танишдик.

📈 Корхона асосан ёғ ва ем маҳсулотлари ишлаб чиқаришга мўлжалланган. Ишлаб чиқарилган маҳсулотларни қўшни давлатларга яни Тожикистон ҳамда Афғонистонга экспорт қилишни режалаштирганликларини айтиб ўтди.

🏗Бир ой муддатда корхонада қурилиш ишлари тугатилиб, тўлиқ ишга туширилади.

🔹Шунда корхонада 150 дан ортиқ ишчи ўринлари яратилади.

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani
#press_tur

🌱Paxta yogʻiga boʻlgan talab, bugungi kunda yoʻq emas. Yogʻ ishlab chiqarishning asosiy homashyosi bu paxta chigitidir.
Biz ommaviy-axborot vositalari bilan hamkorlikda Oq-tepa mahallasida joylashgan ,,MAX GREEN'' MCHJ korxonasida
press-tur tashkil qildik.

🏢,,MAX GREEN'' MCHJ korxonasi 1- martdan 30 nafar ishchi bilan ishga tushadi. Shuningdek, ushbu korxona loyihasini yanada kengaytirib, qoʻshimcha sexlar tashkil qilinadi.
Shu o'rinda qo'shimcha tsexlar qurilish rejalshtirilgan diydi ,,MAX GREEN'' MCHJ ish boshqaruvchisi Badriyev Sirojiddin.

✍️ Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
#Bekobod_tumani
#Press_tur

Tuyaqush parradami hayvonmi?

🔹Bugungi kunda Oʻzbekiston hududlarida ham uy-sharoitida Tuyaqushchilik bilan shugʻullanmoqda. Bekobod tumani chegara hududi Dalvarzin mahallasida ommaviy-axborot vositalar, jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil qilinib, Tuyaqushchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyib nasil koʻpaytirib, ichki bozorlarni sifatli gʻosht hamda tuxum mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 13 bosh tuyaqushni parvarish qilayotgan tadbirkorimiz faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

📈Ushbu tadbirkor Yetti haftalik tuyaqush joʻjalarini Afrika davlatidan olib kelib 6 oyligigacha iqlim sharoitiga moslashtirgan. Tuyaqushlar ranglanishi jinsga qarab, erkaklari qora urg'ochisi kulrang yoki jigarrang ranglarda boʻlib, Tuyaqushlar ham boshqa qushlar singari qurt-qumursqalardan tortib mayda jonzotlar bilan ham oziqlanadi. Ularning tuxumining ogʻirligi 1,3-1,5 kilogacha bo'ladi deydi tadbirkor.

✍️Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Bugun Bekobod tumani 1-sektor xududi Paxtakor mahallasi xududi Qilichbek Arslonbek ishonch fermer xo’jaligi paxta dalasi OAV hamda blogerlarga perss-tur tashkil etildi.
Press-tur avvalida dala maydonida terayotgan terimchilar va ularga yaratilgan sharoit bilan tanishdik terimda terimchilar eng kam 90-100 ko’pi bilan 300 kilodan yuqori terayotganligini guvoxi bo’ldik.
Press-turga kelgan har bir ishtirokchilar ham 1,5 soatlar chamasi kim o’zarga paxta terib fermer va terimchilarga yordamlashdib o’zimizni sinab ko’rdik ishtirokchilarning eng yuqori terganlari 15 kg bo’lsa eyeng kam terganlarimiz 2-3 kilo atrofida.
Shu o’rinda qayd etish kerakki sektor rahbarlari tomonidan barcha terimchilar qatorida, OAV va blogerlarga ham tergan paxtalariga qarab rag’batlantirildi.

@Bekobodtumanihokimligi
Kanalga ulanish:👇
🌏 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Yashil_makon_umummilliy_loyiha
#press_tur


📍 Bugun Bekobod tumani hokimi F.Xudoyberdiyev, tuman prakurori B.Jalilov, IIB boshlig’i, 3-sektorrahbari E.Baymuxamedov boshchiligida sektor xududi Isfara mahallasidan o’tgan Toshkent Bekobod yo’l yoqasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

🌴Seminar so’ngida shu joyning o’zida bo’sh turgan 1,5 gektar maydon tekislanib IIB boshlig’i 3-sektor rahbari E.Baymuxamedov, mahallalarga biriktirilgan 51 nafar hokim yordamchilari, YPX xodimlari, tuman ekologiya rahbari O.Yakubov hamda din ishlari vakillari hamkorligida har xil turdagi 500 tup mevali va 1000 tup terak lo’chatlarini keltirilib o’tkazdi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#press_tur

Pilla mahsulotlarini yig’im terimi avjida

⚡️Bekobod tumani 1-sektor xududi Qoraqo’yli mahallasida yashovchi ochaxona ona xonadonida pilla mahsulotlarini yetishtirish jarayoni va tuman bo’yicha pillachilik soxasida olib borilyotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi. Press-turda OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

🐛Eslatib o’tamiz tuman bo’yicha 214 tonna pilla rejasi bo’lib, ayni damda 12 tonnadan ziyod qabul qilidi. Mavsum boshlarida jami 3690 ta qutida pilla qurtlari keltirilib, 1200 nafardan ziyod pillakor xonadonlarga tarqatilgan.

🦋Fakt ipak qurti g’umbagining bir kilogrammi parrandachilik, baliqchilik sanoati korxonalari uchun ozuqa sifatida 3-4 ming so’mga sotilgan. Ushbu mahsulot aralashmasidan tayyorlangan tibbiyot surtmalari jarrohlikdan keyin hosil bo’ladigan chandiqlarni yo’qotish, soch to’kilishini oldini olish xususiyatiga ega.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Press_tur

“Temir xotin” nomini olgan fermer ayol

🎗Bekobod tumani Farxod mahalla hududidagi Boqiyeva Nazira fermer xo’jaligi paxta maydonida Jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil qilindi.

💠Boqiyeva Nazira fermer xo’jaligi rahbari mana 35 yildirki fermer xo’jaligida paxta va g’alla maxsulotlarini yetishtirib keladi. Nazira Boqiyevaga ko’pchilik “Temir xotin” deb nom qo’yib olgan, sababi suvchi va traktorchilari bilan birga qo’shilib dala ishlarini olib borishidir. Shuning uchun bo’lsa kerakki har yili hosil rejasini ortig’i bilan bajarib keladi deydi Bekobod tuman fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Q.Yunusov.

📸Jarayonlar fotolavhada👆🏻

Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#paxta_2023
#press_tur

Bekobodning paxta dalalarida jurnalistlar uchun press-tur tashkillashtirildi

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Bekobod tumanidagi "Farhod" mahalla hududida joylashgan dala maydonida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil qilindi.

"Boqiyeva Nazira" fermer xo'jaligi paxta maydonida o'tgan media-tadbirda jurnalistlar terimchilar bilan bir safda hosilni yig'ib-terish jarayonlarida qatnashdilar.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, mazkur fermer xo'jalikning asoschisi bo'lmish Nazira Boqiyeva dalada hosilni yerga qadashdan tortib, yig'ishtirib olgungacha bo'lgan barcha jarayonlarda ishchilar bilan birdek mehnat qilib kelmoqda. Qishloq xo'jaligining og'irini yelkasiga yuklagan ayol zero shu sababdan ham, "Temir xotin" deya nom qozongan.

Ko'tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan bo'lib o'tgan press-tur soha vakillari ishtirokidagi qiziqarli fotolavhalarni o'zida muhrladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ТП-37.pdf
11.6 MB
#paxta_2023
#press_tur

Bekobodning paxta dalalarida jurnalistlar uchun tashkillashtirilgan press-tur
Toshkentskaya pravda gazetasi nigohida

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#press_tur

📍Bekobod tumanida “Yashil makon” kuzgi mavsumga tayyorgarlik hamda tomorqa va dalalarda jurnalistlar uchun
press-tur tashkillashtirildi.

📸Jarayon fotolavhalarda👆🏻


👉Batafsil havolada👈🏻


✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#press_tur
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Xonobod mahallasida " Obod xonadondan obod mahallagacha" shiori ostida bo’layotgan qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishish OAV va blogerlar uchun press tur tashkil qilindi.

Ayni kunlarda Xonobodda ishlar qizg’in olib borilmoqda, jumladan mahalladagi xotin-qizlar uchun chevarxonalar, qishloq shfokorlik punkiti, yoshlar uchun vorkaut, mini sport maydonchalari hamda salomatlik yo’lakchalri, axoli farzandlari uchun 150 o’ringa ega zamonaviy sharoitlarga ega bolalar bog’chasi, mahalla guzarini qurish ishlari qizg’in bu esa axolining quvonchiga quvonch ulashmoqda.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#press_tur

Yangi ish o’rinlarini yaratish va aholini bandligini ta’minlash, tomorqalardan samarali foydalani bo’yicha
press-tur tashkil qilindi.

Bekobod tumanidagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo’yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo’nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida OAV vakillari ishtirokida
press-tur tashkil qilindi.

▶️Batafsil havolada👈

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Press_tur

📸Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati hamda Bekobod tumani hokimligi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press turda mahallasidagi “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida tumanda amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismi yaqindan tanishtirildi.

▶️Batafsil havolada👈

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#press_tur

Bugun Bekobod tumanida jurnalist va blogerlar uchun press tur tashkil etildi

Unda olis chekka hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni migratsiyadan qaytarish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Dastlab, "Mallaboy" mahallasidagi markazlashgan holda hamda aholi xonadonlarida ipak qurti boqish jarayonlari kuzatildi. Aytish mumkin, joriy mavsumda viloyatda pillachilik yo‘nalishida 84 mingdan ortiq fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishilayapti. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, viloyatda barcha yo‘nalishlarda bu yil 705 ming aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish rejalashtirilgan. 1-chorak mobaynida bu ko‘rsatkich 115 foizga yetkazilgan.

"Mallaboy" va "Saryuz" mahallaridagi daftarlardagi hamda xorijdan qaytganlarga subsidiya,  kreditlar ajratish, shuningdek, tomorqachilik sohasida ularni band qilish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlarga yer ajratish jarayonlari ko`rsatildi.
#Press_tur_Toshkent_viloyati

Bekobod tumanida jurnalist va blogerlar uchun press tur tashkil etildi

🟢Unda chekka hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni migratsiyadan qaytarish va qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🟢Dastlab, "Mallaboy" mahallasidagi markazlashgan holda hamda aholi xonadonlarida ipak qurti boqish jarayonlari kuzatildi.
Joriy mavsumda Toshkent viloyatda pillachilik yo‘nalishida 84 mingdan ortiq fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishilayapti.

🟢Shuni alohida ta’kidlash kerakki, viloyatda barcha yo‘nalishlarda bu yil 705 ming aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish rejalashtirilgan. 1-chorak mobaynida bu ko‘rsatkich 115 foizga yetkazilgan.

🟢"Mallaboy" va "Saryuz" mahallalaridagi "daftarlar"da ro'yxatda turuvchilar va xorijdan qaytgan fuqarolarga subsidiya,  kreditlar ajratish, shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan tomorqachilikni rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarga yer ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt📌Facebook📌YouTube
📌Instagram📌Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Bekobod tumanida jurnalist va blogerlar uchun
press tur tashkil etildi

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni migratsiyadan qaytarish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Dastlab, "Mustaqillik" mahallasidagi aholi xonadonlarida tomorqalardan samarali foydalanish jarayonlari kuzatildi. Aytish mumkin, joriy mavsumda tomorqalaridan 30-50 million so’mgacha daromad olib, fuqarolarning bandligini ta’minlanmoqda. Bundan tashqari O’zbekobod mahallasida tadbirkor muzlatgichli omborida qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlab eksportga tayyorlamoqda.
"Mustaqillik", “O’zbekobod” va "Saryuz" mahallaridagi daftarlardagi hamda xorijdan qaytganlarga subsidiya, kreditlar ajratish, shuningdek, tomorqachilik sohasida ularni band qilish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlarga yer ajratish jarayonlari ko`rsatildi.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook