Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.79K subscribers
25.5K photos
2.89K videos
127 files
7.97K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Bekobod_tumani

Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tumanidagi mahalla yetakchilari mahalladagi yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, sektorlar kesimida sektor birinchiligi "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etildi.

🎖 Intellektual o’yin ko’tarinki ruh va yuqori kayfiyatda ishtiyoq bilan o’tkazilmoqda.
Shu o’rinda Qog’onsir mahallasi yoshlar yetakchisi 34-maktab o’quvchilar o’rtasida "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etdi. Shuningdek, o’yin so’ngida faol ishtirok etgan jamoalar mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#press_tur

Pilla mahsulotlarini yig’im terimi avjida

⚡️Bekobod tumani 1-sektor xududi Qoraqo’yli mahallasida yashovchi ochaxona ona xonadonida pilla mahsulotlarini yetishtirish jarayoni va tuman bo’yicha pillachilik soxasida olib borilyotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi. Press-turda OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

🐛Eslatib o’tamiz tuman bo’yicha 214 tonna pilla rejasi bo’lib, ayni damda 12 tonnadan ziyod qabul qilidi. Mavsum boshlarida jami 3690 ta qutida pilla qurtlari keltirilib, 1200 nafardan ziyod pillakor xonadonlarga tarqatilgan.

🦋Fakt ipak qurti g’umbagining bir kilogrammi parrandachilik, baliqchilik sanoati korxonalari uchun ozuqa sifatida 3-4 ming so’mga sotilgan. Ushbu mahsulot aralashmasidan tayyorlangan tibbiyot surtmalari jarrohlikdan keyin hosil bo’ladigan chandiqlarni yo’qotish, soch to’kilishini oldini olish xususiyatiga ega.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Ochiq_muloqot

Siz kelmang – o’zimiz boramiz


🏵Ayni damda tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari J.Raxmatov va tuman hokimining birinchi o’rinbosari S.Beknazarov sektor binosida ananaga aylanib borayotgan Siz kelmang – o’zimiz boramiz shiori ostidagi ochiq muloqotni tashkilot rahbarlari hamkorligida fuqarolar bilan davom ettirmoqda.

▶️Mazkur ochiq muloqotda sektor rahbari kommunal soxaga oid muammolar, fuqarolar o’rtasidagi kelishmovchiliklar, ijtimoiy nafaqa, davolanish, oilaviy kelishmochiliklar, ishga joylashish, kredit, uy-joy kabi turli murojaatlarni ko’rib chiqildi.

⚡️Murojaatlar aksariyati joyida hal etilib, muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish bo’yicha sektor rahbari shaxsan nazoratiga oldi.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Hokim o‘rinbosari Nazarboy mahalla faollari bilan suxbatda

🎗Bugun Bekobod tumani hokimi o’rinbosari D.Mirzakulov, hokim yordamchisi R.Abdurazzaqov 3-sektor hududida joylashgan Nazarboy mahallasida mahalla faollari bilan tumandagi o’zgarishlar mahallalarda bo’layotgan yangiliklar haqida suxbatlashdi.

⚡️Shu o’rinda mahallaning nuroniy faollari mahallaning tubdan yangilanib borayotgan qiyofasi, axoliga yaratilayotgan keng ko’lamli imkoniyatlar va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to’g’risida takidlab o’tdi.

Davra suxbatida faollar o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’laqonli javob oldi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Ochiq_muloqot

Siz kelmang – o’zimiz boramiz

🏵Bugun tumanining 1-,4- sektorlarida sektor rahbarlari hamda tuman hokimi o’rinbosarlari ishtirokida sektor binosida doyimgidek Siz kelmang – o’zimiz boramiz shiori ostidagi ochiq muloqotlar bo’lib o’tdi. Ochiq muloqotda tuman sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari hamkorligida fuqarolarning muammolari tinglandi.

▶️Mazkur muloqotda sektor rahbarlari kommunal soxaga oid muammolar, fuqarolar o’rtasidagi kelishmovchiliklar, ijtimoiy nafaqa, ishga joylashish, kredit, oilaviy nizolar, uy-joy kabi turli murojaatlarni ko’rib chiqildi.

⚡️Murojaatlar aksariyati joyida hal etildi va muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish bo’yicha sektor rahbari shaxsan nazoratiga olidi.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Bekobod_tumani

Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod tuman bo'linmasining haftalik ish rejasiga asosan, tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida "Ma'rifat soati" bo'lib o'tdi.

"Ma'rifat soati" rejaga ko'ra, 31-may - Xalqaro kashandalikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Kashandalik - umr zavoli" mavzusida tashkil etildi.

Mavzu yuzasidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi M.Sherbekov hamda 37-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bóyicha targ'ibotchisi, shoir Muhiddin Mahkam ma'ruza qilishdi.

Ma'ruzada kashandalik insoniyat salomatlagiga katta zarar keltirishi, bugungi kunda dunyoning 125 ta davlatida 4 million gektar yerga tamaki ekilishi va bu sayyoramizning ekin maydoniga nisbatan 1%ini tashkil etayotganligi aytib o'tildi.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi