#hamma_bilishi_shart
REFERENDUM HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ?
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga oid referendum joriy yilning 30 aprelida bo’lib o’tishi kutilmoqda.
Xo’sh, referendum nima?
Referendum (lot. referendum — bildirilishi kerak bo’lgan) — umummilliy, hududiy yoki mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim masalalar bo’yicha ovoz berishda fuqarolarning xohish-irodasini bevosita ifoda etish shakli hisoblanadi. Referendum fuqarolarning o’z xohish-irodasini umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.
Referendumning saylovlardan farqi
Referendum o’tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro’yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitusiya, konstitusiyaga tuzatishlar, xalqaro maqomga taalluqli yoki ichki siyosatga oid biron bir savol qo’yiladi.
O’zbekiston tarixidagi referendumlar
Mamlakatimiz tarixida shu kunga qadar jami 3 ta turli masalalar bo’yicha referendumlar bo’lib o’tgan.
Birinchisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Respublika davlat mustaqilligi to’g’risidagi referendum 1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tib, unda xalq davlat mustaqilligini qo’llab ovoz berdi va Prezidentni sayladi.
Ikkinchisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini uzaytirish masalasi bo’yicha 1995 yil 26 mart kuni O’zbekiston Respublikasi referendumi o’tkazilgan.
Uchinchisi, O’zbekiston Respublikasi Parlamentini ikki palatali qilib saylash va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yilga o’zgartirish bo’ycha 2002 yil 27 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi referendumi bo’lib o’tgan.
Dunyo xalqlari tarixiga nazar
Konstitusiya – dogma emas. Muayyan vaqt o’tgandan so’ng davlatning Bosh qonuniga ham tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish hayotiy zaruriyatga aylanib boradi. Dunyo konstitusiyaviy amaliyotiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, so’nggi 30 yillikda 90 ga yaqin demokratik davlatda demokratik konstitusiyaviy islohotlar amalga oshirilib, ularning 53 tasida yangi konstitusiyalar qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitusiyasida
Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko’paymoqda. Konstitusiya matni 65 foizga yangilangan.