Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.77K subscribers
24.9K photos
2.83K videos
126 files
7.75K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Rasmiy_bayonot

Toshent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.

Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.

Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.

Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev Boʻka va Bekobod tumanlari faollari bilan muloqot qildi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Tayinlov

⚡️Raxmatov Jamshid Nasrullayevich – Toshkent viloyati IIBB uchinchi mintaqaviy hudud Bekobod tuman IIB boshlig’i etib tayinlandi.

📌J.Raxmatov 1986 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007 yilda IIV Akademiyasini tamomlagan.

📄Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig’i o’rinosari - patrul xizmati faoliyatini tashkil etish bo’linmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
#Rasmiy

Toshkent viloyatida ish boshlayotgan “metan zapravka”lar va ularning ish grafigi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Yoshlar kundaligi telegram kanali orqai IJROSIGA ShOShILMAYoTGAN QARORLAR YoXUD ...deya chiqarilgan post yuzasidan Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy bayonoti:

"Yoshlar kundaligi" hujjatlarining hududlardagi ijrosi bilan bog’liq real ahvolni tanqidiy tahlili o’rganib, 2023 yil 20 yanvardagi PQ-12-sonli qarorining joylardagi ijrosi o’z vaqtida bajarilmaganligi yuzasidan keltirib o’tilgan vajlari yuzasidan shuni ma’lum qilamizki Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 25-yanvardagi 31-10-0-Q/23-sonli qaroridan 6 kun o'tib 31-yanvar kuni Bekobod tumani hokimining 35-10-135-Q/23-sonli qarori imzolangan.

Mazkur qaror tuman hokimligiga 26 yanvar kuni yuborilgan bo’lib, 28-29-yanvar kunlari dam olish kunlariga to'g'ri kelib qolganligi uchun e-qaror platformasi tizimiga qarorlar yuklash imkoniyati cheklab qo’yilganligi bois tuman hokimligi tomonidan 35-10-135-Q/23-sonli qarori 4 kun muddat ichida chiqarilganligini eslatib o'tamiz.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar shaharchasi Shifohonaga ketish yo'lida axlathonani hozirgi holati iltimos kerakli tashkilotlar tozalab berishsin hidiga chidab bo'lmayapti deya Umarov Alisherning video murojaati yuzasidan Bekobod tumani hokimligining rasmiy munosabati:

Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga borish, Bo’ston mahallasidagi chiqindixona haqiqatdan ham chiqindilarga to’la bo’lib ayni damda Tozza xudud DUK tomonidan tozalab muammoni bartaraft etdi.

Shu o’rinda xurmatli tumandoshlar mayishi chiqindilar uchun tolovlarni o’z vaqtida to’lashingizni so’rab qolamiz!

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Rasmiy_axborot

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev nutq soʻzladi.

Viloyat hokimi oʻz soʻzida Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalariga toʻxtaldi.

Xususan:

Tumandagi eng ogʻriqli muammo bu - toza ichimlik suvi. Joriy yili tuman aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlarga qariyb 3 milliard soʻm yoʻnaltirilgan. Qamrov qisqa fursatlarda 37 foizdan 75 foizga oʻzgarishi kutilmoqda. Umuman, Bekobod uchun respublika byudjetidan mablagʻ ajratishda muammo yoʻq.

Eksportyor korxonalar bilan ishlash, qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida qurilishi ishlari nazoratsiz qoldirilgan.

Suv uchun koʻrsatilgan xizmat, suv uchun aholi tomonidan toʻlovlarning atigi 32 foizi toʻlangan, xolos.

Bekobodda 10 mingdan ziyod yigit-qiz chet elda, mehnat migranti. Ularni qaytarish, ish taklif qilish, Prezidentimizning 373-sonli qarori boʻyicha yer berish paysalga solinmoqda. Bu boradagi ishlarni qatʼiy nazorat qilish zarur. Bugun 85 gektar auksionga qoʻyilgan. Lekin, sotilmayapti. Sababi, suvsiz, qarovsiz yer sotuvga qoʻyilgan.

Tumanda 3271 nafar bola bogʻchaga bormaydi. Tumanning 25 ta mahallasida bolalar bogʻchasi yoʻq.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1698 yoshlardan 977 nafariga yordam koʻrsatilgan, xolos. Bu borada viloyatda eng yomon koʻrsatkich Bekobod tumanida.

Tuman hokimi oʻtgan olti oyda atigi 6-marta sayyor qabul oʻtkazgan, unda 47 nafar fuqaro bilan gaplashgan. Natijada, viloyat, respublika idora va tashkilotlariga tuman aholisidan yuborilgan murojaatlar ikki karra ortgan.

Tumanda kadrlar qoʻnimsizligi ham muammo sifatida allaqachon yetilgan.

Tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish, investitsiya masalariga yetarlicha eʼtibor qaratmagani uchun Bekobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Xudoyberdiyev lavozimidan ozod qilindi.

Majlisda tumanda endilikda amalga oshirish lozim boʻlgan ishlar, vazifalar belgilab berildi.

Zoyir Mirzayev tomonidan tuman hokimi lavozimiga Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich nomzodi tavsiya qilindi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Bekobod tumaniga hokim tayinlandi

Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich — Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Sh. Mirzayev 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004-yil Toshkent moliya instituti hamda 2007-yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshligʻining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani
#rasmiy

Tayinlov

⚡️ Xudayberdiyev Vaxid Ziyadullayevich.– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy Agentligining Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.


📍V.Xudayberdiyev 1986 yilda Bekobod tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yil Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti tamomlagan.

🔰Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi “Xamza” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokimning yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✍️Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#rasmiy

Viloyat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Alovitdin Xusnitdinovich Inagamov
—  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

A. Inagamov  1980-yilda  Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2009-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti   boʻyicha mutaxassisligi soliq va soliqqa tortish.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

NURONIYLARGA “MEHNAT FAXRIYSI” KOʻKRAK NISHONI TANTANALI TOPSHIRILDI

Oʻzbekiston Respublika Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis eti toʻgʻrisida“gi PQ-3133 sonli qaroriga asosan, Respublika ”Nuroniy" jamgʻarmasi Vasiy Kengashining Qaroriga koʻra, viloyatimizdagi bir guruh mehnat faxriylari va nuroniylar mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi. Bugun Nurafshon shahrida koʻkrak nishonlari oʻz egalariga tantanali surʼatda topshirildi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM