Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.77K subscribers
24.9K photos
2.83K videos
126 files
7.75K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Bekobod_tumani
#Targ'ibotchi_tanlovi

Bugun Bekobod tumani XTB ga qarashli barcha umumta'lim maktablarida faoliyat yurutib kelayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar ishtirokida "Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha eng faol targ'ibotchi" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar o'z faoliyati davomida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hujjatlarni hakamlar hay'atiga taqdim etishdi.
Hakamlar hay'ati tanlov nizomiga asosan baholab borishdi. Ularning hulosasiga ko'ra tanlovning 1-o'rin sohiblari 45-umumta'lim maktabining targ'ibotchisi M.Eshonqulova va 58-umumta'lim maktabining targ'ibotchisi S.Dehqonovlar, 2-o'rin 44-umumta'lim maktabi targ'ibotchisi X. Abdurahmonov, 3-o'rin 13-umumta'lim maktabining targ'ibotchisi M. Mavlonovalar loyiq deb topildi.
G'oliblarga esdalik sovg'alari topshirildi.
#ogohlik
#targ`ibot

Profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

💥Bekobod tumanida jami 27700 ta gazdan foydalanuvchi isteʼmolchi, shifoxona, qishloq vrachlik punktlari, 51 ta maktab va 28 ta maktabgacha taʼlim massalari mavjud boʻlib, hozirgi kunda “Bekobodtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan energiya tejovchi avtomat yondirgichlarni o`rnatish, is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirmoqda.

🕹Tadbirlar davomida is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va boshqa gaz bilan aloqador baxtsiz xodisalarning oldini olish, tabiiy gazdan tejamkorlik bilan xavfsiz foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirish beriladi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani
#Targ‘ibot_tadbiri

2023 yil 20 yanvar kuni-“ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARNING KASBIY MADANIYAT VA XIZMAT INTIZOMI KODEKSI” tasdiqlandi.

🗓Bekobod tumani IIB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli Qaroriga sharh va Qarorning mazmun-mohiyati haqida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik D.P.Xudjaqulov hamda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik J.N.Raxmatov bilan birgalikda tushuntirish va
targ‘ibot ishlari olib borildi .

Tuman IIB mas'ullariga kelgusida ushbu Qaror ijrosi hamda “ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARNING KASBIY MADANIYAT VA XIZMAT INTIZOMI” talablari bo‘yicha jamoatchilik vakillari bilan keng qamrovli
targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Audio
#targ’ibot
#radio

Bekobod tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi hodimlarining yangi qabul qilingan mehnat kodeksi yuzasidan bergan tushuntirishlari, Mahalla radiosida efirga uzatildi.

PEDAGOG XODIMLARGA MODDIY YoRDAM QAChON VA QAY TARTIBDA BERILADI?

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#targ’ibot

🔰 2024 yil 18 aprel kuni Bekobod tumani adliya bo’limi tomonidan Bekobod tumani markazidan olis hududda joylashgan "Qora qo’yli " MFY binosida - sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi.

🔹Unda, "O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 13.01.2024 yildagi "Adliya organlari va muassasalari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida"gi buyrug’i mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

🔹Tuman markaziga kelishga qiynalayotgan uyushmagan yoshlarga dexqon xo’jaligi tashkil qilish uchun yer olish maqsadida Elektron raqamli imzolar sayyor tartibda rasmiylashtirildi.

🔹Tadbir davomida, Yoshlarga davlat xizmatlari soxasida huquqiy maslaxatlar berildi. Jumladan,
my.gov.uz sayti imkoniyatlari hamda masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari tushunririldi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#targ’ibot
#mahalla

⚖️ Joriy yilning 18 iyul kuni Bekobod tuman Adliya bo’limi hodimi Musayev Sunnatillo Soibjonovich tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi bilan ochiq muloqot olib borish, ularning muammolarini o’rganish va joyida hal etish hamda huquqiy ko’mak berish maqsadida.

🔹"Yangibozor" MFYda uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarni aniqlash yuzasidan fuqarolar bilan suxbatlar olib borildi.

🔹Tadbir davomida fuqarolarning huquq sohasiga oid savollariga tegishli tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar qabul qilindi.


🕊 Qo’shimcha huquqiy manba

🕊 Qo’shimcha huquqiy manba maxsus (ayollar uchun)

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#targ’ibot

Toshkent viloyati IIBB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari S.Xusanboyev va B.Iskandarov, tuman IIB, tuman Yoshlar ishlari bo’limi hamkorligida tumanning barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida "Yoshlarni yot g’oyalar ta’siriga tushishining oldini olish" mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Tashkil etilgan tadbirda tinchlik va osoyishtalik, shukronalik ne’mati, dinimizning asl mohiyatidan yiroq oqimlarga bilmasdan ergashib ketish holatlari va ularning salbiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

Targ’ibot davomida xalqimizga xos milliy qadriyatlarga hurmat, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida yoshlarning fikrlari tinglandi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook