Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
⚡️ “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi
👩🏫 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
✅ Test sinovlarini sentabr oyida Toshkent va Qarshi shaharlarida, oktabr oyida esa Nukus, Navoiy va Andijon shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, shu yerda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari mazkur shaharlarda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
👉 Toshkent shahri - 28-sentabr;
👉 Qarshi shahri - 30-sentabr.
👉 Nukus shahri - 5-oktabr;
👉 Navoiy shahri - 7-oktabr;
👉 Andijon shahri - 12-oktabr.
👨🏻💻 Mazkur test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi muddatlarga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin:
👉 Toshkent shahri - 26-sentabr;
👉 Qarshi shahri - 28-sentabr.
👉 Nukus shahri - 2-oktabr;
👉 Navoiy shahri - 5-oktabr;
👉 Andijon shahri - 10-oktabr.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈

Forwarded from Расмий хабарлар I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.
Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Bilimni baholash agentligi
⚡️ “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi 👩🏫 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi uchun…
Talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Namangan viloyatida ham o‘tkazilishi belgilandi.
Bunda test sinovi Namangan shahrida 13-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi va talabgorlarni 10-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatga olinadi.

Davlat test markazining abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati
Ma’lumki, joriy yilda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imithonlar esa OTMlar tomonidan) ilk bor Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi.
Unda test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 87 486 nafar talabgordan 85 261 nafari ishtirok etdi.
Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun minimal o‘tish bali ancha past belgilangan bo‘lsada, talabgorlarning 72 foizi mazkur minimal talabni bajara olmadi.
Aslini olganda yoshlarimizning xorijdagi nufuzli OTMlarda tahsil olishi yaxshi. Lekin maqsad xorijda ta’lim olib, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish emas, balki qanday qilib bo‘lsa ham 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘ladigan bo‘lsa, bu endi yaxshi holat emas, albatta.
Hozir ko‘plab konsalting firmalar tomonidan 1 yildan so‘ng O‘zbekistonga ko‘chirib berish va’da qilingan holda qo‘shni davlatlardagi OTMlarga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish taklif qilinmoqda.
Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!
Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga binoan barcha talabalar o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish uchun imtihon topshirishi va tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan o‘tish balini to‘plashi lozim.
Shu sababli, Davlat test markazi asosiy maqsadi xorijda o‘qish emas, balki 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga turli shaxslar va firmalarning 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib berish to‘g‘risidagi va’dalariga ishonmaslikni va o‘z bilimiga ishongan holda test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi.
Izoh: quyida xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 50 foizdan ortig‘i 56,7 ball (maksimal ballning 30 foizi) ham to‘play olmagan.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlari yakunlari bo‘yicha ovozli chat
📆 Ertaga, 24-sentabr kuni soat 19:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi.
🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etadi.
✅ Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:
👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.
❔ Mazkur mavzular bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarni @ovozli_chat_uchun_savollar_bot telegram botiga yuborishingiz mumkin.
🙋♂️ Shuningdek, ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Akademik litseylarga kirish test sinovlari yuzasidan
2021-yil 23-sentabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litseylarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.
Natijalar e’lon qilinganidan so‘ng test natijasi yuzasidan apellatsiya shikoyati bermoqchi bo‘lgan nomzodlar va ularning ota-onalarini akademik litseylar tomonidan Davlat test markaziga yuborish holatlari kuzatilmoqda.
2021-yil avgust oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan “2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish uchun test sinovlarini tashkil etish to‘g‘risida” muvaqqat nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizomning 3-bobida test sinovlari natijalari bo‘yicha apellatsiya murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi keltirilgan.
Unga ko‘ra, akademik litseylarda nomzodlarning test sinovi natijasidan noroziligi yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha apellatsiya komissiyasi tashkil qilinadi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga akademik litsey mas’ul xodimlari va fanlar bo‘yicha ekspertlar kiritiladi hamda apellatsiya komissiyasining tarkibi akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida apellatsiya komissiyasiga test natijalari bo‘yicha apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.
Ushbu tartibdan kelib chiqqan holda apellatsiya arizalari test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida akademik litseylarda tashkil etilgan apellatsiya komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.
Shuningdek, akademik litseylarga kirish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz sayti orqali amalga oshirilgan bo‘lib, nomzodlar va ularning ota-onalari tanlangan ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligi bo‘yicha bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda akademik litseylarga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

#Qabul2021 #Ovozli_chat #Live
Test sinovlari yakunlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi
🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etmoqda.
✅ Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:
👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.
🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?voicechat
Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari
2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridan lavhalar
👉 https://youtu.be/8Di2GSxvMx8

YouTube
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari
2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari
Test sinovlari yakunlari
Davlat test markazi
#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlari yakunlariga bag‘ishlangan ovozli chatning audiofayli
Ovozli chat Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov bilan o‘tkazildi va quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob berildi:
👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Test sinovlari yakunlariga bag‘ishlangan ovozli chatning audiofayli
Ovozli chat Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov bilan o‘tkazildi va quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob berildi:
👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Oktabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
👨🏻💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 27-sentabrdan 7-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
⏳ Test sinovlari 26-oktabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
🔖 Test sinovlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslar 2 yil muddatga amal qiluvchi sertifikatga ega bo‘ladi.
📚 Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 4-oktabrdan 8-oktabrga qadar o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim!

⚡️ Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlari
📆 2021-2022-o‘quv yili uchun ta’lim muassasalarining klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 30-sentabr kuni 4 smenada o‘tkaziladi.
✅ Test sinovlari:
1️⃣-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar;
3️⃣-smenada 15:00 dan 16:00 ga qadar;
4️⃣-smenada 17:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i va test topshiriqlarini ishlash uchun 1 soat vaqt beriladi.
🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma 29-sentabr kuni talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.
❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlari 📆 2021-2022-o‘quv yili uchun ta’lim muassasalarining klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 30-sentabr kuni 4 smenada…»
#Qabul2021
✨ Klinik ordinatura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!
📣 Klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan test sinovlari 2021-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilishi va ruxsatnomalar ta’lim muassasalari tomonidan tarqatilishi haqida xabar bergan edik.
✅ Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olish imkoniyati yaratildi.
👨🏻💻 Ruxsatnomani olish uchun magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish kifoya.
⏳ Eslatib o‘tamiz, test sinovlari:
1️⃣-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar;
3️⃣-smenada 15:00 dan 16:00 ga qadar;
4️⃣-smenada 17:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
❕ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari lozim.

Muhtaram ustozlar! Qadrli murabbiylar! Aziz yurtdoshlar!
👩🏫O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi jamoasi barchangizni kasb bayrami, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
🎓 Ustoz va murabbiylarni azaldan ulug‘lab kelgan jamiyatimizning ta’lim sohasi, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy hayoti, farovonligi va taraqqiyoti Siz azizlarning faoliyatingiz mahsuliga bog‘liq.
✨ Shunday ekan, mashaqqatli, o‘z navbatida savob ishlaringizga omad, muvaffaqiyat tilagan holda, dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz boqiy bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz!
💐 Yoshlarimizga milliy qadriyatimiz ruhida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ziyo ulashishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin hamda elimiz, shogirdlaringiz ardog‘ida, shodlikda boqiy yashash nasib etaversin!

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasi uchun apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
📆 Apellatsiya arizalari 30-sentabr va 1-oktabr kunlari apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi va 5-6-oktabr kunlari ko‘rib chiqiladi.
✅ Apellatsiya arizasini test sinovlarida ishtirok etgan va jarayondan chetlatilmagan talabgorlar berishlari mumkin.
👨🏻💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
📋 Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlari o‘tkazildi
📆 Bugun, 30-sentabr kuni barcha hududlarda klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
⏳ Test sinovlari 4 smenada tashkil etilib, talabgorlarga chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i va test topshiriqlarini ishlash uchun 1 soat vaqt berildi.
✅ Unda ishtirok etishi belgilangan 3 149 nafar talabgordan 2 606 nafari ishtirok etdi, 543 nafari esa turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.
📋 Test natijalari hisoblangandan so‘ng test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari magistr.dtm.uz sayti orqali e’lon qilinadi.