Bilimni baholash agentligi
112K subscribers
3.29K photos
526 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
​​⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari

📌 2021-2022-o‘quv yili
uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

1️⃣ magistr.dtm.uz sayti orqali:

magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «​​⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 📌 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Imtihonlarda ishtirok…»
Forwarded from BFAUZ via @like
Внимание абитуриент-2021!

Банковско – финансовая академия Республики Узбекистан принимает абитуриентов набравших более 114 баллов на испытаниях Государственного тестового центра по:
- математике,
- английскому и русскому языкам.

Стоимость контракта составляет – 25 564 тыс. сум в год (может быть оплачен работодателем).

Порядок ваших действий:
1.Зарегистрируйтесь на сайте qabul.bfa.uz ;
2.Загрузите скриншот страницы с результатами теста;
3.Пройдите собеседование с потенциальными работодателями;
4.Станьте студентом опорного вуза банковско-финансовой системы.

Достоинства обучения в Банковско-финансовой академии:
1.Инновационная программа обучения;
2.Преподаватели-практики, эксперты в бизнесе;
3.Ежемесячные личные встречи с руководителями банков;
4.Единственный в стране диплом ВВА по банковскому делу;
5.Обучение одновременно на узбекском, русском и английском языках;

Контакты:
https://t.iss.one/bfauz
Чатбот @BFA_uz_bot
71 237 54 09
71 237 53 16
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

📋 Davlat test markazida 7-sentabrdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etildi.

👨🏻‍🎓 4 smenada jami 598 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 198 nafari jarayonda ishtirok etdi, 400 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Magistratura uchun chet tili fanidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

🔰 Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining Magistratura” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar talabgor haqiqatdan ham chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

☑️ Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning ikkinchi kuni yakunlandi

📋 Davlat test markazida 8-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish to‘rt smenada tashkil etildi.

👨🏻‍🎓 To‘rt smenada jami 600 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 161 nafari jarayonda ishtirok etdi, 439 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kirish imtihonlari qanday o'tdi?

Bu yilgi kirish imtihonlari shaffof bo'ldimi? Ularni takomillashtirish uchun nima taklif berasiz?
Hamkor: Davlat test markazi

O'z fikringizni bildiring: @UReportUzbBot

MA’LUMOT UCHUN:
O‘tgan yili o‘tkazilgan U-Report so‘rovi natijasi asosida, DTM 2021-yilda abituriyentlarni ro‘yxatga olishni to‘liq onlayn amalga oshirdi (2020-yilda U-Reportyorlarning 75%i shunga ovoz bergandi).

___________
Как прошли вступительные экзамены?

Были ли вступительные экзамены в этом году прозрачными? Что бы Вы предложили, чтобы улучшить этот процесс?
Партнер: Государственный центр тестирования

Выражайте своё мнение: @UReportUzbBot

ДЛЯ ИНФОРМАЦИИ:
по результатам опроса U-Report, проведенного в прошлом году, ГЦТ перевёл регистрацию абитуриентов в этом году полностью на онлайн (за это голосовали 75% Ю-Репортёров).
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning uchinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 9-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

📌 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish to‘rt smenada tashkil etildi.

To‘rt smenada jami 615 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 176 nafari jarayonda ishtirok etdi, 439 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Yolg‘on va asossiz ma’lumotlarga ishonmang!

📣 Joriy yil 9-sentabr kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” nomli telegram kanalida “DTM menejeri” nomi bilan minglab abituriyentlarga tegishli telefon raqamlari pullanayotganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

📌 Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizku, Davlat test markazida bunday shaxs ishlamaydi va abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlari fuqarolarga, o‘quv markazlariga yoki turli konsalting firmalarga, umuman uchinchi shaxsga berilmaydi.

Quyidagi rasmda keltirilgan ma’lumot yolg‘on va asossiz bo‘lib, fuqarolardan turli asossiz va yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini hamda tovlamachilar tuzog‘iga tushib qolmasliklarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning to‘rtinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 10-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

📌 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish to‘rt smenada tashkil etildi.

To‘rt smenada jami 800 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 217 nafari jarayonda ishtirok etdi, 583 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning beshinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 11-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

📌 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish ikki smenada tashkil etildi.

Ikki smenada jami 400 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 122 nafari jarayonda ishtirok etdi, 278 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Minimal o‘tish bali

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

📌 Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 33,3 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar hamda uchta majburiy fan bo‘yicha test sinovida ishtirok etmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

🔰 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar talabgor haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

☑️ Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 13-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

📌 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish bir smenada tashkil etildi.

Bir smenada jami 147 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 40 nafari jarayonda ishtirok etdi, 107 nafari ishtirok etmadi.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish 14-sentabrga qadar davom etadi va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayoni 17-sentabr kuni davom ettiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

📆 2021-yil 5-sentabr kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar qabul qilnadi.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi hamda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish ham 14-sentabr kuni yakunlanadi.

📌 Shu sababli, mazkur test sinovlarida ishtirok etgan va o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar bugun (14-sentabr) 23:59 ga qadar apellatsiya arizasi berishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalari Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi

Bu yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi

📌 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.

Mazkur muddat davomida test sinovida ishtirok etgan 5 121 nafar talabgor onlayn tarzda apellatsiya arizasi topshirdi. Jumladan:

👉 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha - 3 759 nafar;

👉 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha - 1 205 nafar;

👉 Magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi bo‘yicha - 157 nafar.

📋 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 13-sentabrga qadar 3 ming nafardan ziyod abituriyentning apellatsiya arizalari ko‘rib chiqildi.

📆 Qolgan talabgorlarning apellatsiya arizalari 17-18-sentabr kunlari talabgorlarga taqdim etilgan xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtlarda ko‘rib chiqiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish

Hozirda abituriyentlar, talabalar hamda ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha minimal o‘tish bali, o‘tish balidan past ball to‘planganda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kabi turli masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tabaqalashtirilgan to‘lov-konrakt miqdorini belgilash va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.

Shu sababli tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar Davlat test markaziga emas, balki oliy ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Shu o‘rinda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar va ularning ota-onalarini mazkur masala yuzasidan Davlat test markaziga yuborish o‘rniga qonunchilik asosida kerakli tushuncha va ma’lumotlarni berishni tavsiya qiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

📌
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 18-sentabrga qadar davom etdi.

Mazkur muddat davomida jami 5 121 nafar talabgordan 1 388 nafari ishtirok etdi, 3 733 nafari esa ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube