Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.29K photos
526 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 26-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 118 422 nafar.

🏫 Shundan:

🔸 387 351 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 731 071 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 583 682 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 502 264 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 25 295 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 7 181 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 129 275 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 123 185 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 107 551 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 101 920 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 96 658 nafar.
6️⃣ Andijon viloyati — 73 483 nafar.
7️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 71 215 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 71 082 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 67 172 nafar.
🔟 Toshkent shahri — 63 718 nafar.
1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati — 63 062 nafar.
1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati — 59 212 nafar.
1️⃣3️⃣ Navoiy viloyati — 49 698 nafar.
1️⃣4️⃣ Sirdaryo viloyati — 41 191 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi

📆 2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari O‘zbekistonda ilk bor davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikma bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi va abituriyentlar o‘zlari tanlagan hududda imtihonlarda ishtirok etdi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib, uning:

🔹 1-bosqichi (yozma qismi) 23-24-25-iyul kunlari qog‘oz shaklda;
🔹 2-bosqichi esa 24-25-26-iyul kunlari elektron tarzda bo‘lib o‘tdi.

📌 Bunda abituriyentlar imtihonning 1-bosqichi (yozma qismi) o‘tkazilgan kunning ertasiga 2-bosqich (gapirish) imtihonlarida ishtirok etdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

📚 Imtihonlar 11 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

📆 Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan imtihon topshirmaydi. Ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

Bugun
oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatga olinadi.

❇️ Abituriyentlar kun yakuniga qadar ro‘yxatdan o‘tish bilan birga o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni hamda ta’lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘lishni tavsiya qiladi.

📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/v1bzwnBPaxI

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 27-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 186 343 nafar.

🏫 Shundan:

🔸 392 789 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 793 554 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 604 156 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 547 435 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 26 796 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 7 956 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 137 296 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 130 400 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 113 721 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 107 766 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 103 369 nafar.
6️⃣ Andijon viloyati — 77 737 nafar.
7️⃣ Namangan viloyati — 75 786 nafar.
8️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 74 711 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 72 088 nafar.
🔟 Toshkent shahri — 67 152 nafar.
1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati — 66 341 nafar.
1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati — 62 789 nafar.
1️⃣3️⃣ Navoiy viloyati — 53 032 nafar.
1️⃣4️⃣ Sirdaryo viloyati — 44 154 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 4️⃣ soat qoldi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2022 #Statistika
⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

👨🏻‍🎓 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

🏫 Shundan:

🔸 395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.

📍 Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 133 610 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 116 251 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar.
6️⃣ Andijon viloyati — 79 235 nafar.
7️⃣ Namangan viloyati — 77 607 nafar.
8️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 74 346 nafar.
🔟 Toshkent shahri — 68 545 nafar.
1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati — 67 663 nafar.
1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati — 64 351 nafar.
1️⃣3️⃣ Navoiy viloyati — 54 512 nafar.
1️⃣4️⃣ Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat

👨🏻‍💻 2022-yil 27-iyul
kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

📣 27-iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

📆 Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube