Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.29K photos
526 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Qabul2022
Chet tili sertifikatlarining 1000 dan ziyodi o‘z tasdig‘ini topmadi

🔰 Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

🖥 Buning uchun abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadilar va ularning sertifikatlari mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.

👨🏻‍💻 Joriy yilgi abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayonida abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ziyod chet tili sertifikati tizimga yuklandi.

Sertifikatlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan tekshirilganda 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlandi (ularning aksariyati chet tili sertifikati emas).

Shuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekanligi aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

🔖 Qalbakilashtirilgan sertifikatlarning 44 tasi IELTS, 9 tasi milliy, 2 tasi HSK, 1 tasi TOEFL iBT sertifikatidir.

Qayd etish kerakki, joriy yilda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega (sertifikatlari tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 116 tani tashkil etdi. Bu 2021-yilga nisbatan 17 468 taga yoki 2,6 barobarga ko‘p (2021-yilda 10 648 ta).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul boshlandi

2022-yil 1-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Adliya vazirligining yuridik texnikumlari” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar 20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, mutaxassislik fanlarining bittasidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ham mavjud (misol uchun, jurnalistika yo‘nalishlari).

Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladi va imtihonlarning qachon, qayerda o‘tkazilishi oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

Shu sababli fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan oliy ta’lim muassasasi bilan bog‘langan holda yoki OTMning rasmiy sahifalari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda Davlat test markazi ishtirok etmaydi va kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar Davlat test markazi tomonidan shakllantirilmaydi (6 ta OTMga kirishdagi chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bundan mustasno).

Test sinovlari uchun ruxsatnomalar esa yaqin kunlarda my.dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani

📆 2022-yil 2-avgust kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari va chet tillaridan bo‘lib o‘tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar

Ishtirokchilar:

🎙 F.Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
🎙 J.Nurmatov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
🎙 O.Boboyev – Davlat test markazi axborot xizmati rahbari.
🎙 Q.Niyazxadjayev – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakili.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz.

📹
Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali jonli efirga uzatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari va chet tillaridan bo‘lib o‘tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali efirga uzatilmoqda.
#MatbuotAnjumani #Qabul2022 #Statistika
⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 1 146 744 nafarni tashkil etdi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 585 669 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 528 839 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 25 369 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 867 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔸 O‘zbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar.
🔸 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar.
🔸 Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar.
🔸 Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar.
🔸 Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.

📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 125 717 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 107 923 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 104 201 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Qabul2022 #Statistika
Test sinovlari o‘tkaziladigan joylar

Test sinovlarini o‘tkazish uchun 58 ta stadion va xiyobon tayyorlanmoqda. Bunda

🔹 1 smenada 1 614 ta guruhda 48 420 nafar;
🔹 1 kunda (2 smenada) 3 228 ta guruhda 96 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

👩‍🏫 Test sinovlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlari guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.

Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
⚡️ Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2022
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📥 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

📆 Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

📌 Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olgan abituriyentlar soni 400 000 nafardan oshdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Imtihon natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

🖥 Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, 120 ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 2022-yil 4-6-avgust kunlari my.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.dtm.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng apellatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellatsiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2022
⚡️ mandat.dtm.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi

🖥 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini ko‘rishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi;
👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).

❇️ Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abituriyentlar diqqatiga!

Bugun, 5-avgust kuni soat 17:00 dan 18:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan stadion yoki xiyobon (Botanika bog‘i va Paxtakor stadionidan tashqari) ga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

Bugun talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Порядок проведения тестовых испытаний

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Официальные страницы ГЦТ:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
Test sinovlarini o‘tkazish tartibi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abituriyentlar uchun test sinovlaridan oldin ovozli chat marafoni

Suhbatdoshimiz:

Madjit Karimov - Davlat test markazi direktori

Boshlanish vaqti: bugun, soat 10:00

O’tkazilish joyi:
👉 @xushnudbek 👈

Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bergan talabalar diqqatiga!

📆 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar kuni xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.

Mazkur muddat davomida onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalar 8-avgustga qadar qayta ariza yuborishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
Test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar

📌 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Sektor raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar:
👉 dtm.uz/page/test_2022

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Работа с тестовыми материалами

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Официальные страницы ГЦТ:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube