Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.28K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
O‘qituvchilar uchun maqsadli kvota - 2022.pdf
93.5 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani - 2022.pdf
45 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul parametrlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

🔰 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

📌 Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

👩‍🏫 Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xotin_qizlar_uchun_ajratilgan_kvota_va_yo‘nalishlar_ro‘yxati_2022.pdf
473.2 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

🔰
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

📌 Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nogironligi bo‘lgan shaxslar - 2024.pdf
230.8 KB
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

Jami: 3 898 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 kunduzgi2 560 ta;
🔹 sirtqi1 043 ta;
🔹 kechki183 ta;
🔹 masofaviy112 ta.



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf
229.7 KB
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota

“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

Jami: 1 949 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 kunduzgi1 280 ta;
🔹 sirtqi521 ta;
🔹 kechki92 ta;
🔹 masofaviy56 ta.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti

Jami: 2 439 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 Milliy gvardiya – 697 ta;
🔹 Mudofaa vazirligi – 775 ta;
🔹 Harbiy prokuratura – 9 ta;
🔹 Ichki ishlar vazirligi – 174 ta;
🔹 Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 226 ta;
🔹 Davlat xavfsizlik xizmati – 488 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 35 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi – 35 ta.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
151.7 KB
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Jami: 1 742 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari uchun amal qiladi.



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bojxona organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
166.4 KB
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota

Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Jami: 697 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi - 2024.pdf
277.5 KB
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

Jami: 9 745 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 kunduzgi6 400 ta (grant - 1 742, kontrakt - 4 658);
🔹 sirtqi2 606 ta (kontrakt);
🔹 kechki458 ta (kontrakt);
🔹 masofaviy281 ta (kontrakt).

❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar uchun davlat granti - 2024_.pdf
177 KB
Xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota va sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari
#abituriyent #kvota

Ehtiyojmand oilalardagi xotin
-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti hududlar va sohalar kesimida tasdiqlandi.

Jami: 2 000 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 Aniq va tabiiy fanlar – 453;
🔹 Texnika fanlari – 253;
🔹 Tibbiyot fanlari – 301;
🔹 Boshqa yo‘nalishlar – 993.

Hududlar bo‘yicha:

🔸 Qoraqalpog‘iston
Respublikasi – 111;
🔸 Andijon viloyati – 183;
🔸 Buxoro viloyati – 112;
🔸 Jizzax viloyati – 81;
🔸 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔸 Navoiy viloyati – 60;
🔸 Namangan viloyati – 165;
🔸 Samarqand viloyati – 227;
🔸 Surxondaryo viloyati – 155;
🔸 Sirdaryo viloyati – 50;
🔸 Toshkent viloyati – 177;
🔸 Farg‘ona viloyati – 221;
🔸 Xorazm viloyati – 110;
🔸 Toshkent shahri – 155.

❗️ Diqqat!
Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

📝 Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Besh yil stajga ega xotin-qizlar (yo‘nalishlar) - 2024_.pdf
167.9 KB
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
#abituriyent #kvota

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.

Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.

Ma’lumki, joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan.

Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).

‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.

PS. Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM