Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.29K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Bugun Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport ta’limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport universiteti, respublika malaka oshirish hamda sport ilmiy-tadqiqot institutlarining roli umuman sezilmayotgani qayd etildi.

Shu bois mutasaddilarga:

👉 olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni jismoniy va ruhiy tayyorlash, ularni sog‘lom ovqatlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

👉 kelgusi o‘quv yilidan boshlab Jismoniy tarbiya va sport universitetida sport diyetologiyasi, muhandisligi va kardiomashg‘ulotlar, Tibbiyot akademiyasida sport meditsinasi va farmakologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

👉 yiliga kamida 20 nafar mahalliy trener, sport shifokori va boshqa mutaxassislarni xorijda malaka oshirish tizimini joriy etsin;

👉 Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, uni takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 10-sinf o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etishlari mumkinmi?

Javob: Abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidanizom asosida amalga oshiriladi.

Mazkur nizomga muvofiq talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) ni taqdim etishlari lozim.

Shuningdek, my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlaridan biri orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.

Maktabning 10-sinfida yoki akademik litseylarning 1-bosqichida tahsil olayotgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatmagan hisoblanadi.

Shu sababli ular oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin emas.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 26-27-aprel hamda 10-14- va 16-may kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: Aptis for teachers sertifikati oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda maksimal ball berish uchun asos bo‘ladimi?

Javob: Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda chet tilidan sertifikatlarni inobatga olish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori asosida amalga oshiriladi.

🔰 Unga ko‘ra test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

📋 Maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar:

👉 ingliz tili – milliy sertifikat, IELTS (IELTS 5,5), TOEFL (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill;
👉 yapon tili – milliy sertifikat, JLPT № 2;
˗👉 nemis tili – milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF;
👉 fransuz tili – milliy sertifikat, DELF, TCF4;
👉 boshqa tillar – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari.

Mazkur qarorda maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar qatorida “O‘qituvchilar uchun Aptis” (Aptis for teachers) keltirilmagan. O‘z nomidan ham ma’lumki, mazkur imtihon o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan va oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda maksimal ball berish uchun asos bo‘lmaydi.

Eslatma: Toshkent davlat yuridik universiteti uchun IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarda writing moduli 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrigi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Akademik litseylar o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 28-29-aprel kunlari akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari (yozma qismi) bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan o‘quvchilar uchun 17-25-may kunlari (22-maydan tashqari) gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha akademik litseylarning 3 700 nafardan ziyod bitiruvchi bosqich o‘quvchilari ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat

📆
2022-yil 27-may (juma) kuni 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chatda asosiy spiker sifatida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etadi.

Unda Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari

🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun) va test namunalari (ingliz tilidan) joylashtirilgan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

📋 https://dtm.uz/page/format_kasbiy
📚 https://dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream scheduled for
Live stream started
#Ovozli_chat #Live
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda asosiy spiker sifatida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etmoqda.

Unda Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?livestream

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (1 hour)
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 26-27-28-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 4 264 nafar talabgordan 4 096 nafari ishtirok etdi, 168 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube