⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi
✅ Davlat test markazi tomonidan joriy yil boshida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.
📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.
❕ Lekin Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan ko‘plab test sinovlariga qisqa vaqt qolgani sababli Davlat test markazi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmatini to‘xtatish zarurati yuzaga kelmoqda.
📅 Shu sababli my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 30-may kuni 10:00 da yakunlanishini ma’lum qilamiz.
👨🏻💻 Bunda e-DTM tizimi ishlashda davom etadi va talabgorlar @e_dtm_bot telegram boti orqali test materiallariga onlayn buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Расмий хабарлар I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.
Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Ovozli chat 2022-yil 27-may
Davlat test markazi
#Ovozli_chat #Audio
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat audiosi
📆 2022-yil 27-may kuni Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat o‘tkazildi.
✅ Ochiq muloqot davomida chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon, milliy sertifikat, OTMlarga kirish, xorijdan o‘qishni ko‘chirish kabi test sinovlari va Davlat test markazi faoliyatiga oid boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov va tegishli boshqarma boshliqlari tomonidan aniq va batafsil javob berildi.
🎙 Ovozli chatda ishtirok eta olmaganlar uchun ovozli chatning audio yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Yolg‘on ma’lumotlarga ishonmang
👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/yolg-on-ma-lumotlarga-ishonmang
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/yolg-on-ma-lumotlarga-ishonmang
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi
⏳ 2022-yil 31-may kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.
✅ Unda talabgorlarning publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnlarni o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, fikrlarini yozma bayon qilish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.
🖥 Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

⚡️ e-DTM tizimi takomillashtirildi
📋 Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarning fikrini bilish maqsadida Davlat test markazining rasmiy telegram kanalida e-DTM tizimi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.
📗 Mazkur so‘rovnomada ko‘pchilik tomonidan test topshiriqlariga har bir fan bo‘yicha alohida buyurtma berish o‘rniga 5 ta fan bo‘yicha bitta kitob holida buyurtma berish qulay ekanligi ma’lum qilindi.
✅ Shu sababli abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida e-DTM tizimi (@e_dtm_bot telegram boti) takomillashtirilib, test topshiriqlariga buyurtma berish yanada osonlashtirildi.
👨💻 Endilikda abituriyentlar @e_dtm_bot telegram boti orqali 1- va 2-mutaxassislik fanlarini tanlagan holda 2 ta mutaxassislik fani va 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlarini yagona kitob holida buyurtma qilishlari mumkin.
📚 Bunda bir vaqtning o‘zida bir nechta test topshiriqlari kitobiga buyurtma berish imkoniyati mavjud.
⏱ Natijalarni esa mazkur bot orqali onlayn tarzda shu zahotiyoq bilib olish mumkin.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Butunjahon konferensiyasida 1-iyun bolalarni himoya qilish kuni sifatida belgilangan bo‘lib, 1950-yildan boshlab bayram sifatida nishonlab kelinadi.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.
Davlat test markazi bugungi bayram munosabati bilan barcha bolajonlarimizni, ularning ota-onalarini, murabbiy va ustozlarini, qo‘yingki, butun xalqimizni samimiy tabriklaydi!

#bilasizmi #qabul2022
Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?
🔹 Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.
🔹 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.
❕ Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

#Ovozli_chat
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat
📆 2022-yil 3-iyun (juma) kuni 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi.
🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi boshqarma boshliqlari Bekzod Toshpo‘latov va Javlonbek Nurmatov hamda yuridik byuro boshlig‘i Guljahon Madrahimova spiker sifatida ishtirok etadi.
✅ Unda Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savollarga javob beriladi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Malaka oshirish kurslariga qabul davom etmoqda
✅ Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda.
🖥 Ayni vaqtda chet tili mutaxassislari uchun mo‘ljallangan 3 turdagi malaka oshirish kurslariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda:
👉 Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi;
👉 Arab tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi;
👉 Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha malaka oshirish kursi.
📆 Malaka oshirish kurslari 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘zbek tilida olib boriladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga shartnoma asosida ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
❇️ Malaka oshirish kurslari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan Ilmiy-o‘quv amaliy markazining rasmiy telegram kanalida tanishish mumkin: @dtmilmiymarkaz.

#Ovozli_chat #Live
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat boshlandi
🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi boshqarma boshliqlari Bekzod Toshpo‘latov va Javlonbek Nurmatov hamda yuridik byuro boshlig‘i Guljahon Madrahimova spiker sifatida ishtirok etmoqda.
✅ Unda Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savollarga javob beriladi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.
🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?livestream

⚡️ Akademik litseylarda o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2022-yil 28-29-aprel (yozma) va 17-25-may (gapirish) kunlari o‘tkazilgan akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
🏫 Test natijalari maxsus platforma orqali akademik litseylarga taqdim etilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.
📋 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarning sertifikatlari elektron shaklda maxsus platformaga joylashtirilgan bo‘lib, akademik litsey ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarga yetkaziladi.
📌 Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tili fanidan (fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa) imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.