Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.28K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Sayyor_qabul
Sayyor qabullar davom etmoqda

2022-yil 18-may kuni Sirdaryo viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan navbatdagi sayyor qabullar o‘tkazildi.

👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sayyor-qabullar-davom-etmoqda6

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi grafigi (2022-yil iyun)

Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazib kelinmoqda.

📍 “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovini iyun oyida Guliston, Jizzax, Termiz, Qarshi, Toshkent, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Urganch shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari kamaydimi?

Javob: Qayd etish lozimki, qabul parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Bu masala Davlat test markazi vakolatiga kirmasada, ko‘pchilikda tushunmovchilik bo‘layotgani sababli quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:

Ma’lumki, 2022-yil 17-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur qaror loyihasiga e’tibor qaratilsa, uning 2-bandida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanishi qayd etilgan.

Shuningdek, qaror loyihasining ilovalaridan ko‘rish mumkinki, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida faqatgina davlat granti asosidagi qabul parametrlari ko‘rsatilgan. To‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari esa ko‘rsatilmagan.

Qaror loyihasida mazkur oliy ta’lim muassasalari uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining keltirilmagani qabul parametrlari kamaytirilibdi degan yanglish fikrga olib kelmasligi lozim.

Albatta, qabul parametrlari qanchalik o‘zgarganini barcha oliy ta’lim muassasalari uchun qabul parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng bilish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mazkur imtihonning Davlat test markaziga hech qanday aloqasi yo‘q.

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari bilan Davlat test markazining e-DTM tizimi (@e_dtm_bot telegram boti) orqali onlayn tarzda va my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma bergan holda tanishishlari hamda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Boshqa barcha sayt va telegram botlardagi diagnostik test sinovi bilan bog‘liq xizmatlarning Davlat test markaziga hech qanday aloqasi yo‘q.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2022-yil 18-may kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov test sinovining maqsadi va savollar nima asosida tuzilishi haqida ma’lumot berdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2023-yildan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquq fanidan test sinovi topshirilar ekan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga kirishda ham huquq fanidan test topshiriladimi?

Mazkur savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2023-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari qaysi fanlar asosida tuziladi?

Mazkur savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat test markazida mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlov

Davlat test markazi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

👉 Vakant lavozimlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

📆 Hujjatlar 2022-yil 27-maygacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

👨‍💻 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma;

🖥 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Guruh nazoratchi sifatida jalb etiladigan nomzodlar saralanmoqda

2022-2023-o‘quv yilida respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etadigan nomzodlarni saralash ishlari davom etmoqda.

Belgilangan dastur asosida 2022-yil 18-20-may kunlari xalq ta’limi va professional ta’lim tizimi hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari va saralash test sinovlari o‘tkazildi.

Bu o‘quv-seminar mashg‘ulotlarining 2-bosqichi bo‘lib, 1-bosqichi joriy yilning 24-28-mart kunlarida o‘tkazilgan edi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotlarining 2-bosqichi va saralash test sinovida respublika bo‘yicha jami 4 633 nafar nomzod ishtirok etdi.

Guruh nazoratchiligiga nomzodlarni saralab olishning keyingi bosqichini suhbat asosida iyun oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

Test sinovida qoidani buzgan abituriyentlar test sinovidan bir necha yilga chetlatilishi to‘g‘rimi?

Bu bo‘yicha Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi yuridik byuro boshlig‘i Guljahon Madrahimova va direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov tomonidan to‘liq ma’lumot berildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-28-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

👨‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport ta’limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport universiteti, respublika malaka oshirish hamda sport ilmiy-tadqiqot institutlarining roli umuman sezilmayotgani qayd etildi.

Shu bois mutasaddilarga:

👉 olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni jismoniy va ruhiy tayyorlash, ularni sog‘lom ovqatlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

👉 kelgusi o‘quv yilidan boshlab Jismoniy tarbiya va sport universitetida sport diyetologiyasi, muhandisligi va kardiomashg‘ulotlar, Tibbiyot akademiyasida sport meditsinasi va farmakologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

👉 yiliga kamida 20 nafar mahalliy trener, sport shifokori va boshqa mutaxassislarni xorijda malaka oshirish tizimini joriy etsin;

👉 Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, uni takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube