Bilimni baholash agentligi
115K subscribers
3.3K photos
535 videos
144 files
3.86K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
OTMlarga_kirishdagi_imtiyozlar_2022-yil.pdf
3.8 MB
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar

Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

🗓 Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

📋 Abituriyentlarga imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladi.

🏢 Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Siz uchun ovozli chatni qanday holatda o‘tkazish qulay?
Anonymous Poll
26%
Video bilan (trafik ko‘proq ketishi mumkin)
29%
Videosiz (trafik kam ketadi)
45%
Ikkisi ham qulay
Live stream scheduled for
Live stream started
#Ovozli_chat #Live
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda asosiy spiker sifatida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etmoqda.

Unda Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?livestream

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (56 minutes)
Davlat test markazi 13.05.2022
Davlat test markazi
#Ovozli_chat #Audio
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat audiosi

📆
2022-yil 13-may kuni Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida milliy sertifikat, OTMlarga kirish, xorijdan o‘qishni ko‘chirish kabi test sinovlari va Davlat test markazi faoliyatiga oid boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov va tegishli boshqarma boshliqlari tomonidan aniq va batafsil javob berildi.

🎙 Ovozli chatda ishtirok eta olmaganlar uchun ovozli chatning audio yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 26-27-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 10-14- va 16-may kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis, fransuz va arab tillari bo‘yicha 2 706 nafar talabgor ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

🖥 Test natijalari 23-may kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida umumiy qancha vaqt ajratiladi?

Javob: Davlat komissiyasining 13-son bayoniga muvofiq joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi

📆 2022-yil 17-may kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining navbatdagi aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

📌 Test topshiriqlari aprobatsiyasi Davlat test markazi tomonidan Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.

📚 Unda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan hamda matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.

❇️ Aprobatsiyada akademik litsey, ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ming nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Sirdaryo viloyatida sayyor qabul

📋 Davlat test markazi rahbariyati tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabullar 18-may kuni Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar:

👉 10:00 da – Guliston shahridagi Prezident xalq qabulxonasida;
👉 12:00 da – Mirzaobod tumanidagi 6-son Musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani
Test sinovlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha matbuot anjumani

📆 2022-yil 18-may kuni 15:00 da Milliy matbuot markazida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati

Ishtirokchilar:

🎙 Sardor Rajabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
🎙 Farxod Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
🎙 Zafarbek Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
🎙 Guljahon Madrahimova – Davlat test markazi yuridik byuro boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi

🔰 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasi e’lon qilindi.

🖥 Qaror loyihasida O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida davlat buyurtmasi parametrlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarini:

1️⃣ bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

👉 kunduzgi ta’lim shakliga – 76 728 nafar;
👉 sirtqi ta’lim shakliga – 27 365 nafar;
👉 kechki ta’lim shakliga – 2 575 nafar;
👉 masofaviy ta’lim shakliga – 3 610 nafar;

2️⃣ magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 11 082 nafar;

3️⃣ xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 100 nafar etib tasdiqlash taklif etilmoqda.

📆 Shuningdek, qaror loyihasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab:

👉 barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlarini faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlash;

👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlarini esa oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash taklif etilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin

🔰 “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

👉 moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;

👉 davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

👉 abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

👉 bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunidan 5-iyuliga qadar (5-iyul kuni ham) amalga oshiriladi;

👉 test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube