#SavollargaJavoblar #qabul2022
❔ Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida umumiy qancha vaqt ajratiladi?
✅ Javob: Davlat komissiyasining 13-son bayoniga muvofiq joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.
Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.
Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

❔ Savol: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari kamaydimi?
✅ Javob: Qayd etish lozimki, qabul parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Bu masala Davlat test markazi vakolatiga kirmasada, ko‘pchilikda tushunmovchilik bo‘layotgani sababli quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:
Ma’lumki, 2022-yil 17-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi.
Mazkur qaror loyihasiga e’tibor qaratilsa, uning 2-bandida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanishi qayd etilgan.
Shuningdek, qaror loyihasining ilovalaridan ko‘rish mumkinki, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida faqatgina davlat granti asosidagi qabul parametrlari ko‘rsatilgan. To‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari esa ko‘rsatilmagan.
Qaror loyihasida mazkur oliy ta’lim muassasalari uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining keltirilmagani qabul parametrlari kamaytirilibdi degan yanglish fikrga olib kelmasligi lozim.
Albatta, qabul parametrlari qanchalik o‘zgarganini barcha oliy ta’lim muassasalari uchun qabul parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng bilish mumkin.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar
2022-yil 18-may kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov test sinovining maqsadi va savollar nima asosida tuzilishi haqida ma’lumot berdi.

2023-yildan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquq fanidan test sinovi topshirilar ekan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga kirishda ham huquq fanidan test topshiriladimi?
Mazkur savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

2023-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari qaysi fanlar asosida tuziladi?

Test sinovida qoidani buzgan abituriyentlar test sinovidan bir necha yilga chetlatilishi to‘g‘rimi?
Bu bo‘yicha Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi yuridik byuro boshlig‘i Guljahon Madrahimova va direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov tomonidan to‘liq ma’lumot berildi.

❔ Savol: 10-sinf o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etishlari mumkinmi?
✅ Javob: Abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur nizomga muvofiq talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) ni taqdim etishlari lozim.
Shuningdek, my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlaridan biri orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.
Maktabning 10-sinfida yoki akademik litseylarning 1-bosqichida tahsil olayotgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatmagan hisoblanadi.
Shu sababli ular oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin emas.

❔ Savol: Aptis for teachers sertifikati oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda maksimal ball berish uchun asos bo‘ladimi?
✅ Javob: Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda chet tilidan sertifikatlarni inobatga olish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori asosida amalga oshiriladi.
🔰 Unga ko‘ra test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
📋 Maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar:
👉 ingliz tili – milliy sertifikat, IELTS (IELTS 5,5), TOEFL (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill;
👉 yapon tili – milliy sertifikat, JLPT № 2;
˗👉 nemis tili – milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF;
👉 fransuz tili – milliy sertifikat, DELF, TCF4;
👉 boshqa tillar – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari.
❕ Mazkur qarorda maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar qatorida “O‘qituvchilar uchun Aptis” (Aptis for teachers) keltirilmagan. O‘z nomidan ham ma’lumki, mazkur imtihon o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan va oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda maksimal ball berish uchun asos bo‘lmaydi.
Eslatma: Toshkent davlat yuridik universiteti uchun IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarda writing moduli 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

❔ Savol: 2021-yildagi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
✅ Javob: 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha o‘tish ballari bilan Davlat test markazining mandat.dtm.uz sayti orqali tanishish mumkin.
👉 Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari: https://mandat.dtm.uz/BallVuz/Index
👉 Imtiyozlar doirasida o‘tish ballari: https://mandat.dtm.uz/Imtiyoz/Index
Shuningdek, mazkur saytda hududlar kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganlar soni, o‘rtacha ballar, quyi chegara ballar kabi ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan.

#SavollargaJavoblar #Qabul2022
❔ Savol: Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomalar qancha muddat davomida amal qiladi?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tavsiyanomalar oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yilga beriladi.
❕ Lekin 2020-yilda berilgan tavsiyanomalar rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran 3 yil muddat davomida kuchga ega bo‘lishi belgilangan.
📆 Demak, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarning amal qilish muddati quyidagicha:
👉 2020-yilda berilgan tavsiyanomalar — 3 yil;
👉 2021-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil;
👉 2022-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil.
Izoh: tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.

❔ Savol: Diagnostik test topshiriqlariga qanday buyurtma berish mumkin? Diagnostik test topshiriqlarini qayerdan olsak bo‘ladi?
✅ Javob: Davlat test markazi tomonidan e-DTM tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, abituriyentlar mazkur tizim orqali diagnostik test topshiriqlarini ishlab, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
📥 Buning uchun abituriyentlar @e_dtm_bot telegram boti orqali 1- va 2-mutaxassislik fanlarini tanlaydilar hamda 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlarini yagona kitob holida yuklab oladilar.
📚 Bunda bir vaqtning o‘zida bir nechta test topshiriqlari kitobiga buyurtma berish imkoniyati mavjud bo‘lib, test variantlariga 3 xil tilda – o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida buyurtma berish mumkin.
⏱ Natijalarni esa mazkur bot orqali onlayn tarzda shu zahotiyoq bilib olish imkoniyati mavjud.