Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.28K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi

📆 2022-yil 17-may kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining navbatdagi aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

📌 Test topshiriqlari aprobatsiyasi Davlat test markazi tomonidan Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.

📚 Unda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan hamda matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.

❇️ Aprobatsiyada akademik litsey, ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ming nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Sirdaryo viloyatida sayyor qabul

📋 Davlat test markazi rahbariyati tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabullar 18-may kuni Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar:

👉 10:00 da – Guliston shahridagi Prezident xalq qabulxonasida;
👉 12:00 da – Mirzaobod tumanidagi 6-son Musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani
Test sinovlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha matbuot anjumani

📆 2022-yil 18-may kuni 15:00 da Milliy matbuot markazida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati

Ishtirokchilar:

🎙 Sardor Rajabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
🎙 Farxod Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
🎙 Zafarbek Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
🎙 Guljahon Madrahimova – Davlat test markazi yuridik byuro boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi

🔰 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasi e’lon qilindi.

🖥 Qaror loyihasida O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida davlat buyurtmasi parametrlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarini:

1️⃣ bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

👉 kunduzgi ta’lim shakliga – 76 728 nafar;
👉 sirtqi ta’lim shakliga – 27 365 nafar;
👉 kechki ta’lim shakliga – 2 575 nafar;
👉 masofaviy ta’lim shakliga – 3 610 nafar;

2️⃣ magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 11 082 nafar;

3️⃣ xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 100 nafar etib tasdiqlash taklif etilmoqda.

📆 Shuningdek, qaror loyihasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab:

👉 barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlarini faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlash;

👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlarini esa oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash taklif etilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin

🔰 “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

👉 moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;

👉 davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

👉 abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

👉 bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunidan 5-iyuliga qadar (5-iyul kuni ham) amalga oshiriladi;

👉 test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Sayyor qabullar davom etmoqda

2022-yil 18-may kuni Sirdaryo viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan navbatdagi sayyor qabullar o‘tkazildi.

👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sayyor-qabullar-davom-etmoqda6

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi grafigi (2022-yil iyun)

Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazib kelinmoqda.

📍 “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovini iyun oyida Guliston, Jizzax, Termiz, Qarshi, Toshkent, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Urganch shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari kamaydimi?

Javob: Qayd etish lozimki, qabul parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Bu masala Davlat test markazi vakolatiga kirmasada, ko‘pchilikda tushunmovchilik bo‘layotgani sababli quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:

Ma’lumki, 2022-yil 17-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur qaror loyihasiga e’tibor qaratilsa, uning 2-bandida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanishi qayd etilgan.

Shuningdek, qaror loyihasining ilovalaridan ko‘rish mumkinki, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida faqatgina davlat granti asosidagi qabul parametrlari ko‘rsatilgan. To‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari esa ko‘rsatilmagan.

Qaror loyihasida mazkur oliy ta’lim muassasalari uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining keltirilmagani qabul parametrlari kamaytirilibdi degan yanglish fikrga olib kelmasligi lozim.

Albatta, qabul parametrlari qanchalik o‘zgarganini barcha oliy ta’lim muassasalari uchun qabul parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng bilish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mazkur imtihonning Davlat test markaziga hech qanday aloqasi yo‘q.

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari bilan Davlat test markazining e-DTM tizimi (@e_dtm_bot telegram boti) orqali onlayn tarzda va my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma bergan holda tanishishlari hamda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Boshqa barcha sayt va telegram botlardagi diagnostik test sinovi bilan bog‘liq xizmatlarning Davlat test markaziga hech qanday aloqasi yo‘q.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2022-yil 18-may kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov test sinovining maqsadi va savollar nima asosida tuzilishi haqida ma’lumot berdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2023-yildan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquq fanidan test sinovi topshirilar ekan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga kirishda ham huquq fanidan test topshiriladimi?

Mazkur savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2023-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari qaysi fanlar asosida tuziladi?

Mazkur savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube