Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.28K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
​​⚡️ Chet tillar o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 14-15-aprel (yozma) hamda 18-25-aprel (gapirish) kunlari o‘tkazilgan chet tillar o‘qituvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Shuningdek, test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan chet tillar o‘qituvchilari tegishli ma’lumotnomani elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📆 Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida ma’lumotnoma imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan chet tillar o‘qituvchilariga uch yil muddatga beriladi.

🔰 Eslatib o‘tamiz, o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 May
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 27-mayga qadar Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🖥 Har ikki imtihon ham 28-may kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Test sinovi uchun to‘lov:

👉 TOEFL ITP - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari (945 000 so‘m);
👉 TOEIC - bazaviy hisoblash miqdorining 5,5 baravari (1 485 000 so‘m) ni tashkil qiladi.

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi sertifikatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-14-15-may kunlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 12-may kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
24-may kuni o‘tkazilishi belgilangan test sinovi boshqa kunga ko‘chirildi

2022-yil 24-may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi belgilangan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi texnik sabablarga ko‘ra 30-31-may kunlariga ko‘chirildi.

📤 Talabgorlar qaysi kuni, qaysi vaqtda test sinovida ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 27-may kuni talabgorlarning my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqamiga SMS orqali yuboriladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 23-26-may kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 20-may kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (270 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kurslari 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

👉 16-21-may kunlari – rus tili va adabiyoti fanidan Zoom platformasida onlayn tarzda;
👉 20-22-may kunlari – o‘zbek tili va adabiyoti fanidan Urganch shahrida oflayn tarzda.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek, rus) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Malaka oshirish kurslari Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 16-may kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
#Ovozli_chat
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat

📆
2022-yil 13-may (juma) kuni 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chatda asosiy spiker sifatida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etadi.

Unda Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Biometrik pasportga ega abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas

📌 Aprel oyida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari lozimligi haqida e’lon berilgan edi.

📋 Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab ommaviy axborot vositalari va telegram kanallarda ham e’lon qilindi.

Lekin ayrim telegram kanallarda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarda ID-karta bo‘lishi shart, degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

📥 Buning natijasida Davlat test markaziga abituriyentlar tomonidan pasportimiz bo‘lsa ham ID-karta olishimiz shartmi, degan mazmunda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

👉 joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;

👉 ro‘yxatga olishda abituriyentlarning rasmi va pasport ma’lumotlari Davlat personallashtirish markazidan onlayn rejimda olinadi;

👉 buning uchun abituriyentda biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim;

👉 bunda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas;

👉 abituriyentlar biometrik pasport bilan ham my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
OTMlarga_kirishdagi_imtiyozlar_2022-yil.pdf
3.8 MB
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar

Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

🗓 Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

📋 Abituriyentlarga imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladi.

🏢 Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Siz uchun ovozli chatni qanday holatda o‘tkazish qulay?
Anonymous Poll
26%
Video bilan (trafik ko‘proq ketishi mumkin)
29%
Videosiz (trafik kam ketadi)
45%
Ikkisi ham qulay
Live stream scheduled for
Live stream started
#Ovozli_chat #Live
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda asosiy spiker sifatida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etmoqda.

Unda Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?livestream

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (56 minutes)
Davlat test markazi 13.05.2022
Davlat test markazi
#Ovozli_chat #Audio
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat audiosi

📆
2022-yil 13-may kuni Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida milliy sertifikat, OTMlarga kirish, xorijdan o‘qishni ko‘chirish kabi test sinovlari va Davlat test markazi faoliyatiga oid boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov va tegishli boshqarma boshliqlari tomonidan aniq va batafsil javob berildi.

🎙 Ovozli chatda ishtirok eta olmaganlar uchun ovozli chatning audio yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 26-27-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 10-14- va 16-may kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis, fransuz va arab tillari bo‘yicha 2 706 nafar talabgor ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

🖥 Test natijalari 23-may kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida umumiy qancha vaqt ajratiladi?

Javob: Davlat komissiyasining 13-son bayoniga muvofiq joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube